Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264939 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 ... 270 B


siddiqa  17 Mart 2009, 07:24:26

G_u_l_i, siddiqa va Muhseenaga:

Sizlar do'st ekansizlar. Hech bir-biringizdan arazlab qolgan paytlaringiz bo'lganmi? Kim birinchi bo'lib uzr so'ragan?
birga katta bo'lmaganmiz ,deyarli urushishga yoki bir birimizni hafaqilishga ulgurmaganmiz :D Guli & Muhseena bn tayorrlov kursida tanishib qolganman ,biz birodarlikka ahdlashganmiz va o'ylaymanki birodarlar bir birlaridan hafa bo'lmaydi .hammamiz har hiljoyda o'qisakda ,muborak kunlarda teztez diydorlashamiz .

Qayd etilgan


siddiqa  17 Mart 2009, 07:29:13

Abdulaziz akaga savol:
Qalb hotirjamligining sirlari nimada ? nima deb o'ylaysiz hozirda insonlar qay darajada hotirjam?

Qayd etilgan


siddiqa  17 Mart 2009, 07:30:55

shoir sizga savol:
irodali bo'lish yoki shijoatli bo'lish bir -biriga bog'liqmi? yoki aksincha?

Qayd etilgan


G_u_l_i  17 Mart 2009, 07:43:54

G_u_l_i, siddiqa va Muhseenaga:

Sizlar do'st ekansizlar. Hech bir-biringizdan arazlab qolgan paytlaringiz bo'lganmi? Kim birinchi bo'lib uzr so'ragan?
birga katta bo'lmaganmiz ,deyarli urushishga yoki bir birimizni hafaqilishga ulgurmaganmiz :D Guli & Muhseena bn tayorrlov kursida tanishib qolganman ,biz birodarlikka ahdlashganmiz va o'ylaymanki birodarlar bir birlaridan hafa bo'lmaydi .hammamiz har hiljoyda o'qisakda ,muborak kunlarda teztez diydorlashamiz .

Assalamu alaykum, hm, Siddiqa aytganidek, hali vaqt bo`lmagan arazlashishga inshaalloh bo`lmasinam. Aslini olganda hozir o`tirib eslolmadim, arazlashgan kunlarimizni!

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Mart 2009, 07:47:10

AbdulAziz:
Mana necha yillaredan beri musofirchilikda o'qib, ishlayapsiz. Albatta buning qiyinchiliklari bo'ladi.
Aytingchi, umuman 1 tiyinsiz va yana boshpanasiz qolgan kunlaringiz bo'lganmi? Shunaqa paytlarda nima qilgansiz?

Savol uchun tashakkur.
Ha, bunaqa holatlar ko'p bo'lgan. Allohim hammaning rizqini tayin qilib qo'ygan.
Talabalikda cho'ntakda bir tiyinsiz haftalab yurgan kunlarim bo'lgan. Lekin hech qachon och qolmaganman. Alloh rizqimni beravergan.

Boshpana masalasiga kelsak, bu ko'pincha og'ir kechgan. Shu paytgacha 10 dan ortiq manzilga ko'chishga muvaffaq bo'lganmiz. Gohida uy egasi uyini sotish kerakligi aytadi, gohida uy egasining turfa injiqliklari joningizdan o'tadi, gohida propiskangiz yo'qligi uchun militsiya dag'dag'a qiladi, gohida yashayotgan joy uzoqlik qiladi, xullas yana kvartira bozori, dallollar, yangi uy, ko'ch-ko'ronni ko'tarib (talabada 1 sumka kiyim, 1 sumka kitob, yarim sumka idish-tovoq, 1 ta ko'rpa (agar bo'lsa), 1 yostiqdan boshqa ko'ch-ko'ron kam bo'ladi) yana yashashni davom ettirilaveradi. Eng qiyin mahal kvartira izlash jarayonidir. Ayniqsa oldingiz kvartirangizning egasi tezroq chiqib ket, deb qistab turaversa...

Bir marta shunaqa holat bo'lganda bir birodarimiznikida vaqtincha kvartira topguncha 1 hafta yashagan edik. Bir kun shunday bo'ldi. O'rtog'im bilan uyga keldik. Aka, hali kelmabdi. U paytda hali uyali telefonlar ommalashmagan. Soat kechki 21.00 ga yaqinlashyapti. Nima qilamiz? Qayerda qolish kerak? Aka, kelmasa nima qilamiz. Ketdik deb bir do'stimnikiga bordik. Aksiga olib, unikiga ham mehmon kelgan ekan. Bir hol-ahvol so'rab kiruvdik, deb u yerdan ham ketdik. Keyin yana bir o'rtog'imiznikiga bordik, unikida ham vaziyat chatoq. 1 o'rtog'imiznikiga telefon qilsak, ko'tarmadi, boshqa joyda ekan. Nailoj orqaga qaytdik. Aka, hali kelmagan ekan. Soat 24.00 dan oshyapti. Uning ustiga o'sha kech juda sovuq, shamol bo'layotgan edi. Nima qilamiz endi? O'rtog'im, mayli bir kun endi, ostanovkada o'tirib chiqamiz... Bekatda dirdiraab o'tirdik. Biror soatlardan keyin tanish ovoz eshitildi: "Bollar, nima qilib o'tiribsizlar..."

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Mart 2009, 07:55:24

Abdulaziz akaga savol:
Qalb hotirjamligining sirlari nimada ? nima deb o'ylaysiz hozirda insonlar qay darajada hotirjam?

Xotirjamlik haqida xayolimga kelgani Alloh taoloning oyatlari bo'ldi. Zero, Uning Kitobi - eng yaxshi ibratdir.

Alloh taolo haqiqiy ikki dunyoda qalb xotirjamligiga erishgan zotlarni, shuningdek, xotirjamlikka erishish yo'llarini shunday ta'riflaydi:

 :bs1:

Iymon keltirgan, o‘z iymonlarini zulm (shirk) bilan aralashtirmagan zotlar — ana o‘shalar xotirjam bo‘lguvchidirlar va o‘shalar hidoyat topguvchidirlar. ("An'om" surasi, 82-oyat)

Qur'oni karimdagi juda ko'p oyatlarda biz bandalarga eslatma mavjud. Ya'ni Allohning azobidan, uning makridan xotirjam qolmasligimizni Buyuk Karim ko'p joyda ta'kidlaydi:

Ular Allohning «makri»dan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? Bas, Allohning «makri»dan faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘lur. ("A'rof" surasi, 99-oyat)

Haqiqiy xotirjamlik esa Allohning mo'min bandalariga ato etgan jannatidadir:

Ular u joyda tinch-xotirjam bo‘lgan hollarida (xizmatkorlardan) barcha meva-chevani chaqirurlar. ("Duxon" surasi, 55-oyat)

(U Kunda hayoti dunyodan Alloh taoloning va’dasiga ishonib iymon va ezgu amallar bilan o‘tgan mo‘minlarga xitob qilinib, deyilur): «Ey xotirjam-sokin jon,
Sen (Alloh ato etgan ne’matlardan) rozi bo‘lgan (va Alloh taolo tomonidan sening amallaringdan) rozi bo‘lingan holda Parvardigoring (huzuri)ga qayt!
Bas, (solih) bandalarim qatoriga kirgin,
Va Mening jannatimga kirgin!»
("Fajr" surasi, 27-30-oyatlar)

Allohim, barcha mo'min-muslimalaring qatori bizning jonimiz ham xotirjam qilgin, O'zing bizdan rozi bo'lgin, solih bandalaring qatori bizlarni ham jannatingga chorla. Rahmatingdan umidvormiz, ey Rahmlilarning Rahmlisi!

Qayd etilgan


Fatima  17 Mart 2009, 14:40:27

Javob berilmagan savollar:

Fatimaga:
Forum sizni o'zgartirdimi? Agar "Ha" bo'lsa, qanday?


 :as:
Uzr savolni ko`rmagan ekanman.

Javob: Ha, forum mani butunlay o`zgartirib yubordi. Ishonish qiyin, avval umuman boshqacha edim, dinimiz haqida hech nima bilmagan ekanman, Allohga shukr hozir umuman boshqacha uni aksi.  "Qanday?" degan savolizga shunday javob berishim mumkin: Forumdagi user va userkalardan, har xil maqolalardan, va hk...lardan ikki yil ichida juda ko`p narsa o`rgandim. Hammalaridan Alloh rozi bo`lsin.

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2009, 14:45:42

soirга савол
Шаҳарлик қиз билан қишлоқлик қиз орасидаги фарқ нимада? Алоҳида муҳим аспектлар юзасидан айниқса?

Ikkalasining orasida hech qanday farq yo'q.
Ikkalasiga ham aql, farosat ato qilingan.
Men sizga bergan savollarimda misol tariqasida faqatgina geografik nuqtai nazardan so'ragandim.

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2009, 14:58:48

shoir sizga savol:
irodali bo'lish yoki shijoatli bo'lish bir -biriga bog'liqmi? yoki aksincha?

Ikkalasining ham biroz farqi bor.
Iroda, qat'iyatli bo'lish, matonatga to'g'ri keladi.
Shijoat esa, oldinga qo'yilgan maqsadga sabot bilan intilishdir.

Qayd etilgan


The_Alchemist  17 Mart 2009, 15:22:36

The_Alchemistga savol
Fotogallereyadagi olgan rasmlaringizni ko'rdim.
Dunyoning nechata va qaysi davlatlarida bo'lgansiz?

Uzur savolingizni kurmagan ekanman forumga kamroq kirganim uchun.
Savolingizga javob: Uzoq vaqt qolgan davlatlarim:
AQSH, BAA, Turkiya va Malaysia
Qisqa vaqt tashrif buyurgan davlatlarim:
Rossiya,Armaniston,Ozorbayjon, Angliya va Germaniya

Savolga kelsak hozircha yuq lekin buladi Hudo Hohlasa.


 

Qayd etilgan