Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263890 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 ... 270 B

Abdullоh  17 Mart 2009, 18:32:37

 :as:

shoirga savol: Siz postlaringizning birida repetitorlik haqida yozibsiz. Shuni o'qiganimda menda bir savol paydo bo'ldi. Universitetga kirishdan oldin men tumanimizdagi gimnaziyada tahsil olganman. Bizning direktorimiz juda qattiqqo'l edi. Shuning uchun ham bitiruvchilarning deyarli 80-90 % oliy o'quv yurtlariga kirar edi. (Oxirgi yillarda grant miqdori kamayib, kontraktga kirganlar soni o'sdi). Shu kishi gimnaziyaning o'quvchilarini repetirotga borishini tez-tez ta'qiqlab turardi. U kishi o'qituvchilarga ham bu haqda ogohlantirish bergan. Uning fikricha: "O'qituvchi pulga o'rganib qolib, dars paytida o'quvchilarga bilim bermay qo'yadi. Men o'quvchining bir kun darsda ololmagan bilimini qanday qilib o'qituvchining uyida ikki soatda olar ekan hayronman" edi. Men o'zim haqimda gapirsam, 6-sinfdaligimda 6 oy ingliz tilini o'rganish uchun repetitorga borganman xolos :). Shu haqda sizning munosabatingizni bilmoqchi edim. Javob uchun oldindan katta rahmat.

Qayd etilgan

shoir  17 Mart 2009, 18:51:19

Va alaykum assalom!
Avvalo o'qituvchining o'ziga bog'liq. Siz aytgandek muallimlar ham ko'p uchraydi.
Lekin men ba'zi muallimlarni bilamanki, umuman 1 tiyin olmay bolalarni o'qitadilar.
Har sohada bo'lganidek, Alloh uchun o'qitsa, ikkisiga ulguradi.

Qayd etilgan

shoir  17 Mart 2009, 18:53:53

G_u_l_i, siddiqa, Muslimaa va Muhseenaga:

Siz oxirgi marta forumdagi qaysi kimning qaysi post yoki mavzusidan ta'sirlandingiz?

Qayd etilgan

shoir  17 Mart 2009, 18:56:50

Munira xonim, Mastura, NOZA va Robiyaga:

Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?

Qayd etilgan

shoir  17 Mart 2009, 18:58:20

The_Alchemistga savol
Fotogallereyadagi olgan rasmlaringizni ko'rdim.
Dunyoning nechata va qaysi davlatlarida bo'lgansiz?

Uzur savolingizni kurmagan ekanman forumga kamroq kirganim uchun.
Savolingizga javob: Uzoq vaqt qolgan davlatlarim:
AQSH, BAA, Turkiya va Malaysia
Qisqa vaqt tashrif buyurgan davlatlarim:
Rossiya,Armaniston,Ozorbayjon, Angliya va Germaniya

Savol:
Mana shu davlatlardagi sizga yoqqan va yoqmagan jihatlar nima bo'ldi?

Qayd etilgan

shoir  17 Mart 2009, 19:15:45

AbdulAziz, Abdulhafiz, Abdulloh, Chustiyga:

Namozni ilk boshlagan paytingiz va undagi eng go'zal va qiziqarli voqealarni eslay olasizmi?

Qayd etilgan

Muhseena  17 Mart 2009, 20:02:43

G_u_l_i, siddiqa, Muslimaa va Muhseenaga:

Siz oxirgi marta forumdagi qaysi kimning qaysi post yoki mavzusidan ta'sirlandingiz?
Oxirgi marta desam hato bo'lar.Munira opa qoldirgan har bir postdan ta'sirlanaman.O'qishdan oldin opam nimalarni yozibdilar bugun deb qiziqaman.

Qayd etilgan

Hadija  17 Mart 2009, 21:25:54

G_u_l_i, siddiqa, Muslimaa va Muhseenaga:

Siz oxirgi marta forumdagi qaysi kimning qaysi post yoki mavzusidan ta'sirlandingiz?

Bunday postlar ohirgi vaqtlarda ayni forumga qiziqish ortganidan beri juda ko'p uchramoqda, uni posti bunday buniki bunday dyomiyman. Hammasi o'zicha to'g'ri va ta'sirli. Hamma userlarni va ta'sirli postlarini hurmat qilaman. Ammo shu o'rinda minnatdorchilikni bildirmoqchiman. Opam Munira opa va Mutalimaahni fikrlarini oldindan qiziqish bilan o'qib hurmat bilan qarayman.

Qayd etilgan

The_Alchemist  18 Mart 2009, 00:01:25

The_Alchemistga savol
Fotogallereyadagi olgan rasmlaringizni ko'rdim.
Dunyoning nechata va qaysi davlatlarida bo'lgansiz?

Uzur savolingizni kurmagan ekanman forumga kamroq kirganim uchun.
Savolingizga javob: Uzoq vaqt qolgan davlatlarim:
AQSH, BAA, Turkiya va Malaysia
Qisqa vaqt tashrif buyurgan davlatlarim:
Rossiya,Armaniston,Ozorbayjon, Angliya va Germaniya

Savol:
Mana shu davlatlardagi sizga yoqqan va yoqmagan jihatlar nima bo'ldi?

Qaysidir mamlakatga yoki millatga baho berishda inson uz fikrlashidan, dunyoqarashi va usha mamlakatga bulgan shaxsiy munosabatidan kelib chiqib munosabat bildiradi.
Shunday ekan savolizga qisqaroq qilib javob berishga iloji boricha harakat qilaman:
AQSHda insonlarning qattiq mehnat qilishlari va Musulmonlarga toqatli ekanliklari maqul keldi. Musulmon ekan deb ajratib quyishganini yoki galati qarashganiga guvoh bulmadim.
Yoqmagan tarafi esa hozirgi kunda ota-ona va farzand urtasidagi uzaro munosabatlarni yomonlashib ketgani. Hozirgi kunda kupchilik yoshlar ota-ona hurmatini joyiga quyishmas ekan (Balki man shunaqa holatga kuproq guvoh bulganim uchun shunaqa tuyulgandir)
BAAda esa savdo sotiqni tugri yulga quyganliklari va mamlakatning iqtisodiga katta etibori maqul keldi.
BAAdagi Arablarning bazi muammolarga befarq bulib qolayotganliklari yani fohishalik, qullikni bila turib indamay turishlari va turizm deb Evropaliklarning ahloqsizlik tula madaniyatini indamay tomosha qilib turishlari esa maqul kelmagan tarafi buldi.
Turkiyada esa insonlarning uz tarihi bilan, millati bilan faxrlanishlari maqul keldi, bazi odamlaring salgina aldamchilik va ayyorliklari esa maqul kelmadi.
Malaysiada maqul kelmagan narsalar deyarli bulmagan (balki uchramandir omadim kelib) Odamlari judayam mehmondust, insofli, dinga etibor katta, har bir insonni hurmat bilan qabul qilishadi va begaraz yordam berishadi. Judayam erkin his qiladi insonlar uzini.
Qolgan davlatlarda esa qisqa vaqt bulganman shuning uchun munosabatim holis bulmasligi mumkin deya munosabat bildirmaslikni maqul kurdim.

The Alchemist

PS:Javobimni qisqa qilishga iloji boricha harakat qildim  :13

Qayd etilgan

AbdulAziz  18 Mart 2009, 07:54:02

AbdulAziz, Abdulhafiz, Abdulloh, Chustiyga:

Namozni ilk boshlagan paytingiz va undagi eng go'zal va qiziqarli voqealarni eslay olasizmi?

Ha, o'shanda yosh bola edim. Avvaliga ota-onam o'rgatgandek o'qiy boshladim. Keyin duolarning hammasini yodlash qiyin bo'lganidan kitobga qarab o'qidim. O'sha paytlar judayam maroqli edi. Namoz vaqti kirishini intiqlik bilan kutardim. hatto namozlarni vaqtidan avval o'qib olganimda, dadam: - hozir nimani o'qiding, - desalar. - Peshinni, derdim. - Hali azon chaqirmadi-ku! Keyin yana birga o'qiyverardik.

Keyin masjidga chiqa boshladik. Bizning tengqur yoshlar o'sha paytda hammasi Islomga qiziqqan, eng kamida "Muallimi soniy"dan ta'lim olardi. Birgalashib masjidga chiqardik. Ertalab kim bomdodga erta tursa, boshqa bolalarni uyg'otar edi. Keyin masjidga borardik. Ayniqsa, chollar bizni judayam yaxshi ko'rishardi. garchi qiroatimiz yaxshi bo'lmasa-da, namoz so'nggida bizga Qur'on o'qitishardi. Qizig'i, biz 8-9 yashar bolalarmiz-u, lekin bizni o'zlari bilan nahorgi osh-u ma'rakalarga olib ketishardi. Davraning aziz mehmoni bo'lib o'tirardik. Chunki imomimiz bizni yaxshi ko'rganidan oldiga olvolardi. Menga eng yoqqani chollarning suhbatlari edi. Bizga o'zlari bilgan diniy, ham dunyoviy ta'limni berishdan, bizga tushuntirishdan erinishmas edi. Ayniqsa, mahallamiz, opoqdadalarimizning qilgan ishlari haqidagi go'zal suhbatlar bizga shijoat bag'ishlar edi... Hozir o'sha nurli qariyalarning 1-2 tasi qoldi, xolos. Qolganlari o'tib ketishdi, Alloh ularni rahmat qilsin. O'shanda haqimizga ko'p duo qilishgan edi. Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan