Munira xonim, Mastura, NOZA va Robiyaga:
Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?
Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Meni oxirgi marta chinakam yig'latgan, ushbu forumdagi "Oila va Jamiyat" bo'limidagi "Qiziq hikoya" mavzusiga Zubair tomonidan joylangan "Otasini tiriltirgan qizaloq" nomli hikoyacha edi.
Bu hikoyani bolalarimga o'qib berib turib, hech o'zimni tutib turomagandim, meni yig'laganimni ko'rib bolalarim ham yig'lashgandi o'shanda.
Alloh barchalarimizni faqat ezgu amallarga sababchi bo'ladigan bandalaridan qilsin. Amiyn!!!