Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264568 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 ... 270 B


shoir  18 Mart 2009, 09:37:22

Javob berilmagan savollar:

Mashhura:
Siz sevgan va o'zingiz o'shanga o'xshashni orzu qilgan badiiy asar qahramoni kim?

Men sevgan badiiy asar qahramonlari (agar ayol kishini nazarda tutgan bo`lsangiz) ko`p. Kumush (O`tgan kunlar), Ra`no (Mehrobdan chayon), Ferede (Choliqushi)...... Ammo hech biriga o`xshashni orzu qilmaganman.

Mashhuraga savol:
Mana shu qahramonlarning qaysi fazilatlari sizga ma'qul va qaysi jihatlari sizga yoqmaydi?

Qayd etilgan


shoir  18 Mart 2009, 09:41:39

Shohjahon12 ga savol:

Osiyo Chempionlar ligasi va Konfederatsiya kubogi musobaqalarida qatnashayotgan jamoalarimizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

Qayd etilgan


shoir  18 Mart 2009, 09:44:23

Huseynga savol:

Hozirgi kunda jurnalistika "To'rtinchi hokimiyat" sifatida haqiqiy faoliyat olib bormoqdami?

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Mart 2009, 09:46:19

Munira xonim, Mastura, NOZA va Robiyaga:

Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?

Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Meni oxirgi marta chinakam yig'latgan, ushbu forumdagi "Oila va Jamiyat" bo'limidagi "Qiziq hikoya" mavzusiga Zubair tomonidan joylangan "Otasini tiriltirgan qizaloq" nomli hikoyacha edi.
Bu hikoyani bolalarimga o'qib berib turib, hech o'zimni tutib turomagandim, meni yig'laganimni ko'rib bolalarim ham yig'lashgandi o'shanda.
Alloh barchalarimizni faqat ezgu amallarga sababchi bo'ladigan bandalaridan qilsin. Amiyn!!!

Qayd etilgan


shoir  18 Mart 2009, 09:46:50

Usmonga savol:

Quest Net chilar faoliyatining O'zbekistonda qonuniy asosi bormi?

Qayd etilgan


shoir  18 Mart 2009, 09:52:04


Munira xonimga savol:
Ushbu mavzuda berilayotgan javoblardan
a) kimlarning sizga juda ma'qul kelyapti?
b) kimlarning javobi sizni qoniqtirmadi?
c) kimning javobi sizni taajjubga soldi?

Assalamu alaykum.
a) Abdulaziz bilan mutaallimahni;
b) Hammaniki qoniqtirdi;

Munira xonimga savol:
1. AbdulAzizning qaysi savol(lar)ga javobi sizga ma'qul bo'ldi. Nima uchun?
2. Boshqa userlarning boshqa mavzulardagi javoblaridan qaysi mulohaza(lar) sizga ma'qul keldi?

Qayd etilgan


shoir  18 Mart 2009, 09:55:35

Ulugbek-Uz ga savol:
Sizni lol qoldirgan 3 ta tabiat hodisasi?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  18 Mart 2009, 09:56:09

Shohjahon12 ga savol:

Osiyo Chempionlar ligasi va Konfederatsiya kubogi musobaqalarida qatnashayotgan jamoalarimizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
Savol uchun rahmat!
Oddiy bir muxlis sifatida shuni aytishim mumkinki, bu yil jamoalarimizning imkoniyatlari avvalgi mavsumlarga qaraganda ancha yuqori. Ayniqsa, guruh bosqichidan keyingi bosqichga 1-2 o'rin egalari chiqishi mumkinligi imkonyatlarimizni yanada oshiradi. "Neftchi"ni hisobga olmaganda jamoalarimiz xalqaro mavsumni yaxshi boshlashdi,deb bemalol ayta olamiz. Kechagi g'alaban keyin farg'onaliklar ham vaziyatni sal bo'lsa-da o'nglashga erishdilar. Shaxsan men "Paxtakor", "Bunyodkor", "Neftchi"larning kerakli natijaga erishishlariga ishonaman va erishishlari kerak. Chunki o'zbek klublarining natijasi OCHL va OFK Kubogining keyingi mavsumlardagi jamoalarimiz soniga ta'sir etadi. Eng muhimi, butun O'zbekiston shu klublarimizning muvaffaqiyatlarini kutishmoqda.

Qayd etilgan


shoir  18 Mart 2009, 09:57:44

Zubayrga savol

Menimcha SAda ta'lim olyapsiz, shekilli. Ta'lim bilan bog'liq qanday qiziqarli voqealar yuz bergan?

Qayd etilgan


shoir  18 Mart 2009, 10:09:06

Y_U_R_I_S_Tga savol
Kelajakda qanday mavzuda ilmiy ish qilmoqchisiz?

Qayd etilgan