Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265186 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 ... 270 B


Muslimа  18 Mart 2009, 10:35:55

Muslima va NOZAga:
Sizningcha, jomiyatimizning hozirgi muslima qizlariga qanday fazilatlar yetishmaydi?

 :as:
Avvalo savol uchun tashakkur! Javob kechikkani uchun uzr!

Hozirgi aksariyat :!: muslima qizlarga o'zlikni anglash yetishmaydi, negadur ular ibratni yashab o'tgan muslima va mo'minalarning eng afzallari bo'lmish Nubuvvat honadoni honimlaridan emas, balki hozirgi kunda hayo va iffat chegaralarini qo'pol buzganlardan olishyapti. Yana SABR, SHIJOAT VA MUSTAHKAM E'TIQOD yetishmaydi.
   Agar muslima deganda ro'mollik qizlarni nazarda tutgan bo'lsez, aksariyatini hijobida "HIJOB" yo'q!!! Undan bugun faqat nom qolgan...
   Nozani fikrlariga qo'shimcha holda aytamanki, muslimalarda bu sifatlarni yetishmasligi - bu erkaklarning "yutuq" laridir...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  18 Mart 2009, 10:49:02

AbdulAziz, Abdulhafiz, Abdulloh, Chustiyga:

Namozni ilk boshlagan paytingiz va undagi eng go'zal va qiziqarli voqealarni eslay olasizmi?
Savol uchun rahmat.
O'shanda hali maktabga bormagan yosh bola edim. Doim dadamni (Alloh rahmat qilsin) masjidga ketayotganlarini ko'rsam orqalarida borardim. Bir safar orqalaridan borsam namozni boshlab bo'lishgan ekan. Hovlida turib dadamni chaqirsam bir amaki urushib beruvdilar, yig'lab uyga qaytuvdim...

Qayd etilgan


Abdullоh  18 Mart 2009, 17:57:35

AbdulAziz, Abdulhafiz, Abdulloh, Chustiyga:

Namozni ilk boshlagan paytingiz va undagi eng go'zal va qiziqarli voqealarni eslay olasizmi?

Assalomu alaykum. Ilk namozni boshlashimga dadamlar sababchi bo'lganlar. U paytlar juda yosh edim. Mendan 3 yosh katta akam bir qorining uyida tahsil olardi. Negaligini bilmadimu, meni yuborishmagan. Ramazon oyi kirganda dadam menga taroveh namozida o'qiladigan "Subhana zil val malakut...." deb boshlanuvchi duoni o'rgatdi. Namozni to'liq bilmasamda, u kishi bilan masjidga chiqardik. Namoz harakatlarini qilardim va bilgan narsalarimni o'qir edim. Yuqoridagi duoni yodlab olganimdan so'ng dadam menga ertaga shuni jamoatda o'qib berasan dedilar. Men quvonib ketdim. Astoydil tayyorlandim. Nihoyat ertasi kuni kechqurun tarovih namoziga chiqdik. O'sha duo o'qiladigan paytda men ovozimni baland qo'yib duoni o'qiy boshladim, qalbimda o'zgacha bir rohat bor edi. Keyin o'ylab qarasam bunday rohatni boshqa topa olmasam kerak. Nihoyat namoz ham tugadi. keyin bilsam, men duoni o'qishni boshlashimdan avval imom boshqa kishiga o'qishni imlagan ekan.  Menga bu haqda aytishganida ozgina qizarib ham ketdim. Ammo ular meni oz-moz maqtashdi ham. Lekin orada uzoqlashish payti ham bo'ldi yaqin 7-8 yil namozni umuman o'qimadim. Va nihoyat 7-sinfda o'qib yurganimda Gimnaziyamizning yotoqxonasida 3-4 kishi namoz o'qiy boshladik, 1 oy o'tar o'tmas, direktorimiz bilib qolib, buni ham ta'qiqlab qo'ydi.... Lekin men har hafta uyga kelganda namoz o'qishni davom ettirdim. Maktabni bitirgandan so'ng Allohga shukr namozlarni o'qib kelmoqdaman.

Qayd etilgan


Munavvara  18 Mart 2009, 20:48:57

Dilsoraga:
Forumdan qanday yo'qotgan narsangizni topdingiz?

 :as: Man forumda hali yoqoqtgan narsamni topganimcha yo'q lekin ba'zi kitoblarni qidirib yurgan edim o'shalarni topib olganman :) o'zi forumlarga kirsam qimmatli vaqtimni yo'qotib qo'yyabman  :2

PS: uzr savolga javobni kechroq yozganim uchun :)

Qayd etilgan


Chustiy  19 Mart 2009, 04:40:35

AbdulAziz, Abdulhafiz, Abdulloh, Chustiyga:

Namozni ilk boshlagan paytingiz va undagi eng go'zal va qiziqarli voqealarni eslay olasizmi?
Yoshlikda, mahalladoshlar bilan Ramazon oyida Taroveh namoziga borar edik, ammo u paytda, namoz o'qishni bilmasdik faqat muqtadiy sifatida imomga iqtido qilib qo'yar edik.
Lekin ilk marotaba Namoz o'qish va uning ibodat ekanligini his etib, Juma namoziga bir birodarmiz bilan Anvar hoji akani (Ho'ja Ahror Valiy) masjidiga chiqqanmiz, keyinroq jamoat namoziga  hotira pand bermayotgan bo'lsa agar, asr namoziga Sirdaryoda chiqqandim.

Qayd etilgan


siddiqa  19 Mart 2009, 05:14:31

G_u_l_i, siddiqa, Muslimaa va Muhseenaga:

Siz oxirgi marta forumdagi qaysi kimning qaysi post yoki mavzusidan ta'sirlandingiz?
hozirgina sizning savolingizga berilgan javoblardan ,Namozni ilk boshlaganingizda qanday esda qolarli voqealar bo'lgan (bu savol javoblari insonni uzoqlarga olib ketdi .......

Qayd etilgan


G_u_l_i  19 Mart 2009, 09:01:57

G_u_l_i, siddiqa, Muslimaa va Muhseenaga:

Siz oxirgi marta forumdagi qaysi kimning qaysi post yoki mavzusidan ta'sirlandingiz?

 :as:, savol u-n rahmat,
Aslida, hamma postlarni katta qiziqish b-n o`qib chiqaman.Ammo eng so`nggisiga kelsak, Sizni sog`inaman, yo Rasulalloh bo`limidagi postlardan juda ta`sirlandim, va Muhammad Yusufning she`rlarni  onam b-n birga o`qidik!
Foydali post qilayotgan har bir forumdoshimizdan Alloh rozi bo`lsin!

Qayd etilgan


shoir  19 Mart 2009, 09:11:09

Javob berilmagan savollar:

ORIFga savol:
O'zingiz maza qilib suratga tushirgan 3 ta joy va lavha?

Rukhiyaga savol:
Siz uchun Vatan nima?

Ziyoda86ga:
Forumda yangi ekansiz. Dastlabki taassurotlaringiz:
Bu forumning nimasi yoqdi. Nimasi yoqmadi?

Mastura, NOZA va Robiyaga:
Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?

Mashhuraga savol:
Mana shu qahramonlar (Kumush (O`tgan kunlar), Ra`no (Mehrobdan chayon), Ferede (Choliqushi)ning qaysi fazilatlari sizga ma'qul va qaysi jihatlari sizga yoqmaydi?

Huseynga savol:
Hozirgi kunda jurnalistika "To'rtinchi hokimiyat" sifatida haqiqiy faoliyat olib bormoqdami?

Usmonga savol:
Quest Net chilar faoliyatining O'zbekistonda qonuniy asosi bormi?

Munira xonimga savol:
1. AbdulAzizning qaysi savol(lar)ga javobi sizga ma'qul bo'ldi. Nima uchun?
2. Boshqa userlarning boshqa mavzulardagi javoblaridan qaysi mulohaza(lar) sizga ma'qul keldi?

Ulugbek-Uz ga savol:
Sizni lol qoldirgan 3 ta tabiat hodisasi?.

Zubayrga savol
Menimcha SAda ta'lim olyapsiz, shekilli. Ta'lim bilan bog'liq qanday qiziqarli voqealar yuz bergan?

Y_U_R_I_S_Tga savol
Kelajakda qanday mavzuda ilmiy ish qilmoqchisiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Mart 2009, 09:28:18


Munira xonimga savol:
Ushbu mavzuda berilayotgan javoblardan
a) kimlarning sizga juda ma'qul kelyapti?
b) kimlarning javobi sizni qoniqtirmadi?
c) kimning javobi sizni taajjubga soldi?

Assalamu alaykum.
a) Abdulaziz bilan mutaallimahni;
b) Hammaniki qoniqtirdi;


Munira xonimga savol:
1. AbdulAzizning qaysi savol(lar)ga javobi sizga ma'qul bo'ldi. Nima uchun?
2. Boshqa userlarning boshqa mavzulardagi javoblaridan qaysi mulohaza(lar) sizga ma'qul keldi?

Assalamu alaykum.
1."Keljakda uylandingiz, ayolingiz ishlashni ixtiyor qilsa, rozilik berarmidingiz" degan savolingizga Abdulazizni bergan go'zal javoblari mnega ma'qul keldi. Chunki har bir inson har bir bola haqida qayg'urishi lozim. Ularga kichikligidan Islomiy ruhda tarbiya berilsa, InshaAlloh jamiyatning keljagi ham go'zal bo'ladi.
2.Noza bilan Muslimaga bergan:"Muslimalarga hozirda nima yetishmayapti?" degan savolingizga bergan javoblaridagi mulohazali gaplari juda yoqdi.
Alloh hammalaridan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


shoir  19 Mart 2009, 09:35:16

Munira xonimga yana savol:
Yigitning ori deganda nimani tushunasiz? hozirgi zamon bilan bog'liq mulohazalaringiz.
Yigitning orsizligi - ayolning halokatiga sabab bo'ladi degan fikrga munosabatingiz?

Qayd etilgan