Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264674 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 ... 270 B


shoir  19 Mart 2009, 12:15:34

Jasonnurga:
Qaysidir bir postingizda nomingizni qandaydir koreyscha ism bilan alamshtirish kerakligini yozibsiz. Nega?
"Nomingizni nega almashtirdingiz?" degan mavzuga--Nima ishingiz bor :D deb yozmoqchi edim,rejamni buzib qo'ydiz :)
Cheh KIM---judayam chiroyli qizda shu qiz :D yaxshilab e'tibor bering, bilvolasiz qanaqa ma'no yahsiringanini...ehhh...ma'nosini ham aytmoqchimasdim, shoirmisiz yo izquvar?:)
ana sizgayam savol

Ha, janob Hech Kim! deng.
Men esa shoir ham emasman, izquvar ham. Shu ikkinchi mutaxassislikka psixologiyaga o'qisammi deb turibman : )
Shoirga unda yana savol:
Birinchi mutaxassisligingiz qaysi?

Filolog

Qayd etilgan


mutaallimah  19 Mart 2009, 14:26:11


Mastura, NOZA va Robiyaga:
Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?

Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur.. Javob berishga kech qolganim uchun uzr..
Shayx Mahmud al-Misriyning "Albatta u Jannatdir ey singlim" degan kitoblarida
"Agar sizni Allohga ko'p ibodat qilishlikdan to'sayotgan sizning da'vatingizni qabul qilishni istamagan dugonangiz bo'lsa undan voz keching" degan gapni o'qiganimda rosa yig'lagandim...
Chunki o'sha vaqtda shu forumda tanishganim endg yaqin opalarimdan biri bilan muomalamiz qil ustida turgandi...

Qayd etilgan


AbdurRohman  19 Mart 2009, 14:45:45


Abdurahmonga:
Siz kimdan yoki nimadan qo'rqasiz? (Allohdan qo'rqish, qiyomat kuni, o'lim va h. islomiy qo'rquvdan tashqari)

bandasidan qo'rqmiman

Qayd etilgan


Robiya  19 Mart 2009, 15:02:53

Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?

  O'tgan yil 19 aprelda Toshkentda Muslimalar uchrashuviga borishimni bilgan kunimdan boshlab har kun o'ylab biroz yig'lab olardim, xursandligimdan. Uchrashganimizda ham ich-ichimdan xursand bo'lib yig'lagandim, xayrlashayotganda ham...

Qayd etilgan


AbdurRohman  19 Mart 2009, 15:09:14

Javob berilmagan savollar:

Abdurahmonga:
Siz kimdan yoki nimadan qo'rqasiz? (Allohdan qo'rqish, qiyomat kuni, o'lim va h. islomiy qo'rquvdan tashqari)

ayol makridan yurak oldirib qo'yganman. yana duch kelib qolishdan qo'rqaman! Allohim o'zing asra!

Qayd etilgan


shoir  19 Mart 2009, 17:07:57

G_u_l_i, siddiqa, Muslimaa, Robiya, Zamiraxon va Muhseenaga:
Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?

Qayd etilgan


shoir  19 Mart 2009, 17:15:50

AbdulAziz, Abdulhafiz, Abdulloh, Chustiyga:

Bolalaikdagi shirin xotiralaringizni o'qib maza qildim. Yana shu holat bilan bog'liq savol paydo bo'ldi:

1. Yoshligingizdagi aynan namoz bilan bog'liq kulgili hodisa bo'lganmi?
2. Siz yoki birodaringiz guvoh bo'lgan, bilmaslik yuzasidan yuz bergan kulgili hodisa yuz berganmi?

Qayd etilgan


Muhseena  19 Mart 2009, 17:49:35

G_u_l_i, siddiqa, Muslimaa, Robiya va Muhseenaga:
Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?
:as: forumga a'zo bo'lganimda post qilgim kelmasdi.Eng birinchi postim islomiy she'r edi.Shu kuni hursand bo'lganman,bolalikdagi hursand kunimmi...buvim bilan o'tkazgan barcha damlar.Buvim choyga non botirib yerdilar,manam ularga qarab shunday qilardim :),hozir katta bo'lib qolganimga hammani oldida unday qilmayman,lekin bir o'zim qolsam nonni choyga botirib yiman. :D.
So'nggi uch yilda ko'p narsalar bo'lib ketdi hayotimda.Eng hursand bo'lgan kunim onam ro'mol sovg'a qilgan kunlari edi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Mart 2009, 18:36:14

Iqtibos
Y_U_R_I_S_Tga savol
Kelajakda qanday mavzuda ilmiy ish qilmoqchisiz?

"Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olish" mavzusida ilmiy ish qilish niyatim bor.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Mart 2009, 19:10:55

Munira xonimga yana savol:
Yigitning ori deganda nimani tushunasiz? hozirgi zamon bilan bog'liq mulohazalaringiz.
Yigitning orsizligi - ayolning halokatiga sabab bo'ladi degan fikrga munosabatingiz?

Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur...
Yigitni ori - bu IYMONI deganidir. CHunki yigitning IYMONI butun bo'lsa,albatta, orli, g'ururli bo'ladi. Hozirgi zamon ham, oldingi zamon kabi bir xil ketyapti. Lekin insonlar ancha o'zgargan. Sizga uzunroq bo'lsa ham ushbu javobni bermoqchiman.
1990-1992 yillarda biz 13-15 yoshlarda edik. O'sha paytlarda bizni mahhalamizda qizlar juda ko'p edi.Aksariyat o'rtoqlarimini oilasida akalari yo' edi, shu jumladan mening ham. Lekin mahallamiz yigitlari bizni har doim himoya qilishardi. Ba'zan mahallamizga begona notanish yigitlar oralab qolishsa, besh olti yigit bir bo'lib, uni o'rtaga olishardi. Agar u yigit biror qizni orqasidan "ergashib" kelgan bo'lsa, uni bu mahallaga qaytib kelmasligini "qo'pol" ravishda "iltimos" qilishardi. Agar u yana keladigan bo'lsa bolalar uni do'pposlab qaytib kelmaydigan qilishardi. Agar biror qizga ko'ngil qo'ygan bo'lsa unga uylanishni taklif qilishar, lekin zinhor u qizni obro'sini to;kib mahallada o'ralashmasligini ta'kidlashardi.Oilamzida berilgan tarbiya va mahallamizdagi yigitlarning ori, g'ururi tufayli bizni mahalladan birorta yomon otliq bo'lga qiz yetishib chiqmagan. Alhamdulillah.
Hozirgi zamon yigitlariga shu narsa yetishmaydi.....(Hammalarida emas albatta)
Yigitning orsizligi ayolning halokatiga qisman sabab bo'lishi mumkin. Agarda ayol o'zining fikriga, iymoniga e'tiqodiga ega emas ekan, uni halokatga yuz tutishi uchun ozgina sabab kifoya.
Agarda ayol Iymonli, e'tiqodi kuchli, Hayo iboda ustun, haqiqiy AYOL bo'lsa  uni hech qaysi erkakning hech qanday salbiy "fazilatlari" halokatga boshlay olmaydi....
Alloh har bir muslimni ham muslimani ham o'z IYMONIdan va HAYOsizdan ayirmasin!!!

Qayd etilgan