AbdulAziz, Abdulhafiz, Abdulloh, Chustiyga:
Bolalaikdagi shirin xotiralaringizni o'qib maza qildim. Yana shu holat bilan bog'liq savol paydo bo'ldi:
1. Yoshligingizdagi aynan namoz bilan bog'liq kulgili hodisa bo'lganmi?
2. Siz yoki birodaringiz guvoh bo'lgan, bilmaslik yuzasidan yuz bergan kulgili hodisa yuz berganmi?
1. Bolaligimda, qish paytlari edi, chamamda, bomdodni masjidda o'qirdim-da, o'shatdan nari maktabga ketardim.
5-sinfda o'qirdim (bizning davrimizda negadir 4-sinfni o'qilmasdi). Bir kuni saxar papkamni olib, masjidga bordim. Masjidda namozni o'qib bo'lib, maktab tomon yo'lga tushdim. Men o'qiydigan gimnaziya biroz uzoqroq bo'lib, piyoda yetib borguncha 15-20 daqiqa ketardi. Yo'lda ketyapman-u, negadir hamma menga qarayapti. Katta yoshdagilar, ayniqsa, qariyalar, meni ko'rib jilmayib qo'yishadi. Maktab kiyimidaman, qo'limda katta papka. Nima maktab bolasini ko'rishmaganmi? Hayron qolyapman. Maktabga kirib bordim, boshqa sinfnining bolalari ham hammasi menga qaraydi, jilmayib qo'yishadi.
Maktab foyesiga kirib, o'sha yerdagi oynaga qarasaaam:
Masjidda kiygan sallamni yechmay boshimda qolaveribdi. Shu bilan maktabga kelaveribman
(Masjidda savob bo'ladi, fazilati ulug' deya salla kiyib namoz o'qirdik. Judayam boshqacha bo'lardi. Hozir o'ylab ko'ryapman. Kichkina bolacha-yu, lekin boshida sallasi bor. Qiziq, o'sha davrni xotirlasam, doimo yuzimga tabassum keladi. Sallani ham o'zimiz o'rardik. Bir akamiz uni o'rash san'atini ham erinmasdan o'rgatgandilar. Masjidimiz oqsoqollarining sallalarini ham biz o'rab berardik. O'tgan safar Marg'ilonga borganimda masjidimiz qayta ta'mirlanib, tanish bo'lgan o'sha eski narsalarni ham ko'rib qoldim. Voajab, bolalikdagi jonajon sallamning uchlikkina maxsus do'ppisi haliham turibdi ekan. Borib, olib kiymoqchi bo'ldim. Aaancha kichkina keldi...)