Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264952 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 ... 270 B


shoir  19 Mart 2009, 19:19:43

Munira xonimga yana savol:
Yigitning ori deganda nimani tushunasiz? hozirgi zamon bilan bog'liq mulohazalaringiz.
Yigitning orsizligi - ayolning halokatiga sabab bo'ladi degan fikrga munosabatingiz?

Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur...
Yigitni ori - bu IYMONI deganidir. CHunki yigitning IYMONI butun bo'lsa,albatta, orli, g'ururli bo'ladi. Hozirgi zamon ham, oldingi zamon kabi bir xil ketyapti. Lekin insonlar ancha o'zgargan. Sizga uzunroq bo'lsa ham ushbu javobni bermoqchiman.
1990-1992 yillarda biz 13-15 yoshlarda edik. O'sha paytlarda bizni mahhalamizda qizlar juda ko'p edi.Aksariyat o'rtoqlarimini oilasida akalari yo' edi, shu jumladan mening ham. Lekin mahallamiz yigitlari bizni har doim himoya qilishardi. Ba'zan mahallamizga begona notanish yigitlar oralab qolishsa, besh olti yigit bir bo'lib, uni o'rtaga olishardi. Agar u yigit biror qizni orqasidan "ergashib" kelgan bo'lsa, uni bu mahallaga qaytib kelmasligini "qo'pol" ravishda "iltimos" qilishardi. Agar u yana keladigan bo'lsa bolalar uni do'pposlab qaytib kelmaydigan qilishardi. Agar biror qizga ko'ngil qo'ygan bo'lsa unga uylanishni taklif qilishar, lekin zinhor u qizni obro'sini to;kib mahallada o'ralashmasligini ta'kidlashardi.Oilamzida berilgan tarbiya va mahallamizdagi yigitlarning ori, g'ururi tufayli bizni mahalladan birorta yomon otliq bo'lga qiz yetishib chiqmagan. Alhamdulillah.
Hozirgi zamon yigitlariga shu narsa yetishmaydi.....(Hammalarida emas albatta)
Yigitning orsizligi ayolning halokatiga qisman sabab bo'lishi mumkin. Agarda ayol o'zining fikriga, iymoniga e'tiqodiga ega emas ekan, uni halokatga yuz tutishi uchun ozgina sabab kifoya.
Agarda ayol Iymonli, e'tiqodi kuchli, Hayo iboda ustun, haqiqiy AYOL bo'lsa  uni hech qaysi erkakning hech qanday salbiy "fazilatlari" halokatga boshlay olmaydi....
Alloh har bir muslimni ham muslimani ham o'z IYMONIdan va HAYOsizdan ayirmasin!!!

Rahmat, Munira opa. Judayam chiroyli javob bo'libdi.
Sizning va boshqa do'stlarimizning javoblari ko'pchilik uchun juda foydali bo'lyapti.
Agar bundan kimdir, nimanidir olib, foydali bo'layotgan bo'lsa, baxtiyor bo'lardik.

Munira opa, boshqa yuzerlar, savol berib sizlarga malol keltirib qo'ymayapmanmi? Agar shunday bo'lsa, bemalol aytaveringlar.

Yana, agar kimdir menga ham savol berishsa javob berardim, degan niyati bo'lsa, PMda yozib yuboring.  :D

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Mart 2009, 19:34:12

Assalamu alaykum.
Savollaringiz shaxsan menga juda yoqyapti. Ancha yodimdan ko'tarilayozgan xotiralarimni ham eslatib yubordi. :) Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bizni javoblarimizdan biror kishi biror foyda olsa biz ham bahtiyormiz.
Qancha savolingiz bo'lsa, bemalol, beravering...
Siz savol berishdan charchamaguningizcha, biz charchamaymiz,InshaAlloh.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Mart 2009, 20:27:41


Munira opa, boshqa yuzerlar, savol berib sizlarga malol keltirib qo'ymayapmanmi? Agar shunday bo'lsa, bemalol aytaveringlar.

Yana, agar kimdir menga ham savol berishsa javob berardim, degan niyati bo'lsa, PMda yozib yuboring.  :D

Yo'q albatta, Mister Question! Bizning javoblarimizdan ham ko'ra ko'proq, sizning savollaringiz foydali bo'lmoqda. Ba'zida biz qisqagina yoki hazilga moyil qilib javob berayapmiz. Ammo sizning savollaringiz...

Keyingi mushohadali savollaringizni kutib qolamiz...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Mart 2009, 20:31:50

shoirga savol:

Siz filolog sifatida, xozirgi adabiy tilimizning hvolini qanday baholaysiz? Turli shevalar, xorijiy yot so'zlar, vulgarizm kabilarning qo'shilishi unga qanchalik ta'sir ko'rsatmoqda? Buning oqibati qanday bo'lishi mumkin?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Mart 2009, 20:33:02

Munira xonimga:

Ma'naviy boylik nima? Uning moddiy boylikdan farqi, afzalligi va kamchiligi nimada?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Mart 2009, 20:37:13

Mashhuraga:

Adashmasam siz ref.uz saytiga ham ko'plab referatlar joylashtirib turasiz-a? (Adashgan bo'lsam uzr.)
Aytinghi, insonlarga foydali bilim ulashishni siz nimaga o'xshatgan bo'lardingiz?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Mart 2009, 20:40:09

Ulugbek-Uzga:

Sport ixlosmandi sifatida sizga savol. Aytingchi, yurtimizdagi yoshlar sportining o'sish darajasini qanday baholaysiz? O'zi umuman sportning inson hayotidagi o'rni qanday?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Mart 2009, 20:44:14

mutaallimahga:

Hayotingizda hech shunaa voqea bo'lganmi, qaysiki siz ilk marotaba suhbat qurgan inson sizda juda katta ijobiy taasurot qoldirgan va hattoki sizni hayratga solgan. Agar bo'lgan bo'lsa, sizni u insonning qaysi xislatlari hayratga solgan edi?

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 06:36:39

G_u_l_i, siddiqa, Muslimaa, Robiya, Zamiraxon va Muhseenaga:
Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?
1.To'g'risi forumga ilk kirganimda menga hech narsa tasir qilmay qo'ygandi ,eng hursand bo'lgan kunim esa bir ikkita maqolalarni o'qib ko'zlarim yoshlangandi ,huddi yana qaytayotgan insonga o'hshardim .
2.bolaligim buvam bn o'tgan kunlar ,akam ,va qo'shni bolalar bn o'tgan kunlar bn go'zl edi .darahtimiz ko'p edi ,Buvam qaysi mevdan oberay qizim derdilar ,men eng balandidagini aytardim ,buvam oberardilar ,har kuni peshin namozidan qaytishlarini kutib sumkamni ko'tartirib ketardim ,o'zlari beraqolin kichkinam dirdilar .
3so'ngi uch yil .....litsey davrimni ko'prorq sog'inaman .ayni yoz issiq 2-3 yil oldin men stamatologiyadan qaytayotgan edim u ham Yunusobodning bir chekkasida ,litseydan charchab chiqqanman ,avtobusdan tushgach qoq cho'lga o'hshiydigan yo'l bor na birdaraht na bir o'simlik .quyosh dahshat shunda hech kim yo'q illo Alloh .baland ovozda salovat ayta boshladim.shunda bilasizmi nila bo'ldi ,hechham ko'rmagan 4 yoki 5 juda katta kabutarlar boshim uzra aylanishardi ,hech bir issiqlikni his qilmasdim ,yig'lay boshlagandim ,shu darajada hursandedimki astanovkagacha ular men bn kelishgandi .eng hursand kunlarimdan biri ........bu kunlarni sog'inaman .o'sha kunlardagi holatimga qaytgim keladi .

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Mart 2009, 06:38:58

AbdulAziz, Abdulhafiz, Abdulloh, Chustiyga:

Bolalaikdagi shirin xotiralaringizni o'qib maza qildim. Yana shu holat bilan bog'liq savol paydo bo'ldi:

1. Yoshligingizdagi aynan namoz bilan bog'liq kulgili hodisa bo'lganmi?
2. Siz yoki birodaringiz guvoh bo'lgan, bilmaslik yuzasidan yuz bergan kulgili hodisa yuz berganmi?

1. Bolaligimda, qish paytlari edi, chamamda, bomdodni masjidda o'qirdim-da, o'shatdan nari maktabga ketardim.
5-sinfda o'qirdim (bizning davrimizda negadir 4-sinfni o'qilmasdi). Bir kuni saxar papkamni olib, masjidga bordim. Masjidda namozni o'qib bo'lib, maktab tomon yo'lga tushdim. Men o'qiydigan gimnaziya biroz uzoqroq bo'lib, piyoda yetib borguncha 15-20 daqiqa ketardi. Yo'lda ketyapman-u, negadir hamma menga qarayapti. Katta yoshdagilar, ayniqsa, qariyalar, meni ko'rib jilmayib qo'yishadi. Maktab kiyimidaman, qo'limda katta papka. Nima maktab bolasini ko'rishmaganmi? Hayron qolyapman. Maktabga kirib bordim, boshqa sinfnining bolalari ham hammasi menga qaraydi, jilmayib qo'yishadi.
Maktab foyesiga kirib, o'sha yerdagi oynaga qarasaaam:
Masjidda kiygan sallamni yechmay boshimda qolaveribdi. Shu bilan maktabga kelaveribman : )

(Masjidda savob bo'ladi, fazilati ulug' deya salla kiyib namoz o'qirdik. Judayam boshqacha bo'lardi. Hozir o'ylab ko'ryapman. Kichkina bolacha-yu, lekin boshida sallasi bor. Qiziq, o'sha davrni xotirlasam, doimo yuzimga tabassum keladi. Sallani ham o'zimiz o'rardik. Bir akamiz uni o'rash san'atini ham erinmasdan o'rgatgandilar. Masjidimiz oqsoqollarining sallalarini ham biz o'rab berardik. O'tgan safar Marg'ilonga borganimda masjidimiz qayta ta'mirlanib, tanish bo'lgan o'sha eski narsalarni ham ko'rib qoldim. Voajab, bolalikdagi jonajon sallamning uchlikkina maxsus do'ppisi haliham turibdi ekan. Borib, olib kiymoqchi bo'ldim. Aaancha kichkina keldi...)

Qayd etilgan