Munira xonimga:
Ma'naviy boylik nima? Uning moddiy boylikdan farqi, afzalligi va kamchiligi nimada?
Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur...
Ma'naviy boylikka ko'pchilik ilm olish orqali erishiladi, deb o'ylaydi. Bu gap ham qisman to'g'ridir. Lekin inson ko'proq ma'nan boy bo'lishi uchun TAFAKKUR qilishi lozim deb o'ylayman. Chunki necha necha ilm dargohlarida ilm olib, necha necha diplomga sazovar bo'lgan insonlar borki, ularni hayot haqida, isnonlar haqida fikrlarini eshitsangiz:"Tavba, bu nimani o'qigan ekan" degan hayol keladi. BA'zi bir ilmli insonlarni fikrlaridan dalada ishlaydigan dexqonning fikrlari haqiqatga yaqinroq tuyuladi.
Ma'naviy boylik bu INSON o'zligini tanishida, Yaratuvchisini tanib Unga ibodat qilishida, Alloh bergan har bir ne'matni ham, yaxshilikni ham, musibatni ham birdek sabr va tafakkur bilan qarshi olishi deb o'ylayman. Inson yuksak ma'naviy boylikka ega bo'lishi uchun asosiy, diniy ilmni egallashi va bu bilimga amal bilan yashashi lozim.
Ma'naviy bolyikni moddiy boylikdan afzalligi juda ko'p, bu yerda uni sanab o'tsak postimiz juda uzun bo'lib ketadi.
SHuning uchun qisqagina javobim: Moddiy boylik vaqtincha omonat, bir kun sizga xiyonat qiladi, ma'naviy boylik esa, sizni hech qachon tashlab ketmaydi. Agar siz ilmingizni va bu boyligingizni xolis ALloh uchun boshqalarga ulashsangiz va bu boyligingiz tufayli kibrga, riyoga berilmasangiz, bu siz cuhun ikki dunyoda saodat baxsh etadi,InshaAlloh.
Kamchiligi umuman yo'q, faqat inson bu boyligini to'g'ri yo'lga yo'naltira olsa va o'zini BANDA ekanini unutmasa, bo'ldi. U ma'naviy bolyikdan hech qanday kamchilik topa olmaydi....
Men katta universitetlarda ta'lim olmaganman, shuning uchun savolingizga qo'limdan kelganicha javob berishga harakat qildim. Albatta o'z dunyoqarashimdan kelib chiqqan holda.
Siz kutgan go'zal so'z va fikrlarni bera olmagandirman. Rozi bo'lasiz...
PS:MEnga savol beruvchi birodarlarimiz diqqatiga: Menga yangi beradigan savollaringiz shu kunlarda javobsiz qolishi mumkin, chunki Vodiy tomonlarga 3-4 kunlik safarga ketmoqchiman. Agar savollaringizga javob berolmasam hafa bo'lmay turasizlar. Savollaringizga kelganimdan keyin javob beraman INshaAlloh.