Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263882 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 ... 270 B


AbdulAziz  20 Mart 2009, 06:46:25

AbdulAziz, Abdulhafiz, Abdulloh, Chustiyga:

Bolalaikdagi shirin xotiralaringizni o'qib maza qildim. Yana shu holat bilan bog'liq savol paydo bo'ldi:

1. Yoshligingizdagi aynan namoz bilan bog'liq kulgili hodisa bo'lganmi?
2. Siz yoki birodaringiz guvoh bo'lgan, bilmaslik yuzasidan yuz bergan kulgili hodisa yuz berganmi?

2. Bu voqeani dadam hikoya qilib bergandilar:
"Bir birodarimiz iymonga kelib, Ramazon oyida ro'zani boshlab, bizni iftorlikka taklif etdi. Iftorlik marosimida yana 10-15 tanishlar, mahalla vakillari bor edi. Og'izni ochib, biroz tanovul qilganimizdan keyin shom namozini o'qishga kirishdik. Uy egasi ham biz bilan namoz o'qidi.
Imom namozni tugatayotib:
- Assalamu alaykum va rahmatulloh, deb salom bergan ham ediki, uy egasi:
- Assalomu alaykum, Ibrohim aka! Assalomu alaykum Ibrohim aka! - debdi : )

Uy egasining ismi Rahmatulloh bo'lib, namoz oxirida otini aytib salomlashish kerak ekan, imom menga salom berdi, men ham unga salom berib qo'yay deb o'ylagan ekan. : )

Qayd etilgan


G_u_l_i  20 Mart 2009, 07:16:29

G_u_l_i, siddiqa, Muslimaa, Robiya, Zamiraxon va Muhseenaga:
Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?

 :as:
1.Forumda eng hursand bo`lgan kunim, Siddiqani yaqin dugonalarimdan ekanini bilib qolganim, shunaqa hursand bo`lgandimki, ammo aksiga olib, quvonchli voqeadan so`ng Siddiqa forumga kirmadi(biroz muddatga) :(, keyin Siddiqani hamma postlarini o`qib chiqishni boshlagandim o`shanda.
2.Bolaligimda hursand bo`lgan kunlarim juda ko`p bo`lgan, ayniqsa parkka, sirkka boradigan kunlarimizda, uydagilar  ko`p barbi qo`g`irchoqlar sovg`a qilgan kunlarda juda hursand bo`lardim.
3.Ohirgi 3 yil ichida ko`p voqealar bo`lib o`tdi, ko`pi mening foydamga, shularning ichida juda hursand bo`lgan kunim, yenglari uzun chiroyli ko`ylak kiygan kunim bo`lgan(ayni jazirama yozda), muslimalikka tashlangan ilk qadamlar edi, o`sha damlar.......................
Siddiqa, Muhseena va bir qancha dugonalarimiz b-n birga oliy o`quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan damlarmizni qattiq sog`inaman...........
Har juma` Siddiqa va Muhseenani kelishlarini o`qishda kutiiiib o`tirardim........

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 07:44:43

G_u_l_i, siddiqa, Muslimaa, Robiya, Zamiraxon va Muhseenaga:
Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?

 :as:
1 o`sha damlar.......................
Siddiqa, Muhseena va bir qancha dugonalarimiz b-n birga oliy o`quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan damlarmizni qattiq sog`inaman...........
Har juma` Siddiqa va Muhseenani kelishlarini o`qishda kutiiiib o`tirardim........
nihoyatda sog'inaman o'sha kunlarni ,u kunlarga qayta olmasakda ,o'sha kunlardagi shijoatga qaytishni hohlardim .

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Mart 2009, 08:01:59

Munira xonimga:

Ma'naviy boylik nima? Uning moddiy boylikdan farqi, afzalligi va kamchiligi nimada?

Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur...
Ma'naviy boylikka ko'pchilik ilm olish orqali erishiladi, deb o'ylaydi. Bu gap ham qisman to'g'ridir. Lekin inson ko'proq ma'nan boy bo'lishi uchun TAFAKKUR qilishi lozim deb o'ylayman. Chunki necha necha ilm dargohlarida ilm olib, necha necha diplomga sazovar bo'lgan insonlar borki, ularni hayot haqida, isnonlar haqida fikrlarini eshitsangiz:"Tavba, bu nimani o'qigan ekan" degan hayol keladi. BA'zi bir ilmli insonlarni fikrlaridan dalada ishlaydigan dexqonning fikrlari haqiqatga yaqinroq tuyuladi.
Ma'naviy boylik bu INSON o'zligini tanishida, Yaratuvchisini tanib Unga ibodat qilishida, Alloh bergan har bir ne'matni ham, yaxshilikni ham, musibatni ham birdek sabr va tafakkur bilan qarshi olishi deb o'ylayman. Inson yuksak ma'naviy boylikka ega bo'lishi uchun asosiy, diniy ilmni egallashi va bu bilimga amal bilan yashashi lozim.
Ma'naviy bolyikni moddiy boylikdan afzalligi juda ko'p, bu yerda uni sanab o'tsak postimiz juda uzun bo'lib ketadi.
SHuning uchun qisqagina javobim: Moddiy boylik vaqtincha omonat, bir kun sizga xiyonat qiladi, ma'naviy boylik esa, sizni hech qachon tashlab ketmaydi. Agar siz ilmingizni va bu boyligingizni xolis ALloh uchun boshqalarga ulashsangiz va bu boyligingiz tufayli kibrga, riyoga berilmasangiz, bu siz cuhun ikki dunyoda saodat baxsh etadi,InshaAlloh.
Kamchiligi umuman yo'q, faqat inson bu boyligini to'g'ri yo'lga yo'naltira olsa va o'zini BANDA ekanini unutmasa, bo'ldi. U ma'naviy bolyikdan hech qanday kamchilik topa olmaydi....
Men katta universitetlarda ta'lim olmaganman, shuning uchun savolingizga qo'limdan kelganicha javob berishga harakat qildim. Albatta o'z dunyoqarashimdan kelib chiqqan holda.
Siz kutgan go'zal so'z va fikrlarni bera olmagandirman. Rozi bo'lasiz...

PS:MEnga savol beruvchi birodarlarimiz diqqatiga: Menga yangi beradigan savollaringiz shu kunlarda javobsiz qolishi mumkin, chunki Vodiy tomonlarga 3-4 kunlik safarga ketmoqchiman. Agar savollaringizga javob berolmasam hafa bo'lmay turasizlar. Savollaringizga kelganimdan keyin javob beraman INshaAlloh.

Qayd etilgan


Mashhura  20 Mart 2009, 09:23:59

Mashhuraga:

Adashmasam siz ref.uz saytiga ham ko'plab referatlar joylashtirib turasiz-a? (Adashgan bo'lsam uzr.)
Aytinghi, insonlarga foydali bilim ulashishni siz nimaga o'xshatgan bo'lardingiz?

Savol uchun rahmat!
Fikr almashish fikrni ko`paytiradi. Ba`zan xato fikrlardan ham to`g`risini topib olamiz. Bir so`mimga sizning bir so`mingizni almashtirsak, ikkimizda ham bir so`m. Bir fikrimga bir fikringizni almashtirsak, ikkimizda ham ikkita fikr paydo bo`ladi (O`.Hoshimov). Internetda nima joylashtirsam ana shu ehtiyoj tufaylidir.
Insonlarga foydali bilim ulashishni juda ko`pchilik ulug`lar, jumladan J.Rumiy chiroq (sham)ga o`xshatadi. O`zi yonib tamom bo`lishini bilsada, nur ulashish uchun yonaveradi.
("Ichindagi ichindadir"da chiroqni odamlar chiroq uchun emas, o`zlari uchun yuqoriga qo`yishadi. Agar bir ulug`ni yuqoriga ko`tarsak, uning uchun emas, o`zimiz uchundir, deydi.) Menning ham ko`p kalitlarim Mavlono Rumiy kulflariga tushadi.
Hammaga ham hech bo`lmaganda chiroq (sham) bo`lish nasib etsin!

Qayd etilgan


shoir  20 Mart 2009, 09:29:39

shoirga savol:

Siz filolog sifatida, xozirgi adabiy tilimizning hvolini qanday baholaysiz? Turli shevalar, xorijiy yot so'zlar, vulgarizm kabilarning qo'shilishi unga qanchalik ta'sir ko'rsatmoqda? Buning oqibati qanday bo'lishi mumkin?

Bu haqda oldin yopzgan ekanman:
tortishgandan nima foyda, boshqalarga ham tushunarli bo'lsa shevada yozsa nima farqi bor?! umuman olganda, xozir tortishganlariz bilan hamma ham adabiy tilda yozadigan bo'midi, hamma o'zi xoxlaganidek yozuradi barbir. shu uchun bu mavzuni yopsa ham bo'ladi. bundan oldingi tortishuvlar ham mavzu yopilishi bilan tugardi, aks holda davom etaveradi

Farqi bor.
Birinchidan, adabiy til barcha uchun tushunarli, shevada esa tushunmjaydigan jihatlar bo'lishi mumkin.

Ikkinchidan, adabiy til - milliy tilimizning ko'rki, eng go'zal namunasi, uni sheva, sleng yoki zamonaviy so'zlashish tillarida ifoda etish - go'zal insonga yirtiq-yamoq kiyim kiygizishga o'xshaydi.

Uchinchidan, biz shevaga qarshi emasmiz, mayli o'z shevangizni yo'qotmang. Ana, forumning maxsus "Yurtdoshlar" bo'limi bor. Shu yerga kirib miriqib gaplashishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  20 Mart 2009, 09:32:49

AbdulAziz, Abdulhafiz, Abdulloh, Chustiyga:

Bolalaikdagi shirin xotiralaringizni o'qib maza qildim. Yana shu holat bilan bog'liq savol paydo bo'ldi:

1. Yoshligingizdagi aynan namoz bilan bog'liq kulgili hodisa bo'lganmi?
2. Siz yoki birodaringiz guvoh bo'lgan, bilmaslik yuzasidan yuz bergan kulgili hodisa yuz berganmi?
2-3 sinflarda o'qirdik (adashmasam). Sifdoshlar bilan aylanib qadimiy Mug' tepaligiga chiqqan edik. Peshin vaqti bo'lib qolibdi, qarasak suv yo'q. (tepalikdan pastda suv bor edi)Suv bo'lmasa tayammum qilish kerakligini bilamiz, lekin qanday qilish kerakligini bilmasdan, suv bilan tahorat qilgandek tuproq bilan tahorat qilgamiz. Namozni o'qigandan so'ng, hamma yog'imiz chang, pastga tushib yuvingandik... Tayammumni haqiqatini bilgandan keyin, rosa kulgandik. Aslida yig'lashimiz kerak edi...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  20 Mart 2009, 11:23:24

shoirga savol:

Siz filolog sifatida, xozirgi adabiy tilimizning hvolini qanday baholaysiz? Turli shevalar, xorijiy yot so'zlar, vulgarizm kabilarning qo'shilishi unga qanchalik ta'sir ko'rsatmoqda? Buning oqibati qanday bo'lishi mumkin?

Bu haqda oldin yopzgan ekanman:

Oqibatlari haqida ham qisqacha to'xtalib o'ta olasizmi?

Qayd etilgan


Robiya  20 Mart 2009, 13:17:32

Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?


Assalamu alaykum!

Savollar uchun tashakkur Shoir!
1. 19 aprel ... bu kunni har safar xursand bo'lgan kuniz,yoki forum bilan bog'liq eng esda qolarli voqea deyilganda beraveraman,eslayveraman :) Muslima opajonlarim bilan tanishgan,diydorlashgan kunim eng quvonchli kunim!

2. Bolalikda eng xursand bo'lgan kunim ... xotiralarga qaytarkanmizda :) Ko'p bo'lgan bunaqa kunlar, ammo eng xursand qilgan kun - bobom bilan Bahovuddin borgan kunim edi, o'shanda 4-5 sinf o'qirdim. Ziyoratga borgan edik, menga kitob obergandilar, hozir nomi esimda qolmagan,ammo juda xursand bo'lganman.

3. 1- savolga bergan javobim :)

Qayd etilgan


mutaallimah  20 Mart 2009, 14:55:35

mutaallimahga:

Hayotingizda hech shunaa voqea bo'lganmi, qaysiki siz ilk marotaba suhbat qurgan inson sizda juda katta ijobiy taasurot qoldirgan va hattoki sizni hayratga solgan. Agar bo'lgan bo'lsa, sizni u insonning qaysi xislatlari hayratga solgan edi?

Assalamu alaykum.
Savol uchun raxmat!
Ha, unday voqealar bo'lib turadi.. Muslima qizlar bilan gaplashganda birinchi suhbatdan yoki juda ham yaxshi ko'rib qolaman yoki.. teskarisi.. Bir dugonamni birinchi ko'rganimdayoq uning odabi, ilmi, hayosi va hijobiga bo'lgan muhabbatiga havas qilganman.. U bilan tanishganimga uch yildan oshdi haligacha shunday doim unga o'xshashga harkat qiliaman.. Uni har bir harakatini yaxshi ko'raman..

Qayd etilgan