Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264005 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 ... 270 B


Huseyn  20 Mart 2009, 15:20:01


Huseynga savol:
Hozirgi kunda jurnalistika "To'rtinchi hokimiyat" sifatida haqiqiy faoliyat olib bormoqdami?


Албатта, йук! Бугунги журналистикани туртинчи хокимистга смас, аксинча колган учала хокимистни салкинлатиш учун уларнинг тепасида елпигич елпиб утирган куримсизгина канизакка ухшатаман. 

Qayd etilgan


ikbaljohn  20 Mart 2009, 16:00:05

Javob berilmagan savollar:

Ikbaljohnga:
Forumni ko'ngilochar mavzularsiz tasavvur etish mumkinmi?
Sizningcha, ko'ngilochar mavzularning qanday chegaralari mavjud bo'lishi kerak?



Forumni ko'ngilochar mavzularsiz tasavvur qilish qiyin.Lekin chegaradan o'tilganda,har qanday foydali ko'ngilochar mavzu ham foydasizga aylanadi.Forumda ko'ngilochar bo'limi mavjudligida,men o'zimning mansabimni suistemol qilgan holda o'sha ko'ngilochar mavzularni foydasizga aylantirgan edim,albatta o'zimga o'xshagan offtopchilar bilan irgalikda.Xozir munday o'ylab qarasam,o'sha qilgan hatt-harakatlarimdan uyalib ketaman. :-[
PS: Lekin o'ziyam rosa yayrar edik

Qayd etilgan


Mahdiyah  20 Mart 2009, 16:04:45


Mastura, NOZA va Robiyaga:
Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?


Forum bilan emas, forumdoshimiz bilan bog'liq holat desam to'g'riroq bo'ladi.
Forumdosh birodarlarimizdan 2 dugonamning hijobga kirishlari va ularga qarshi chiqqanlaridagi sabrlari.

Qayd etilgan


Mahdiyah  20 Mart 2009, 16:05:58

Shoirga savol:

Sizni hayolingizni o'g'irlagan, kun bo'yi o'ylanishingizga majbur qilgan kitob yoki hadis?

Qayd etilgan


Muhseena  20 Mart 2009, 17:50:32

G_u_l_i, siddiqa, Muslimaa, Robiya, Zamiraxon va Muhseenaga:
Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?

 :as:
1 o`sha damlar.......................
Siddiqa, Muhseena va bir qancha dugonalarimiz b-n birga oliy o`quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan damlarmizni qattiq sog`inaman...........
Har juma` Siddiqa va Muhseenani kelishlarini o`qishda kutiiiib o`tirardim........
nihoyatda sog'inaman o'sha kunlarni ,u kunlarga qayta olmasakda ,o'sha kunlardagi shijoatga qaytishni hohlardim .
Haya Siddiqa bilan bir kuni jalada qolib ketganimiz hecham yodimdan chiqmaydi.2 ta joyda o'qirdik,orasi bir ostanovka edi.Borgunimizcha  ancha sovib qolgan edik.Guli bizni kutib olib,issiq choy qilib bergandi.Har Jum'a kunini kutardik.Guli bilan redizkali salat tayyorlab yerdik o'sha yerda.Man ham o'sha davrni juda sog'indim,lekin muhimi biz birgamiz,Siddiqani bir yil deganda uchratdikku

Qayd etilgan


Hadija  20 Mart 2009, 19:43:14

G_u_l_i, siddiqa, Muslimaa, Robiya, Zamiraxon va Muhseenaga:
Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?

 :as:

Savol uchun tashakkur.
Allohni zikri bilan, uning hifz-u, himoyasida tinch osudalik b-n o'tayotgan har bir kunim, hursand bo'gan kunim hisoblanadi.
1. Ustoz topganimdan hursand bo'lganman
2. Juda ko'p bo'lgan Alhamdulillah, bunisi yaxshi bunisi yomon deb ajrata olmayman :)
3. Allohga yana qaytib, namozni o'qiy boshlaganim va hijobga mehr qo'ygan kunim, InshaAlloh

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Mart 2009, 09:27:38

Y_U_R_I_S_Tga savollar:
1. Maktabda o'qib yurgan kezlaringiz kimyo fanidan bilimingiz qanaqa edi?
2. Zakovat klubiga qanday a'zo bo'lgansiz? Kim taklif etgan?
3. Zakovatchilardan kim bilan qalin do'stona munosabatdasiz?
4. Kelajagingiz uchun rajalashtirayotgan eng katta rejangiz?

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Mart 2009, 09:28:01


AbdulAzizga savollar:
1. Ziyouzni "dunyoga keltirish"da kimlar yordam bergan? Qancha vaqt ketgan?
2. Forumimiz rivoji uchun sizningcha eng katta hissa qo'shgan 10ta user kimlar?
3. Kelajakka o'z sohangiz bo'yicha qanaqa rejalar tuzgansiz?
4. Jurnalistikada eng katta ahamiyatli narsa nima?


Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Mart 2009, 09:28:24

Munira Xonimga savollar:
1. Biror-bir ishni qilishda iroda yetmasa inson o'zini qanday qilib shu ishga unday olishi mumkin?
2. Maktab davridagi eng qiziq voqea(lar)ni eslay olasizmi?
3. Sumalakni birinchi marta qo'zg'aganingizda qanday niyat qilgansiz? (Sumalakni qo'zg'ovchi kishi niyat qiilishi kerak, degan tushuncha bor xalqimizda, bunga qanday qaraysiz?)
4. Farzand tarbiyasi juda ma'suliyatli, juda yoqimli, maroqli, shu bilan birga jiddiy masala. Siz farzandlaringiz tarbiyasida birinchi navbatda nimaga e'tibor berasiz? Bola tarbiyasida nimalar, qanaqa munosabatlar (bola bilan) salbiy va ijobiy ta'zir ko'rsatishi mumkin?

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Mart 2009, 09:28:47

shoirga savollar:
1. Har birimiz bog'cha yoshlaridanoq o'zimizga qanaqadir kasblar tanlab qo'yamiz. Sizning bolalikdagi tanlagan kasbingiz qanaqa edi?
2. Nima deb o'ylaysiz, nima uchun Lutfiy Navoiyning "Orazin yopg'och" g'azaliga hamma g'azallarini almashtirsa ham arzimaydi, deb aytgan? Uning bu g'azaldagi nima uni bunday deyishga undagan?
3. Maktab davrida faxriy yorliq olganmisiz? Qaysi fandan?
4. Hozirgacha sevib tomosha qiladigan sevimli multfilmingiz qaysi?
5. She'r yozganmisiz? Dastlabki yozgan she'ringiz qanaqa edi?

Qayd etilgan