Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263942 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 ... 270 B


Zamiraxon  21 Mart 2009, 09:29:07

Zubairga savollar:
1. O'zingiz ovqat qilishingizga to'g'ri kelib qolganda qaysi ovqatni qilgansiz?
2. Sizningcha, O'zbekiston taraqqiyoti uchun nima kam?
3. Har bir yosh bola ukol qilishlaridan qo'rqadi. Siz bolaligingizda ukol qilishlariga qarshi turganmisiz? Agar shunday bo'lsa, do'xtir sizni nima deb ko'ndirgan?
4. Hayotingizda eng omadli uch kunni sanab bera olasizmi?

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Mart 2009, 09:29:26

Fatimaga savollar:
1. Eng yaqin do'stingizda qaysi xislatlar bo'lishini xohlaysiz?
2. Joynamoz ustida namoz o'qib turgan paytingizda yig'laganmisiz? Nima sababdan?
3. Siz do'stingiz qaysi xatosini umuman kechira olmaysiz?
4. Issig'ingiz ko'tarilganda termometr ko'rsatgan eng yuqori daraja necha bo'lgan?


Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Mart 2009, 09:29:48

Dilsoraga savollar:
1. Nima deb o'ylaysiz, nima uchn tarixda o'tgan, hozirda yashayotgan juda ko'p mashhur insonlar erkaklar (bo'lishgan)? Siz kelajakdagi avlodlarimiz eslab yuradigan, tarixga nomi yoziladigan mashhur inson bo'lsangiz, qaysi saoha yoki yo'nalishni tanlagan bo'lardingiz?
2. Qaysi hasharotdan qo'rqasiz?
3. Kun tartibiga amal qilasizmi? Inson metin irodaga ega bo'lishi uchun nimalar kerak? Nimalarga amal qilishi kerak?
4. Maktabda olgan eng past bahoingiz necha bo'lgan?

Qayd etilgan


Munavvara  21 Mart 2009, 11:25:23

Dilsoraga savollar:
1. Nima deb o'ylaysiz, nima uchn tarixda o'tgan, hozirda yashayotgan juda ko'p mashhur insonlar erkaklar (bo'lishgan)? Siz kelajakdagi avlodlarimiz eslab yuradigan, tarixga nomi yoziladigan mashhur inson bo'lsangiz, qaysi saoha yoki yo'nalishni tanlagan bo'lardingiz?
2. Qaysi hasharotdan qo'rqasiz?
3. Kun tartibiga amal qilasizmi? Inson metin irodaga ega bo'lishi uchun nimalar kerak? Nimalarga amal qilishi kerak?
4. Maktabda olgan eng past bahoingiz necha bo'lgan?

 :as: Javob:
1. Bilmadim balki ayollar hayo qilib o'z iste'dodlarini xalqga namoyon qilishmagandir...
Agar shunaqa mashhur bo'lib qolsam (bo'lishni hohlamayman aslida) tibbiyot sohasini tanlagan bo'lardim.
2. Suvarakdan  :D aslida qo'rmiman oldimdan o'tib qolsa cho'chib ketaman, sabr qilishi kerar bo'lsa k-k Vallohu a'lam (bu meni fikrim)
3. Kun tartibimni oldindan rejaashtirib qo'ymayman chunki shu ish bo'ladimi yo'qmi buni Alloh biladi, Nafsini tiya bilishi k-k.
4. Maktabda 8-sinfda kimyo fanidan ko'p qiynalardim o'qituvchimiz hayolimizga kelmagan savollarni berib tashlar edi javob bera olmasa 1 qo'yardi kimdur 3 olsa o'sha o'quvchini oldiga borib qanaqa qilib 3 olding deyishardi man bir marta 3 olganman  :3

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Mart 2009, 15:13:36

Javoblaringiz uchun raxmat Dilsora :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Mart 2009, 17:05:49


AbdulAzizga savollar:
1. Ziyouzni "dunyoga keltirish"da kimlar yordam bergan? Qancha vaqt ketgan?
2. Forumimiz rivoji uchun sizningcha eng katta hissa qo'shgan 10ta user kimlar?
3. Kelajakka o'z sohangiz bo'yicha qanaqa rejalar tuzgansiz?
4. Jurnalistikada eng katta ahamiyatli narsa nima?

Zamiraxon, barcha savollarigizni erinmay o'qib chiqdim.
Qiziq-qiziq savollar beribsiz. Ancha tayyorgarlik ko'rganingiz bilinib turibdi.
Mana shunday davom etavering.

Endi javoblarga o'tamiz.

1. Ziyouzning tamal toshlari maktab davrlarida qo'yilgan desam ham bo'ladi. Lekin u paytda komputer, internetni yaxshi bilmas edim. Yoshligimdan turli xil ajoyibu-g'aroyibotlarga qiziqishim bois, dastavval kichik daftarlar, so`ngra kundalik (yejednevnik)larga ma'lumotlar yig`ib yurardim. Unaqa katta daftarlar soni 7 taga yetganda, shu ma'lumotlar asosida bir sayt ochib, birodarlarga, xalqimizga xizmat qilsam, degan fikr tug'ilgan.
2004 yilning 9 aprel kuni ziyouz ilk marta internetga qo'yilgan. O'shanda uning manzili - http://ziyo-uz.land.ru bo'lgan. Dastlab bepul serverga joylangan saytimiz ma'lumotlari osha borgani sayin mustaqil manzilda faoliyat boshlashga ehtiyoj ortaverdi. 2006 yili Shuhrat aka (forumda master)ning ko'magi bilan www.ziyouz.com domainini oldik. Dastavval, http://islom.ziyouz.com ni so'ng asosiy sayti va forumni ham yangi manzilga ko'chirdik. Hozirgi kunga kelib, ma'lumotlar bazasi ancha kengayib, portal holatiga keldi. Aytish mumkinki, www.ziyouz.com ayni paytda o'zbek tilidagi eng yaxshi ma'rifiy-madaniy saytdir.

2. Forum rivoji uchun har bir ishtirokchi o'z hissasini qo'shgan. Agar shu ishtirokchilar, ya'ni sizlar bo'lmaganingizda forum bu holatga yetisha olmas edi. Har bir ishtirokchini eslab o'tishga imkon yo'q. Lekin agar ishtirokchilar nomini alohida keltirib, ular haqida fikr va forumga qo'shgan hissalari haqida so'rasangiz, batafsil gapirib berishim mumkin.
Shunday bo'lsa-da, ba'zi userlarni eslab o'tsam:
Munira xonim. Forumdagi barcha muslima va muslim userlarning sevimli maslahatgo'yi.
Shoir. Eng ko'p post qilgan va ko'p kitob kitoblarning elektron variatini tayyorlashda xolis xizmat qilgan adabiyot muhibi.
Robiya. Nimaniki o'ziga ravo ko'rsa, o'shani forumga ham ravo ko'radigan jonkuyar user.
Musannif Adham. Har bir holatga reallik bilan qarovchi, bizni jahon xabarlaridan boxabar qiluvchi bilimdon user.
Noza. Eng eski uzerlardan biri.
Shoxjahon12. Qariyb 5 yildan beri forum bilan hamnafas bo'gan futbol muhibi. Menimcha ayni paytda ishtirok etayotgan eng eski forumchi.
Y_U_R_I_S_T. Intellekt bo'limining rivoji uchun eng katta hissa qo'shgan bilimdon huquqshunos.
Rukhiya. Pazandalik va Muslima bo'limlarining moderatori. Qo'li gul oshpaz.
Salmoni Forsiy. Tajribali, ilmli, mulohazakor uzer.
Abdulloh. Garchi yosh bo'lsa-da, judayam tirishqoq, ilmga chanqoq user. Qisqa vaqt ichida 10 ga yaqin kitoblarni tayyorlab bergan ukamiz.
Bu ro'yxatni uzoq davom etiirish mumkin. Qiziquvchilar bo'lsa, forum ishtirokchilarini nomma-nom keltirib, fikr so'rashsa, inshaalloh javob beraman.

3. Xolis axborot bilan ta'minlovchi va musulmonlar manfaatini himoya qiluvchi axboriy tashkilot ochish va uni yuristish niyatim bor.

4. Jurnalistikada eng katta ahamiyatli narsa - xolislikdir.

Qayd etilgan


ZUBAIR  21 Mart 2009, 18:28:46

Iqtibos
shoir
Zubayrga savol
Menimcha SAda ta'lim olyapsiz, shekilli. Ta'lim bilan bog'liq qanday qiziqarli voqealar yuz bergan?

Assalamu Alaykum.
Uzr, savolni ko'rmagan ekanman.Yaqin orada bo'lgan qiziq voqeani eslolmayapman. Inshaaloh esimga kelsa yozaman.
O'zbekistonda bo'lgan voqea:
boshqalar uchun uncha kulguli bo'lmasa ham;
Ingliz tilidan ikkita ayol o'qituvchi dars berardi. Ikkalasi ham ochiq-sochiq yuradigan, benamoz ayollar. Bir kuni darsda o'tirganda yer qimirlab qoldi. Bechoralar qo'rqib ketganidan bittasi xato qilib zo'rg'a kalima qaytaryapti. Ikkinchisi "inshollo, inshollo" dan boshqasini bilmaskan. O'sha vaqtda uncha etibor bermaganmanu, keyinchalik eslasam kulgim qistaydi. Ba'zi odamlar boshiga xavf kelganda Xudoni eslab qoladi. Boshqa vaqt...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Mart 2009, 19:08:13

Shoirga savol: Siz har bir userga savol berayotganda userlarni qaysi jihatini e'tiborga olib savol berasiz?

Qayd etilgan


ZUBAIR  21 Mart 2009, 23:38:58

ZUBAIRga savollar:
1. O'zingiz ovqat qilishingizga to'g'ri kelib qolganda qaysi ovqatni qilgansiz?
2. Sizningcha, O'zbekiston taraqqiyoti uchun nima kam?
3. Har bir yosh bola ukol qilishlaridan qo'rqadi. Siz bolaligingizda ukol qilishlariga qarshi turganmisiz? Agar shunday bo'lsa, do'xtir sizni nima deb ko'ndirgan?
4. Hayotingizda eng omadli uch kunni sanab bera olasizmi?


1. Kartoshka, gosht qo'g'irganman
2. Iqtidor
3. Men ukoldan qo'rqmasdim. (1-sinf bosam kerak vallohu a'lam) sinfga ukol uchun doktor kelib, qani kim birinchi deganda men deb chiqqanimni eslayman  :)
4. Eslolmadim. Keyinroq yozaman

PS: SAvol uchun rahmat.

Qayd etilgan


ORIF  22 Mart 2009, 12:20:39


ORIFga savol:
O'zingiz maza qilib suratga tushirgan 3 ta joy va lavha?

Savol uchun tashakkur.
Avvalambor savolingizga kech javob yo`llayotganim uchun uzr. Savolngiz bir oz arxiv va xotiralarni titkilashga majbur qildi.

3 ta joy:
Umuman olganda qayerda tasvirga tushurmaylik hech qachon to`laqonli maza tuyish mushkul. Shunday bo`lsada miriqib suratga tushirgan jarayonlarim talaygina. U vaqtning mancalik maza bo`lgani haqida esa faqat tasvirdan keyin, suratlarning anchalik yaxshi chiqganligiga qarab xulosa chiqara olaman.

2007-yilda, Orol bo`yi "Mo`ynoq"da.
2007-yilgi "Sharq Taronalari" festivalida.


Italiya Politexnika Universiteti rektorining Poytaxtimizga va xalqaro oliy o`zuvyurtlarimizga qilgan tashrifida.

Yana ko`pgina joylarni ham aytib o`tish mumkin.

3 lahza:
Ba'zida hech ham suratga olishni istamay turgan vaqtizda
judayam yaxshi kadrga ko`zingiz tushadi va shosha-pisha kamerani unda to`g`irlaysiz. Ba'zida esa 100lab o`lingan suratlar orasidan bitta, yoki ikkita unutilmas lavhalarga ko`zingiz tushadi.

Men uchun unutilmas lahzalarda biri 2004 yilda "Botanika" oromgohida olingan.
Uni ba'zi joylarda "Ramazon tongi" va ba'zi joylarda "Kuz tongi" deb ataganman.


Bu suratda ham men uchun unutilmas lahza namoyon.
(Mana bu sahifada ham meni ijodimdan foydalanishgan. Lekin na ruhsat so`rashgan va na ismimni yozishgan. http://madaniyat.sport.uz/uzb/festival.htm)

Yana qaysi birini aytishni bilmayapman.

Qayd etilgan