AbdulAzizga savollar:
1. Ziyouzni "dunyoga keltirish"da kimlar yordam bergan? Qancha vaqt ketgan?
2. Forumimiz rivoji uchun sizningcha eng katta hissa qo'shgan 10ta user kimlar?
3. Kelajakka o'z sohangiz bo'yicha qanaqa rejalar tuzgansiz?
4. Jurnalistikada eng katta ahamiyatli narsa nima?
Zamiraxon, barcha savollarigizni erinmay o'qib chiqdim.
Qiziq-qiziq savollar beribsiz. Ancha tayyorgarlik ko'rganingiz bilinib turibdi.
Mana shunday davom etavering.
Endi javoblarga o'tamiz.
1. Ziyouzning tamal toshlari maktab davrlarida qo'yilgan desam ham bo'ladi. Lekin u paytda komputer, internetni yaxshi bilmas edim. Yoshligimdan turli xil ajoyibu-g'aroyibotlarga qiziqishim bois, dastavval kichik daftarlar, so`ngra kundalik (yejednevnik)larga ma'lumotlar yig`ib yurardim. Unaqa katta daftarlar soni 7 taga yetganda, shu ma'lumotlar asosida bir sayt ochib, birodarlarga, xalqimizga xizmat qilsam, degan fikr tug'ilgan.
2004 yilning 9 aprel kuni ziyouz ilk marta internetga qo'yilgan. O'shanda uning manzili -
http://ziyo-uz.land.ru bo'lgan. Dastlab bepul serverga joylangan saytimiz ma'lumotlari osha borgani sayin mustaqil manzilda faoliyat boshlashga ehtiyoj ortaverdi. 2006 yili
Shuhrat aka (forumda
master)ning ko'magi bilan
www.ziyouz.com domainini oldik. Dastavval,
http://islom.ziyouz.com ni so'ng asosiy sayti va forumni ham yangi manzilga ko'chirdik. Hozirgi kunga kelib, ma'lumotlar bazasi ancha kengayib, portal holatiga keldi. Aytish mumkinki,
www.ziyouz.com ayni paytda o'zbek tilidagi eng yaxshi ma'rifiy-madaniy saytdir.
2. Forum rivoji uchun har bir ishtirokchi o'z hissasini qo'shgan. Agar shu ishtirokchilar, ya'ni sizlar bo'lmaganingizda forum bu holatga yetisha olmas edi. Har bir ishtirokchini eslab o'tishga imkon yo'q. Lekin agar ishtirokchilar nomini alohida keltirib, ular haqida fikr va forumga qo'shgan hissalari haqida so'rasangiz, batafsil gapirib berishim mumkin.
Shunday bo'lsa-da, ba'zi userlarni eslab o'tsam:
Munira xonim. Forumdagi barcha muslima va muslim userlarning sevimli maslahatgo'yi.
Shoir. Eng ko'p post qilgan va ko'p kitob kitoblarning elektron variatini tayyorlashda xolis xizmat qilgan adabiyot muhibi.
Robiya. Nimaniki o'ziga ravo ko'rsa, o'shani forumga ham ravo ko'radigan jonkuyar user.
Musannif Adham. Har bir holatga reallik bilan qarovchi, bizni jahon xabarlaridan boxabar qiluvchi bilimdon user.
Noza. Eng eski uzerlardan biri.
Shoxjahon12. Qariyb 5 yildan beri forum bilan hamnafas bo'gan futbol muhibi. Menimcha ayni paytda ishtirok etayotgan eng eski forumchi.
Y_U_R_I_S_T. Intellekt bo'limining rivoji uchun eng katta hissa qo'shgan bilimdon huquqshunos.
Rukhiya. Pazandalik va Muslima bo'limlarining moderatori. Qo'li gul oshpaz.
Salmoni Forsiy. Tajribali, ilmli, mulohazakor uzer.
Abdulloh. Garchi yosh bo'lsa-da, judayam tirishqoq, ilmga chanqoq user. Qisqa vaqt ichida 10 ga yaqin kitoblarni tayyorlab bergan ukamiz.
Bu ro'yxatni uzoq davom etiirish mumkin. Qiziquvchilar bo'lsa, forum ishtirokchilarini nomma-nom keltirib, fikr so'rashsa, inshaalloh javob beraman.
3. Xolis axborot bilan ta'minlovchi va musulmonlar manfaatini himoya qiluvchi axboriy tashkilot ochish va uni yuristish niyatim bor.
4. Jurnalistikada eng katta ahamiyatli narsa - xolislikdir.