Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264476 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 ... 270 B


ORIF  22 Mart 2009, 12:35:58

AbdulAzizga savol:
Aytolmaysizmi shoir nega buncha sersavol?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Mart 2009, 06:58:22

AbdulAzizga savol:
Aytolmaysizmi shoir nega buncha sersavol?

Ko'p o'qigan-da, savollari ichiga sig'maydi.
Menimcha yoshligida ham onasiga rosa ko'p savollar bergan bo'lsa kerak. Xuddi mening kichkina jiyanimdek. Eski albomlarni ko'rayotib, onasidan so'rayotganmish:
- Man qanimanaaaan! Nimaga rasmlarda man yo'qmaaaaan?  : )

Qayd etilgan


shoir  23 Mart 2009, 11:44:14

shoirga savol:

Siz filolog sifatida, xozirgi adabiy tilimizning hvolini qanday baholaysiz? Turli shevalar, xorijiy yot so'zlar, vulgarizm kabilarning qo'shilishi unga qanchalik ta'sir ko'rsatmoqda? Buning oqibati qanday bo'lishi mumkin?

Bu haqda oldin yopzgan ekanman:

Oqibatlari haqida ham qisqacha to'xtalib o'ta olasizmi?

Oqibatlari:
1. Tilimizga putur yetadi.
2. Yoshlarning savodsizligiga sabab bo'ladi.
3. So'zlashuv madaniyatining rivojiga putur ketadi.

Qayd etilgan


shoir  23 Mart 2009, 11:45:13

Shoirga savol:

Sizni hayolingizni o'g'irlagan, kun bo'yi o'ylanishingizga majbur qilgan kitob yoki hadis?

Hazrat Umarning o'limi haqidagi hadis.

Qayd etilgan


shoir  23 Mart 2009, 11:47:29

shoirga savollar:
1. Har birimiz bog'cha yoshlaridanoq o'zimizga qanaqadir kasblar tanlab qo'yamiz. Sizning bolalikdagi tanlagan kasbingiz qanaqa edi?
2. Nima deb o'ylaysiz, nima uchun Lutfiy Navoiyning "Orazin yopg'och" g'azaliga hamma g'azallarini almashtirsa ham arzimaydi, deb aytgan? Uning bu g'azaldagi nima uni bunday deyishga undagan?
3. Maktab davrida faxriy yorliq olganmisiz? Qaysi fandan?
4. Hozirgacha sevib tomosha qiladigan sevimli multfilmingiz qaysi?
5. She'r yozganmisiz? Dastlabki yozgan she'ringiz qanaqa edi?

1. Muallimlik.
2. Yosh bolani xursand qilgan-da :)
3. Ha, ona tili, adabiyotdan.
4. Nu pogodi
5. Ha, yoshligimda yozganim bor.

Qayd etilgan


shoir  23 Mart 2009, 11:48:16

Shoirga savol: Siz har bir userga savol berayotganda userlarni qaysi jihatini e'tiborga olib savol berasiz?

Ularning postlarini o'qib, shunga mos savol berishga harakat qilaman.

Qayd etilgan


Mashhura  23 Mart 2009, 14:17:48

shoirga savollar:
5. She'r yozganmisiz? Dastlabki yozgan she'ringiz qanaqa edi?

5. Ha, yoshligimda yozganim bor.
Hozirchi? Yozmaysizmi? Nima uchun?

Qayd etilgan


Abdullоh  23 Mart 2009, 16:31:59

AbdulAziz, Abdulhafiz, Abdulloh, Chustiyga:

Bolalaikdagi shirin xotiralaringizni o'qib maza qildim. Yana shu holat bilan bog'liq savol paydo bo'ldi:

1. Yoshligingizdagi aynan namoz bilan bog'liq kulgili hodisa bo'lganmi?
2. Siz yoki birodaringiz guvoh bo'lgan, bilmaslik yuzasidan yuz bergan kulgili hodisa yuz berganmi?

Uzr, savolga javob berishni kechiktirdim.

1. O'ylab qarasam yoshligimda oldin aytganim taroveh namozidagi voqea qiziq bo'lsa kerak.

2. Bu voqeani bir amaki aytib bergan edi. (Dinga aloqasi yo'q)

"Bir kuni ikki o'rtoq kichikroq kafeda o'tirgan ekan, biri qo'lida pichoq bilan olmani postlog'idan ajratayotgan ekan. Uning bir xislati, u rus tilini umuman bilmas ekan. Bir payt ularning yoniga ikki rus qiz kelib o'tiribdi. Keyin haligi akamiz sherigidan "Men sizni yaxshi ko'rib qoldim" ruschada qanday bo'ladi deb so'rabdi. U kishi "Ya lyublyu tebya" bo'ladi deb javob beribdi. Ammo olma tozalayotgan birodarimiz uni "Ya ubyu tebya" deb tushunibdi va uni qilzardan biriga aytibdi. Qo'lda pichoq. Qiz qo'rqqanidan dugonasi bilan qochishga tushibdi. Haligi kishi esa orqasidan quvib, hadeb "Ya ubyu tebya" deb baqirarmish"...

Qayd etilgan


Abdullоh  23 Mart 2009, 16:38:06


Abdulloh. Garchi yosh bo'lsa-da, judayam tirishqoq, ilmga chanqoq user. Qisqa vaqt ichida 10 ga yaqin kitoblarni tayyorlab bergan ukamiz.
Bu ro'yxatni uzoq davom etiirish mumkin. Qiziquvchilar bo'lsa, forum ishtirokchilarini nomma-nom keltirib, fikr so'rashsa, inshaalloh javob beraman.

Oz bo'lsa-da xizmatimizga yuksak baho berganingiz uchun sizga katta rahmat. Aslida hali bu ro'yxatga kirishimga hali ancha qovun pishig'i bor. :)

Men bu maqtovingizni o'zimga avans deb qabul qildim. Bundan keyin yanada faol bo'lib, forumning rivojlanishiga qo'limdan kelgan barcha ishlarni qilaman, InshaAlloh!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  23 Mart 2009, 16:40:18

Y_U_R_I_S_Tga savollar:
1. Maktabda o'qib yurgan kezlaringiz kimyo fanidan bilimingiz qanaqa edi?
2. Zakovat klubiga qanday a'zo bo'lgansiz? Kim taklif etgan?
3. Zakovatchilardan kim bilan qalin do'stona munosabatdasiz?
4. Kelajagingiz uchun rajalashtirayotgan eng katta rejangiz?


1. Maktabda barcha fanlarni yaxshi o'qishga harakat qilganman. Kimyoni a'loga bilardim. Formulalarni qo'llagan holda masalalarni yechishni juda yoqtirardim. Xozir qanchalik bilimga egaman, buni aytolmayman.

2. Zakovat efirga uzatilishni boshlagandan muxlislik qilganman. Bironta sonini qoldirmasdan ko’rardim. Bilimdonlarga judayam xavas qilardim. O’zim ham orzu qilganman ishtirok etishni. Bir kuni ekran orqali boshlovchi litseylar o'rtasida musobaqa bo'lishni e'lon qilgandi. Ishtirok tishni xohlagan jamoalarni Milliy Universitetga taklif etganlar. O’shanda Toshkentga o’qishga kelgan edim. Tavakkal dedimu, kursdoshlarimdan bitta jamoa tuzib, aytilgan joyga bordim. Borsam, boshlovchining shaxsan o’zi o’tirib suhbat uyushtirayapti. Shunaqa hayajonlanganmanki"¦ Keyin suhbat qilib ko’rdilar. Undan muvaffaqiyatli o’tdim. Yillar mobaynida tayyorgarlik ko’rib, tinimsiz mehnat qilgandan so’ng, men ham klubning bilimdonig aylandim. Buning uchun Ollohga behisob shukurlar  bo’lsin.

3. Zakovatda bizning jamoamiz eng qalin va inoq jamoalardan hisoblnadi. Bobur Yoqubov, Umid Valiyev, Saidkamol Abdurazzoqov, Zafar Mirzaboyev, Akmalxon Amilov. Biz aka-uklardek bo’lib ketgnmiz. Shaxsan o’zim Bobur Yoqubov bilan ancha erkin suhbatlashaman. O’zimning tug’ishgan akamdan ham yaqinroq. (Chunki hayotda tug’ishgan akam yo’q-da!)

4. Rejalarim ko’p. Ularning katta-kichigi yo’q. Har bir rejam amalgam oshishi uchun birdek harakat qilaman. Ammo eng katta orzuyim haqida aytadigan bo’lsam, bu O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yurist maqomini olib, akademik unvoniga ega bo’lish. Nasib qilsa, shu orzuyim yo’lida mehnat qilaman.

Qayd etilgan