Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264547 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 ... 270 B


Munira xonim  24 Mart 2009, 09:03:00

Munira Xonimga savollar:
1. Biror-bir ishni qilishda iroda yetmasa inson o'zini qanday qilib shu ishga unday olishi mumkin?
2. Maktab davridagi eng qiziq voqea(lar)ni eslay olasizmi?
3. Sumalakni birinchi marta qo'zg'aganingizda qanday niyat qilgansiz? (Sumalakni qo'zg'ovchi kishi niyat qiilishi kerak, degan tushuncha bor xalqimizda, bunga qanday qaraysiz?)
4. Farzand tarbiyasi juda ma'suliyatli, juda yoqimli, maroqli, shu bilan birga jiddiy masala. Siz farzandlaringiz tarbiyasida birinchi navbatda nimaga e'tibor berasiz? Bola tarbiyasida nimalar, qanaqa munosabatlar (bola bilan) salbiy va ijobiy ta'zir ko'rsatishi mumkin?


Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur...

1.Men o'zim bunday holatda nima qilishimni aytib o'ta qolay:"Alloh meni musulmon qilib yaratdi, Iymon va ozgina bo'lsa ham ilm berdi. NAhot, meni kuchim va irodam shu ishga ham yetmaydi? Albatta, yetadi, meni kuchim va irodam bundan qiyin va mushkul ishlarga ham yetadi,InshaAlloh. Menga ALloh birinchi yordamchi va Iymonim meni doim haq yo'lga boshlab turadi, meni irodam yetadi, sabrim ham yetadi", deyman. Odamlar nazarida eng qiyin hisoblangan ishlarga ham shu tarzda osonlik bilan erishganman va bundan keyin ham erishaman,InshaAlloh.

2. Taxminan 6-7sinflarda edik. Fizika darsi.Ustozimiz juda qattiqqo'l, qizlarni ham yigitlarni ham aybi bo'lsa birdek kaltaklaydigan kishi edi. SInf bo'yicha faqat menga qo'l ko'tarmagan, men bunga yo'l ham qo'ymasdim. Navbatadagi darslarni birida, bitta qizni katta-katta qo'llari bilan dars tayorlamagani cuhun ura ketdi. HAmma jim. Oxiri men chiday olmadim, sharta o'rnimdan turdim-da:"Domla, nahtoki qiz bolani ham shunchalik rahmsizlik bilan ursangiz, nima qilibdi dars tayorlamasa? BAribir sizga o'xshagan fizikachi bo'lmaydi u. Agar sizni qizingizni birov shunchalik ursa nima qilgan bo'lardingiz?" dedim. Domla dong qotdi, sinfdoshlarimni hammaisni ko'zi menda. Men hayronman:"Nega menga bunday qarashyapti?" Chunki o'qitivchilarga bunday "isyon"larni ko'p qilganman. Bir vaqt ne ko'z bilan qarayki, domlamiz urgan qiz, o'zini qizi ekan... Shu-shu fizika o'qituvchimiz qizlarga qo'l ko'tarmaydigan bo'lib qolgandi...Qizi esa haqiqatan ham fizikachi bo'lmadi...   :)

3.Sumalakni pishirishda va kovlashda nima niyat qilsangiz amalga oshadi, degan gapga men umuman qarshiman. Bu shirk, sumalak ham ALlohning boshqa taomlarga o'xshab, bizga bergan ne'mati.
Men 12-13 yoshlarimda sumlakni kavlashga kelgandim, o'shanda qo'shnilarimiz, bolasi yo'q keinlar yon'oq tashlab duo qilib, sumalak kovlashgandi. Va sumalakni "Siz"lab gapirishgandi. Men o'shanda ham ularga qarshi chiqqanman. MAhallamiz keksalari meni beodoblikda ayblashgandi. Onamdan ham rossa gap eshitgandim. Men bunda hech qanday niyat qilmagandim, faqat, qanday qilib oddiy bug'doydan bunchalik shirin taom qilinadi, yana 24 soat davomida pishiraladi-ya, deb o'ylagandim.

4.Farzand tarbiyasida, asosan farzandlarimni o'ynaydigan o'rtoqlariga va sinfdoshlaridan qaysilari bilan yaqinligiga ahamiyat beraman. Va yana, tarbiyada eng asosiysi, ota-onaning gapi bir xilda chiiqshi deb o'ylayman. Chunki bir mavzu haqida ota boshqacha ona boshqacha fikr bildirsa, bolaga juda qiyin bo'ladi, chunki otaniki to'g'rimi, onaniki to'g'rimi, ular farqlay olisholmaydi. Shuning uchun, ota gapirgan gapga, agar u to'g'ri bo'lsa labatta, ona qarshilik qilamsligi, onaning gapiga esa ota qarshilik qilmasligi lozim.
Keyin farzandiginzga bir ishni yoki amalni yoki ilmni o'rgatsangiz, bunda  birinchi bo'lib o'zingiz to'g'ri bo'lishingiz kerak. Chunki unga bergan odoblaringizda o'zingiz sobit bo'lmasangiz, bu bolaga sabiy ta'sir qiladi. SIzni yolg'onchi deb o'ylaydi va shunday qilsa bo'larkan, deb u ham sizni izingizdan ketadi. UNga ibrat bo'la olishingiz, har narsada, albatta, bu ijobiy natija beradi,InshaAlloh.

PS:JAvoblarim juda uzayib kedi, uzr...

Qayd etilgan


zuhrahon  24 Mart 2009, 09:42:20

Assalomu  alaykum  Olloh  barchamizni  o'zi  hohlaganidek  tarbiyat  qilsin.
Shoir.Sizga  savol:Hayotda  dildan  ruhan  hursand  bo'lgan  paytiz?Hamda  eng dilizni  ruhizni  tushiradigan  holatiz.va qachon  qay  paytlarda ruhan tushkunlikka  tushgansiz?Savolim  sizni qiynab  qo'ymaydi  degan  umiddaman ;D

Qayd etilgan


Muhyiddin  25 Mart 2009, 17:36:53

Assalomu alaykum!!!

Yaqinda Surhondaryoda safarda bo’lib, o’tgan ulug’ avliyolarni ziyorat qilib qaytdik,
shu bois forumga ham bir muddat kira olmadim.
Kelgunimcha forumimiz ancha jonlanib ketibdi, bundan juda hursand bo’ldim.

Menga quyidagi savol berilgan ekan.

Iqtibos
Insoniy muhabbat qachon ibodatga aylanadi?

Avvalo savol uchun tashakkur!
Unga qisqa va lo’nda javobim shunday:

Insoniy muhabbat qachonki Alloh roziligi yo’lida bo’lsagina u ibodatga aylanishi mumkin!

Biroq savolingizga biroz batafsilroq javob bergim keldi.

As’ad Jo’shon "œTasavvuf va go’zallik" asarlarida ushbu hadisi sharifni keltiradilar: "œJonim qudrati qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, jannatga kira olmaysizlar, toki mo’min bo’lmaguncha, mo’min bo’la olmaysizlar, toki bir-birlaringizni sevmaguncha!
...Ana shu asnoda, ana shu ma’noda sevmoq ham bir ibodatdir. Ammo juda muhim bir ibodat va jannatga kirmoq sababidir...

Bundan tashqari, hazrat o’zlarining "œHaqiqiy sevgi" risolalarida shunday deydilar:
Madinada Payg’ambar janobimizning masjidiga borib, bir hafta-sakkiz kun o’sha yerda qolsak, 40 vaqt namozni unda o’qidim, deb ko’p sevinamiz. Buni qila olmagan birodarlarimiz o’kinadilar. Bir yil u yerda e’tikof o’tirmoq naqadar savobli!
Lekin musulmonning bir musulmon birodariga shavq bilan nazar qilmog’i undan ham yaxshiroqdir...

Endi tasavvur qiling!
O’sha birodaringiz - "œu", ya’ni jufti halolingiz bo’lsa!..
Qarshingizda Allohning mo’jizasi — "œnasibangiz" turibdi!.. Qaysiki, sizni shoh oz’ini malika sanaydigan, siz uchungina eng chiroyli liboslar kiyadigan, eng shirin va muloyim so’zlarni so’zlaydigan (nomahramlar bilan ular tama’ qilib qolmasliklari uchun samimiy, to’g’ri muomala qiladigan"¦ Azhob 32-33), sizni ishga ochiq chehra bilan kuzatib, ishdan qaytganingizda xush kayfiyat bilan kutib oladigan va siz uchun eng laziz taomlarni tayyorlaydigan..., ko’rganda ko’zingiz quvonadigan malak!..
U atrofingizda girdi-kapalak, elib-yugirib xizmatingizni qilayotir, u bo’lajak yoki bor jajji farzanlaringizning onasi, qisqasi u har on yoningizda"¦
Unga muhabbat bilan boqasiz"¦ Har boqqaningizda Alloh sizga shunday soliha zavja - go’zal fazilatli yor nasib etganidan quvonib (shukr qilib) yashasangiz va har boqqaningizda (u ham sizga boqqanida) qat-qat savob ham olib tursangiz, gunohlaringiz barmoqlaringiz orasidan tinmay to’kilib tursa... Siz ham unga "œSizlarning eng yaxshilaringiz o’z ahli ayoliga yaxshi muomalada bo’lganingiz "¦" hadisiga muvofiq chiroyli muomalada bo’lsangiz"¦ A, bu Yaratganning sizga ato etgan bebaho ne’mati emasmi?!

Bir ulug’ zot, biz o’sha ko’p o’qiydigan: "œRobbana atin afid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar..." duosini shunday sharhlagan ekanlar:
Dunyoning yaxshiligi ham, oxiratning yaxshiligi ham, do’zaxdan omon qolib, jannatga kirmoqning sababi ham SOLIHA XOTIN sababidan bo’ladi"¦

Darhaqiqat, Allohning lutfi marhamati bilan, bunday juft tufayli har qanday insonning oilasi tinch va ro’zg’ori ajib bir gulistonga aylanishiga shubhasiz ishonaman!..

Barchangizga oruzuingizdagidek go'zal baxt nasib etishini tilayman! :)


Qayd etilgan


The Best  26 Mart 2009, 08:44:25

Uzr-ku lekin 1 sovol bermoqchidim, shu sovolimga jovob kutib qolaman.
S: "Inson" bilan "Odam" so'zlari ma'nosida qanaqa farq bor  :?:

Qayd etilgan


shoir  26 Mart 2009, 11:23:26

Uzr-ku lekin 1 sovol bermoqchidim, shu sovolimga jovob kutib qolaman.
S: "Inson" bilan "Odam" so'zlari ma'nosida qanaqa farq bor  :?:

Odam - ya'ni Odam Ato, birinchi inson. Hamma insonlarning otasi. Biz Odam avlodi ekanligimiz uchun ham odam deb atalamiz.
Inson - ba'zi ma'nolari "unutuvchi" bo'lgan xilqat.

Qayd etilgan


shoir  26 Mart 2009, 11:24:38

shoirga savollar:
5. She'r yozganmisiz? Dastlabki yozgan she'ringiz qanaqa edi?

5. Ha, yoshligimda yozganim bor.
Hozirchi? Yozmaysizmi? Nima uchun?

Hozir yozmayman. Ilhomjon qochib ketganlar.

Qayd etilgan


shoir  26 Mart 2009, 11:27:23

Assalomu  alaykum  Olloh  barchamizni  o'zi  hohlaganidek  tarbiyat  qilsin.
Shoir.Sizga  savol:Hayotda  dildan  ruhan  hursand  bo'lgan  paytiz?Hamda  eng dilizni  ruhizni  tushiradigan  holatiz.va qachon  qay  paytlarda ruhan tushkunlikka  tushgansiz?Savolim  sizni qiynab  qo'ymaydi  degan  umiddaman ;D

Va alaykum assalom!
1. Har doim namoz o'qisam, onamni ziyorat qilsam, dildan ruhan xursand bo'laman.
2. Kimnidir dilini og'ritib qo'ysam, ruhan ezilaman.
3. Tan olaman, dunyo uchun ko'p siqilganman. Ba'zida o'zini do'stman deb yurgan munofiqlarning qilmishlaridan ham ruhiy tushkunlikka tushgan paytlarim bo'lgan.

Qayd etilgan


shoir  26 Mart 2009, 11:38:56

Javob berilmagan savollar:

Zamiraxonga:
Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?

Chustiyga:
Bolalaikdagi shirin xotiralaringizni o'qib maza qildim. Yana shu holat bilan bog'liq savol paydo bo'ldi:
1. Yoshligingizdagi aynan namoz bilan bog'liq kulgili hodisa bo'lganmi?
2. Siz yoki birodaringiz guvoh bo'lgan, bilmaslik yuzasidan yuz bergan kulgili hodisa yuz berganmi?


YURIST bergan savol:

Ulugbek-Uzga:

Sport ixlosmandi sifatida sizga savol. Aytingchi, yurtimizdagi yoshlar sportining o'sish darajasini qanday baholaysiz? O'zi umuman sportning inson hayotidagi o'rni qanday?


Zamiraxon  bergan savollar:

Fatimaga savollar:

1. Eng yaqin do'stingizda qaysi xislatlar bo'lishini xohlaysiz?
2. Joynamoz ustida namoz o'qib turgan paytingizda yig'laganmisiz? Nima sababdan?
3. Siz do'stingiz qaysi xatosini umuman kechira olmaysiz?
4. Issig'ingiz ko'tarilganda termometr ko'rsatgan eng yuqori daraja necha bo'lgan?

Qayd etilgan


shoir  26 Mart 2009, 11:43:35

ORIFga savol

1. Siz photo olishni orzu qilgan 3 ta shahardagi biron joy (Masalan, Big Ben yoki Ozodlik haykali, shunga o'xshash)
2. Siz hali olmagan va orzu qilgan 3 ta manzara?

Qayd etilgan


shoir  26 Mart 2009, 12:01:22

Siddiqa, G_u_l_li, Muhseena, Muslimaa, Mutaallimaga savol:

1. Siz sevgan O'zbekistondagi 3 ta shahar? Nima uchun siz bu shahrlarga mehr qo'ygnasiz?
2. Siz sevgan jahondagi 3 ta shahar (Makka, Madina, Quddusdan tashqari)? Nima uchun bu shahrlarni yoqtirasiz?

Qayd etilgan