Javob berilmagan savollar:
Chustiyga:
Bolalaikdagi shirin xotiralaringizni o'qib maza qildim. Yana shu holat bilan bog'liq savol paydo bo'ldi:
1. Yoshligingizdagi aynan namoz bilan bog'liq kulgili hodisa bo'lganmi?
2. Siz yoki birodaringiz guvoh bo'lgan, bilmaslik yuzasidan yuz bergan kulgili hodisa yuz berganmi?
1. Bo'lmagan deya olmayman, ammo bo'lganini ham ovoza qila olmayman, chunki aslida ibodatda yig'lash lozim, kulish esa munofiqlik, masiyat va musiybat bo'lgani uchun, masiyatni ovoza qilgani uchun kishi yana guhokor bo'ladi.
O’tgan gunohini kimgadir aytib, ovoza qilish yoki gunohni kimningdir guvohligida oshkora sodir etish ham kichik gunohni katta gunohga aylantiruvchi sabablardandir. Chunki, bu ish gunohni yopuvchi Zotga qarshi jinoyat va gunohga guvoh bo‘lgan yoki gunohni eshitgan kishini yomonlikka undovchi harakatdir. Demak, bitta gunohga bu ikkita jinoyat qo‘shilib, jinoyatlar soni ortadi. Agar bunga "boshqalarni ham o‘sha gunohga targ‘ib qilish, shunday gunoh qilishlari uchun imkon tug‘dirish" jinoyatini ham qo‘shsa, jinoyatlar to‘rtta bo‘lib, yuk yanada og‘irlashadi. Xabarda keladi:
"Barcha kishining gunohi afv etiladi, illo, ushbu kishining gunohi kechirilmaydi: u kechasi gunoh sodir etdi. Alloh uning gunohini berkitdi, gunohiga parda yopdi. Ertalab u Alloh yopgan pardani ochdi — gunohini gapirib, barchaga ovoza etdi" (Muttafaqun alayh).
Gunohni yopuvchi Allohdir. Allohning bu sifati bandalariga fazl va ne’mat bo‘lib, mehribon va rahmli Zot shu sifati bilan bandalarining chiroyli amallarini zohir qiladi, xunuk amallarini yashiradi. Shunday ekan, Allohning yashirganini bandaning oshkor qilishi - ne’matga kufr keltirishdan boshqa narsa emas.
O’tganlardan biri: "Gunoh qilma! Agar qilib qo‘ysang, loaqal, boshqani unga targib etma! Aks holda, ikkita gunoh sodir etgan bo‘lasan", degan ekan. Alloh taolo deydi:
الْمُنَافِقُونَ وَالْمُنَافِقَاتُ بَعْضُهُمْ مِنْ بَعْضٍ يَأْمُرُونَ بِالْمُنْكَرِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمَعْرُوفِ
"Munofiq erkaklar va munofiq ayollar bir-birlaridandir. Ular yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan to‘xtatadilar" (Tavba surasi, 67).IHYOU ULUMID-DIN (Tavba kitobi). Imom G'azzoliy
Shuning uchun uzrimizni qabul aylagaysiz.
2. Bu savolingizga kelsak, uzoqa borib o'tirmaymiz, bugungi holatni aytaman
Jumadan qaytib yaxshi niyatlar ila biroz dam olaman deb endi mizg'igandim, qishi bilan ana "katok" kon'ki uchishga boramiz, mana boramiz deb shu bugun, boramizga tushib qolishdi, hullas do'stlar bilan bordik, yosh zumrashalar mana bunday qilib uchib yurishibti:
Biz esa 2-3 marta yaxshilab dumaladik,
chunki uchishni bilmasdik, birinchi marta borishimiz edi, bir birmizga qarab kulaveramiz, kulaveramiz
hullas, bir necha martalik dumalashlardan so'ng va nihoyat uchishni o'rgandik
videosini ko'rsangiz voobshem qotib qolasiz