Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265123 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 ... 270 B


shoir  30 Mart 2009, 11:15:23

Muslimaa, Dilsora, Muhseena, Siddiqa, G_u_l_iga:
1. Siz yoqtirgan 3 ta erkaklar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
2. Siz yoqtirgan 3 ta ayollar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 11:19:10

Munira xonim, Imlaahga:
1. Jamiyat hayotida yuz berayotgan va ayni paytda sizni tashvishga solayotgan erkaklarning 3 ta muammosi? Nima uchun sizni tashvishga solmoqda?
2. Jamiyat hayotida yuz berayotgan va ayni paytda sizni tashvishga solayotgan ayollarning 3 ta muammosi? Nima uchun sizni tashvishga solmoqda?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  30 Mart 2009, 11:26:51


Akbar, Rais, Usmon, YURIST, Jasonnur, Ikbaljohn, Shoxjahon12ga:
1. Siz hurmat qilgan 3 ta o'zbekistonlik sportchi? Nima uchun hurmat qilasiz.
2. Siz havas qilgan 3 ta ajnabiy sportchi. Xavasingiz sababi?

1. Mirjalol Qosimov. (No comment)
2. Odil Ahmedov (Insoniyligi yoqadi)
3. Artur Taymazov ("Yashavor, Vasiliy" degim keladi... Ishlariga omad)
4. Ruslan Chagayev (Haqiqiy Alpomish avlodi, shovvoz)
5. Rustam Qosimjonov (O'zbeklar aql-zakovatining ramzi)

Yana ko'p davom ettirsa bo'ladi, ro'yxatni....

1. Maykl Jordan (Tirik afsona atamasiga loyiq tushadi. Qanotsiz uchadi-ya! Qoyil-ey.)
2. Maykl Feleps (Jabrasiz suzadi-ya! Odam amfibiyadan farqi yo'q!)
3. Zayniddin Zidan (U o'zbek-da!)
4. Garri Kasparov (Kompyuterni yutib, inson o'i yaratgan kompyuterdan o'zi ustunligi isbotladi)
5. Maradona (Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi.)

Bu ro'yxatni ham juda ko'p davom ettirish mumkin.

Qayd etilgan


Munavvara  30 Mart 2009, 12:22:23

Dilsoraga:
1. Siz yoqtirgan 3 ta erkaklar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
2. Siz yoqtirgan 3 ta ayollar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?

 :as: Savol uchun tashakkur :)
Javob:
1. Abdulloh, Muslim, Mustafo
2. Oisha, Muhsina, Omina

Erkaklarni ismlaridan aslida judayam ko'p ismlar yoqadi lekin eng yoqadigani shular :)  Mustafo  suyukli Payg'ambarimiz  Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ismlaridan biri  judayam yoqadi shu ism, Abdulloh otalarining ismlari Allohning quli degan ma'noni bildiradi, Muslim mani eng eng sevimli ismim.
Qizladan Oisha ismi yoqadi Oisha onamizni ismlari bo'lgani u-n,qolganini o'zilar ham bilselar k-k qadimdagi taqvodor sahobiya ayollarni ismlari :) ularga o'xshash judayam hohliman :)

Qayd etilgan


Usmon  30 Mart 2009, 16:46:01

Akbar, Rais, Usmon, YURIST, Jasonnur, Ikbaljohn, Shoxjahon12ga:
1. Siz hurmat qilgan 3 ta o'zbekistonlik sportchi? Nima uchun hurmat qilasiz.
2. Siz havas qilgan 3 ta ajnabiy sportchi. Xavasingiz sababi?
1.
1) Mirjalol Qosimov (O'zbek futbolining eng yorqin namoyandasi, tirik afsona)
2) Rustam Qosimjonov (yosh bo'lishiga qaramay, jahon chempioni)
3) Artur Grigoryan (Boksdagi Mirjalol, faqat titullari ko'p :))
norasmiy bo'lsa ham 4) Barcha eshkak eshuvchilar (har doim kuchlilar safida)

2.
1) Roberto Carlos (afsonaviy chap qanot himoyachisi kamtarligi, insoniyligi uchun)
2) Zidane (Jahonni, Yevropani titratgan "sehrgar" musulmon bo'lgani, og'ir-bosiqligi (Materazziga uzr :)), insoniyligi uchun)
3) Ribery (Zidanning o'rinbosari musulmonligi, Zidanni hurmat qilgani uchun)
yana bitta norasmiy vakil - bu ham futboldan - 4) Paolo Di Canio - fair play, insoniylik uchun (esingizda bo'lsa Angliya chempionati o'yinlaridan birida bo'sh turgan darvozaga to'pni kiritish o'rniga jarohat olgan darvozabonga yordam ko'rsatgandi)

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 18:24:47

Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuning arxivi kamtarona tuzildi:
Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)

Unda xuddi intervyulardagidek, userlarga berilgan savollar va javoblar ketma-ketligi keltirildi:
AbdulAzizga berilgan savollarga javoblar
Miunira xonimga berilgan savollarga javoblar
Diydor opaga berilgan savollarga javoblar
Muslimaga berilgan savollarga javoblar
Mutaallimahga berilgan savollarga javoblar
Ikbaljohnga berilgan savollarga javoblar
Nozaga berilgan savollarga javoblar
Salmon Forsiyga berilgan savollarga javoblar
Shoxjahon12ga berilgan savollarga javoblar
Rukhiyaga berilgan savollarga javoblar
Y_U_R_I_S_Tga berilgan savollarga javoblar
AbdulAzizga berilgan savollarga javoblar
Abdullohga berilgan savollarga javoblar
Zamiraxonga berilgan savollarga javoblar
Muhseenaga berilgan savollarga javoblar
Siddiqaga berilgan savollarga javoblar
G_u_l_iga berilgan savollarga javoblar
Imlaahga berilgan savollarga javoblar
Alchemistga berilgan savollarga javoblar
Ulugbek-Uzga berilgan savollarga javoblar
Chustiyga berilgan savollarga javoblar
Usmonga berilgan savollarga javoblar
Mashhuraga berilgan savollarga javoblar
ORIFga berilgan savollarga javoblar
Muslimaaga berilgan savollarga javoblar
Uzmusga berilgan savollarga javoblar
Fatimaga berilgan savollarga javoblar
Abdulhafizga berilgan savollarga javoblar
Huseynga berilgan savollarga javoblar
Foniyga berilgan savollarga javoblar

Barcha javob bergan birodarlardan Alloh rozi bo'lsin!

PS. Men ancha paytgacha kamnamo bo'lib turishim mumkin. Shunga ushbu mavzu davraboshiligini vaqtinchalik jurnalist AbdulAzizga topshiraman.

Qayd etilgan


Muhseena  30 Mart 2009, 20:39:47

Muslimaa, Dilsora, Muhseena, Siddiqa, G_u_l_iga:
1. Siz yoqtirgan 3 ta erkaklar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
2. Siz yoqtirgan 3 ta ayollar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
:as:
Savol uchun rahmat!
Qalbimga xush kelgan ismlar :
Hadicha- (r.a) Payg’ambar s.a.v. mehribon,oqila zavjalarining ismi."Mo’minlarning onasi" nomiga musharraf bo’ldilar.Ular haqida birinchi marta Ahmad Lutfi Qozonchining "œSaodat asri qissalari" kitobidan bilganman:
Имон келтирганлар сгона сафга тизилган кунда снг олдинда, ҳеч ким сгаллай олмайдиган биринчи сринда бир кишигина туради... Бу мақому мартабага Макканинг мушрикларига хам
сзини «Тоҳира — Локиза аёл» дес танитиш шарафига мусссар бслган, жаннатга кирадиган аёларнинг султони, буюк Хадича — «Хадичатул Кубро розийаллоҳу таоло анҳо» ҳазратлари мушарраф бслажак...
Har birimizga ulardagi qalbi poklik,itoat va shijoat  nasib qilsin..Amiin.
Muhsina-(infoq-ehson degan ma’noda ham qo’llaniladi)-qo’li ochiq,xayr-u saxovatli deganidir.
Alloh taolo Baqara surasi 272-oyatda "œ"¦Qilgan har bir xayr-ehsoningiz (savobi) sizlarga adolatsizlik qilinmagan holda mukammal qaytarilur".
Saba’ surasining 39-oyatida:"..Biror narsani (muhtojlarga xolis) ehson qilsangiz,bas,(Alloh) uning o’rnini to’ldirur.U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir."-degan.
  Nodira-chunki bu mani haqiqiy ismim  :D.

Erkaklarning ismlaridan:
Abdurahmon-ismi yoqadi. Allohning Ar-Rohman sifati barcha yaratgan mahluqlarini,mo’minlarni,kofirlarni yediruvchi,ichiruvchi,ularga marhamat etuvchi o’ta mehribon zot.-degan ma’noni anglatadi.Ya’ni u hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaydi,barchani rizqlantiradi va marhamat qiladi.                                       
Hasan va Husayn ismini yoqtiraman,chunki shunday ismli shirin jiyanlarim bor.
Hasan-yaxshi va chiroyli degan ma’noda qo’llaniladi.
Husayn esa o’sha yaxshi va chiroylining kichigi deganidir  ;).

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Mart 2009, 22:37:29

AbdulAzizga:
1. Sizga yoqqan 3 ta o'zbek filmidagi 3 ta zo'r iqtibosni keltira olasizmi?

1. - Shuncha ish, shuncha sayohat... 50 tadan olmasak bo'lmasakan, opoqi.
- manga 20 tayam yetadi.
- Qani, oldik.
- Xudoni o'zi kechirsin, baniyat shifo (!)
- So'raganni aybi yo'q, Mastura Rahbarovna. Namoz ham o'qib turasizmi?
- Yana 20 ta quy-chi... Namoz o'qishga vaqtim yo'q. Lekin hajga ikki marta borib kelganman.

* * *

- Oka, eting, dushmanizi eting, bir yilga pravasini reshat qiptashiyman.
- Iyi... Siz gaishnikmisiz?
- Ha.
- Unda nimaga bozorda pasport tekshirib yuribsiz?
- Uchaskovoy bor-u, hasharga etuvdi. Qarashib yurudim.
("Po'sht arava" filmidan)

2. - Bugungi san'at eng katta biznes. Ravshanoy katta sahnaga chiqishi kerakmi? Kerak! Konsertlarga chiqshi kerakmi? Kerak! Kim uni bepul chiqaradi? Puli bo'lmasa nima qilsin? Sen chiqarsang -seniki, men chiqarsam - meniki! Uniyam tushunish kerak.
Sotiboldiyev uni albatta televizorga chiqaradi. Keyin... biror kecha birga yotadi. Balki yotishga ham ulgurmas. Bundan kattarog'i ilib ketadi. Agar omadi yurishib ketsa Ravshanoy bironta prokurorga ikkinchi yo uchinchi xotin bo'ladi. Tushunaman, chiroyli qiz. Sotiboldiyevga xayf.
Gapni rosti Ravshanoy sanga to'g'ri kelmaydi, Polvon. Bir umr qo'riqlab, nosqovoqday belingga tugib yurolmaysan-ku! G'ijjagini sindirsan ko'ngli og'riydi. Sindirmasang, duch kelganga o'ptirishga majbur...
("Dev bilan pakana" filmidan)

3. "Erkaklar yo'q joyda ayollar erkakka aylanadi"
("Chayongul" filmidan)

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Mart 2009, 22:48:27

AbdulAzizga:
2. Sizga yoqqan 3 ta jahon filmidagi 3 ta zo'r iqtibosni keltira olasizmi?

1. Sen bilan ilk bor namoz o'qiganimda ilgari hech qachon tuymagan holatdan qalbim yumshab, to'yib-to'yib yig'ladim. Ammo keyingi namozlarimda bu tuyg'uni topa olmay qoldim. Nimadir yetishmayotgandek bo'ladi. Ammo nima?... Ishoning Oyisha, o'sha birinchi sajdadagi ilohiy halovat tuyg'usini yana topish uchun kerak bo'lsa butun umrimni namoz bilan o'tkazishga tayyorman.

* * *

Yosh qizcha:
- Dada, nega biz yakshanba kunlari cherkovga borib ibodat qilmaymiz?
Ota:
- Biz musulmonmiz-ku, qizim. Biz masjidga boramiz. Cherkovga nasroniylar boradi.
Yosh qizcha:
- Unda nega masjidga bormaymiz?...
Ota:
- Nega bormas ekanmiz, boramiz. Sen hali yoshsan. Men pensiyaga chiqib olay, keyin ikkalamiz birga boramiz...
("Daniyalik kelin" (Turkiya) filmidan)

2. Jin Tay nimaga sen istalgan xavfli vazifani bo'yningga olaverasan. Medallar uchunmi-a? Meni uyga jo'natib yuborish uchunmi? Nima qilayapsan? Mendan o'q o'tmaydi deb o'ylayapsanmi? Har bir soniyada bu yerda kimdir o'lyapti. Sen jinni bo'ldingmi? Medal olishni hohlayapsanmi? Men seni o'limga ro'baro' qilib, ketaveradi deb o'ylayapsanmi? Sen haqingda onamga nima deb aytishimni tasavvur qilayapsanmi? Biz doim birga bo'lishimiz kerak: o'lim yoki hayot! Medalning nima keragi bor, agar shu medal ortida insonlar o‘limi tursa!"
("38 parallel" (Janubiy Koreya) filmidan)

3. Leyla, agar sen o'z joningga qasd qilsang, Allohga osiylik qilgan bo'lasan. Avvalo o'z jonimga qasd qilib yaxshilik qilayapman deb o'ylaysan, lekin buning oqibatida necha-necha gunohsiz insonlar ham qurbon bo'ladi. Bombani portlatganingda necha odam aziyat chekishini bilasanmi? Buni hech kim bilmaydi. Shunday ekan, bilginki, begunoh odamlarni o'ldirish jami insoniyat joniga qasd qilish bilan barobardir. Musulmonlarning aqliga shunday buzg'unchi fikrlarni kiritayotganlar o'z joniga qasd qilishni ham o'rgatadilar. Bu katta gunoh, qizim va u shaytonning sha'ridir. Men sening holatingni tushunib turibman. Lekin sening o'z joningga qasd qilishga ham tayyor turib, dunyo ahli "barcha musulmonlar terroristdir" deyishiga sabab bo'layotgan ishni qilmoqchi bo'layotganingga achinyapman. Alloh bizga yordam bermayapti deb o'ylama, qizim. Bizning hozirgi, vaqtinchalik chorasizligimiz va kuchsizligimi payg'ambarimiz SAV tomonidan bashorat qilingandir. Biz birlashishimiz uchun ham aziyat chekishimiz kerak. Har bir o'z joniga qasd qilish esa chorasizlik va kuchsizligimizni orttiradi. Aynan shuning uchun ham dushmanlarimiz shunday holatlarning ko'p bo'lishini xohlaydilar. Ular bu narsalarni ataylab o'zlari tashkil etadilar. Bizning yagona choramiz shudir: Alloh buyurganlariga labbay deyish. Biz Allohga duo qilishimiz kerak. Shundagina hotirjamlik bo'lamiz.
("Qashqirlar vodiysi: Iroq" (Turkiya) filmidan)

Qayd etilgan


Rais  30 Mart 2009, 23:19:11

1) Ruslan Chagaev, Artur Taymazov, Lina Cheryazeva

2) Zidan (raqibiga so'kingani uchun kalla qo'ydi!!!), Oliver Kan, Mayk Tayson

Qayd etilgan