AbdulAziz, Abdulloh, Abdulhafizga:
1. Siz sevib o'qigan badiiy 3 ta asardagi 3 ta zo'r iqtibosni keltira olasizmi?
2. Siz sevib o'qigan 3 ta jahon adabiyotidan 3 ta zo'r iqtibos yoki baytni keltira olasizmi?
Assalamu alaykum. Javob berishni kechiktirganim uchun uzr. Buiong o'ziga yarasha sabablari bor.
1-savolingizga javoblarim:1. O’tkir Hoshimovning
"œDunyoning ishlari" qissasidan.
ILTIJO
Oyi, men keldim... Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim...
Qarang, oyi tag‘in ko‘klam kirdi. Esingizdami, har yili bahor kirishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, ko‘m-ko‘k maysalarni ko‘rib quvonardingiz. Esingizdami, nevaralaringiz terib kelgan boychechaklarni ko‘zingizga surtib, «omonliq-somonliq» qilardingiz...
Bugun... o‘zingizning ustingizdan boychechak o‘sib chiqibdi... Yo‘q, yo‘q, oyijon... Yig‘layotganim yo‘q. Bilaman, men yig‘lasam, siz bezovta bo‘lasiz. Hozir... hozir o‘tib ketadi. Mana, bo‘ldi...
Ertalab-chi, oyi, yomg‘ir yog‘di. Qattiq yomg‘ir yog‘di. Siz bahor yomg‘irini yaxshi ko‘rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi... Esingizdami, siz menga oftob to‘g‘risida cho‘pchak aytib bergan edingiz. O‘sha oftob charaqlab yotibdi... Ko‘ryapsizmi...
Esingizdami, oyi, siz ukamga alla aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo‘lib uxlab qolardim. O‘sha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman.
Nima qilay, oyi, men alla aytishni bilmayman. Qabringizni silab qo‘ysam orom olasizmi...
Mana, oyijon, mana... Yo‘q, yo‘q, yig‘layotganim yo‘q. Hozir, hozir o‘tib ketadi. Esingizdami, oyi, siz bir marta, atigi bir marta, o‘shandayam hazillashib: «Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o‘g‘lim», degandingiz. Men: «Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?» degan edim. Xafa bo‘lmang, men hazillashgan edim. Mana, o‘sha kitob. Yo‘q, uni men yozganim yo‘q. Uni siz yozgansiz. Men uni qog‘ozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o‘qishini xohlayman. Bilaman, dunyodagi
hamma onalar yaxshi. Shundoq bo‘lsayam, ularning hammasi Sizga o‘xshashini xohlayman...
2. Tohir Malikning
"Iymonlashish umidi" kitobidan.
O’zgaga jahannam "œgullari" nasib bo’lishini istayotgan odam buning o’rniga o’zi uchun jannat rohatini tilagani afzal emasmikin? O’zganing jahannam o’tida kuymog’i uning duosi bilan bo’lmaganidek, o’zining jannat bog’larida sayr qilishi yaxshi niyat va amallari bilan ekanligini bilishi ham bir baxtdir.
3. Hayrulla hamidovning
"Mehribone topmadim" qissasidan.
Dunyo shunaqa ekan, hamma bilishi shart bo’lmagan haqiqatlar bor ekan. Ular shu kecha-kunduzda oshkor bo’lmasa ham, kun kelib kattaroq auditoriya oldida fosh etiladi. Shuning uchun ham musibat holida ko’p kuyinmang. "Mehribone topmadim" deb hazrat Navoiy umuman boshqa ma’noda aytgan edilar:
Mehr ko’p ko’rguzdim, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
To'g'risini aytsam, ikkinchi savolingizga javob bera olmayman. Chunki jahon adabiyotidan unchalik ham ko'p kitob o'qimaganman.