Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264706 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 ... 270 B


imlaah  03 Aprel 2009, 19:19:05

Zubayir, Abdulloh ,ga:

Sizlar hali talabasizlar.Aytingchi kom va int olamida yahshi va yomon ishlar juda ko'p. Shunday ekan kom va intga sarflayotgan vaqtlaringiz sizlarni o'qishdan va yana hayotda biror kasbni ushlashdan to'smaydimi? Ota onalaringiz int olamida qanday ishlar bilan band ekanligingizni kuzatadilarmi?

Qayd etilgan


imlaah  03 Aprel 2009, 19:21:52

Savollarim kimnidir ranjitsa rozi bo'linglar va ochiq aytib qo'yinglar.Bu savollar bugun hayotimizda juda muhim voqealarga aylanib borayotgani uchun so'rab bishiga qaror qilganim uchun aybdor qilmaysizlar deb umid qilaman.Barchangizdan Allah rozi bo'lsin .

Qayd etilgan


imlaah  03 Aprel 2009, 19:31:27

Forumdagi barcha turmush qurish yoshida bo'lgan forumchilar diqqatiga:

Int orqali biror insonni "yoqtirib" qoldingiz.Bu haqida ota onangizga ayta olasizlarmi? Turmush qurishdan avval juftingizni qaysi sifatlar bilan tasavvur qilasiz? Va siz o'zga insondan kutayotganingiz bu sifatlar o'zingizda bor deb o'ylaysizmi?

Qayd etilgan


Muhseena  03 Aprel 2009, 21:23:16

Muslimaa ,NOZA, Muhseena ga :
Chet elda o'qiydigan yoki  ishlab yashaydigan hayotingizda umuman ko'rmagan bir yigit sizni int orqali forumlarda yoki umuman ba'zi manbaalardagi fikrlaringizga tayanib sizni "yoqtirib qoldim menga turmushga chiqing" deb aytsa bu taklifni qanday qabul qilasiz?
:as: Imlaah opa,savolingiz uchun tashakkur,mani ancha o'ylantirib qo'ydi.Avvalo oila qurish bu jiddiy qaraladigan masala.Shuning uchun bunday taklifni bir o'zim hal qilolmayman.Bundan tashqari aniq bilamanki ota-onam chet davlatda yashovchi insonga turmushga bermaydilar,chunki bunday takliflar oldin ham bo'lgan edi.Ya'ni net. orqali emas ayrim yaqin tanishlardan shunday taklif tushganda otam avvalo yigitning odob-axloqi,jamiyatdagi o'rnini hisobga olib rozi bo'lmoqchi bo'lganda,onam tamoman rad etganlar.Chunki  oilada qandaydir nizo chiqib qolsa,hech kim yordam berolmaydi u yerda-degandilar.Shuning uchun har qanday chet davlatda yashayotgan insonga o'ylamasdan raddiya bildiraman.Uning qalbi qanchalik go'zal bo'lishidan qat'iy nazar.
Umuman olganda ertaga nima   bo'lishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi,shunday ekan man har doim turmush borasida  Allohdan eng xayrlisini so'rab qolaman va o'ziga tavakkul qilaman.Duo qilib qolamanki barcha muslima qizlarga iymoni butun,qalbi va fitrati toza inson nasib qilsin!

Qayd etilgan


ZUBAIR  03 Aprel 2009, 22:17:05

Zubayir, Abdulloh ,ga:

Sizlar hali talabasizlar.Aytingchi kom va int olamida yahshi va yomon ishlar juda ko'p. Shunday ekan kom va intga sarflayotgan vaqtlaringiz sizlarni o'qishdan va yana hayotda biror kasbni ushlashdan to'smaydimi? Ota onalaringiz int olamida qanday ishlar bilan band ekanligingizni kuzatadilarmi?

Assalamu Alaykum Va Rohmatulloh
Savol uchun tashakkur. Men i-netga asosan birnima o'rganish uchu kiraman (xoh diniy, xoh dunyoviy) Albatta darslarimni tayyorlab bo'lganimdan keyin. I-netga kirgan vaqtimda ota-onamni nazoratida bo'laman. Maqtanishmasu, lekin hali i-netga bo'g'liq biror ishim uchun ota-onamdan gap eshitganimni eslolmayman ) . 

Qayd etilgan


Musannif Adham  04 Aprel 2009, 00:08:52

Umar ibn Abdulaziz,Chustiy,Musannif Adhamga:

Bilishimcha sizlar ota onangizdan uzoqda mustaqil yashaysizlar.Ba'zilaringiz o'qish va ba'zilaringiz ish sababli.Aytingchi uylanishga qaror qilsangiz.Forumda islomiy postlar qoldirayotgan qizga   yozganlariga ko'ra turmush qilish taklifini qila olasizlarmi?

Assalomu Alaykum.

Qiziq savol. Odamni biroz o'ylashga majbur qiladi. Lekin to'g'risini aytsam, yaqin 3-4 yil ichida uylanish niyatim yo'q. Demak, bu yillar ichida forumdagi muslimalarning ko'p qismi turmushga chiqib ketsa kerak. Yanayam Alloh bilguvchiroq.

Agar javobim sal qo'polroq chiqqan bo'lsa, avvalo savol muallifidan hamda forumdoshlarning barchasidan uzr so'rayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Aprel 2009, 08:01:53

Shohijahon 12, shoir Abdulaziz ga:

Tasavvur qiling bir muslima qizni o'zingiz hohlab ota onangizga yoqib turmush qurdingiz.Oradan ko'p o'tmay yana bir sizdan islomni o'rganish maqsadi bilan ba'zi maslahatlar so'rab turadigan bir muslima birodaringizga o'zingiz sezmagan holatda "bog'lanib" qola boshladingiz.Va u qizga uylanishlikni nafsingiz hohlayapti. Qiz ham bunga rozidek . Lekin oilangiz ya'ni uydagi ayolingiz hali yangi kelichak sizning bu qaroringizdan ozorlanishi mumkin balki umuman qabul qila olmasligi mumkin.Qanday yo'l tutasiz?

Judayam qiziqarli, aktual va hayotiy savollar uchun tashakkur. Alloh rozi bo'lsin!
Avvalo uylangan yigitning qanday maqsadidan qat'iy nazar, u ilm olish bahonasimi yoki boshqa, "bir muslima birodariga o'zi sezmagan holatda "bog'lanib" qola boshlashi" ancha shubhali. Bu yerda ikkala tomonning ham bunaqa vaziyatda nafs xohishlari Alloh rizoligidan ustun turadi. Chunki bir muslimning uyida oyday xotini bo'la turib, boshqa bir muslimaga ko'ngil qo'yishi, yoxud bir muslimaning boshqa muslimning oilasi borligini bilgan holda unga ko'ngil bog'lashi ancha shubhali. Haqiqiy muslima ilm yoki maslahatni boshqa nomahram, yana uylangan erkakdan emas, muslima birodar, opalaridan oladi.

Endi, ikkinchi vaziyat, Bu holatga uyingizdagi yangi kelinchak rozi bo'lishi yoki bo'lmasligi. Albatta norizo bo'ladi. Ming sizni tushunishga harakat qilmasin, baribir o'zini xo'rlangandek his qiladi. U ham kimningdir oq yuvib, oq taragan, sizgacha tarbiyalab, tayyor yetuk holida uyingizga olib kelingan qizi. Uning ham siz bilan yashashdan buyuk orzulari bor. Uning ustiga hali yangi kelinchak. Hali ko'p narsalarni tushunmasligi mumkin. Xullas, ancha-muncha qiz bu holatga rozi bo'lmaydi. Bu holatda kelin va kuyovning ota-onasi ham rozi bo'lishi qiyin.

Shuning uchun ham vodiy ulamolari yangi kelin-kuyovga nikoh o'qib bo'lishgach, kuyovga nasihat qilib, shartli ravishda, agar ikkinchi xotin olmoqchi bo'lsangiz, kelinchakning ko'ngliga qarang, deb aytishadi.

Bunday holatda oilada nima bo'lishi mumkin?
- Erkakning boshqa muslima ko'rsatayotgan "mehr"i tufayli oiladagi o'zining ayoliga muhabbati tobora so'nib borishi.
- Boshqa muslimaga intilish oqibatida, erkak uyidagi asosiy vazifalarini esdan chiqarishi yoki tark etishi.
- Mobodo, bildirmay uylandiyam deylik, u holatda ikkala tomonga birdek munosabatda, birdek mehrda bo'lishi juda qiyin. Bu holatda u gunohkor bo'ladi. Chunki bir kun bunisiga, bir kun ikkinchi xotiniga borishni eplash juda mushkul. Hozirgi davrda ko'p "hojiaka", yana ko'p "savdogar aka"larimiz ikkinchi xotinga uylanishda ko'pincha nafs xohishlarini inobatga olishadi. Ba'zilarining 1-xotini bundan bexabar ham. Islom shartiga ko'ra. esa ikkala tomonga ham birdek munosabatda bo'lish talab qilinadi. Bir yoshi katta akamiz ta'riflagandek, "hozir ikkinchi xotin faqat nafsni qondirish uchun bo'lib qolgan. E'tibor bergan bo'lsangiz, "hojiaka"larning ikkinchi xotinidan bironta farzandi yo'q. Bechora ayol farzand ko'rihni xohlaydi. Lekin "hojiaka"larimiz "ortiqcha tashvish"ni xohlamaydilar".

Bunday holatdan Allohning O'zi asrasin.
Barcha mo'minu musulmonlarga Islomiy hayot tarzi hukm suradigan go'zal oila nasib etsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Aprel 2009, 09:33:40

Munirahonim,Rukhiya ga:

Tasavvur qiling qizingiz uzatiladigan yoshga yetdi.Va vaqti kelib turmush qurishga oilalik lekin yahshi ta'minlangan bir insonga ikkinchi ayol bo'lishni tanlaganini aytdi siz bu holatda qizingizga qanday maslahat berasiz?

 :as:

Savol uchun tashakkur. Juda ajoyib savol...
InshaAlloh meni qizlarim bunday qarorga kelishmaydi keljakda, deb umid qilaman.
Agar tasavvur qiladigan bo'lsam, men qarshilik qilgan bo'lardim. Unga tushuntirgan va InshaAlloh bu yo'ldan qaytarishga kuchim yetgan bo'lardi.
Unga:Oila qurish juda jiddiy, uni saqlab qolish esa o'ta qiyin va mas'uliyatli masala. Moddiy tomon hayotda hech narsani belgilab bermaydi. Bir oilada ikki ayol bo'lishi...bunday vaziyat juda chigal. Hozir ko'p insonlar nafsini xohishi uchun ko'pxotinlikka intilmoqdalar.... va shunga o'xshash gaplar bilan uni yo'ldan qaytarardim. Avvalo Alloh bunday kunni menga ravo ko'rmasligini tilab qolaman....

Qayd etilgan


Mashhura  04 Aprel 2009, 09:42:30

Javob berilmagan savollar:


Mashhura, Huseynga:
1. Siz maza qilib tomosha qilgan 3 ta o'zbek filmi. Nima uchun shu filmlarni tanladingiz?
2. Siz maza qilib tomosha qilgan 3 ta jahon filmi? Sababi?


Kechkib javob berayotganim uchun uzr. Imkonim bo`lmadi.

1. "Mahallada duv-duv gap" - o`zbekning haqiqiy qiyofasini ochib bergan film.
2. "Kelgindi kuyov" - birgina qizning otasini gapi uchun - "O`zi dardi borning ovozi chiqmaydi, qizim".
3. "Yaratganga shukur". Shu so`z bilan shunday hodisalar sodir bo`lishiga ishonaman.

1. "Bog`bon" (hind) - otalar va bolalar haqidagi yaxshi filmlardan.
2. "Vir va Zara" (hind) — birov uchun 22 yillik azob va rohatlik umrdan ancha vaqtgacha ta`sirlanganman.
3. ''Devdas" (hind) - bu film menda "Lison ut-tayr"dagi "Shayx San`on" qissasini eslatadi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  04 Aprel 2009, 10:09:22

Zamiraxonga:
Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?

 :as:
1. 27fevral - Muslimalar uchrashuvi kuni :)
2. Bolaligimda... mmmm nimagadir hech eslay olmayapman, chunku har kunim bir-biridan ajoyib va g'aroyib, baxtli onlarga boy kunlar edi :) Ha, esladim, ukam tug'ilgan kun, 1994 yil 7 yanvar kuni rossa xursand bo'lganman, xatto akam bilan talashardim men uxlataman deb... Zo'r damlar :)
3. So'nggi uch yilda? mmmm... Menimcha Ximiyadan masalalarni tushunib ishlab domlaning e'tiborini qozongan kunim bo'lsa kerak. Yana bilmadim, unaqa muhim xursand bo'lib, kalendarlarga belgilashga arzigulik voqea bo'lgani yo'q.
Shoir aka, savollar uchun thanks, o'tmishni biir eslab chiqdimda o'ziyam :)

Qayd etilgan