Javob berilmagan savollar:
Muslima, NOZAga:
2. Siz doim o'qib yuradigan 3 ta duo?
1.
"Robbana atina fiddunya hasanatav va fiyl ahirotu hasanatav, va qina a'zaban nar"Ma'znosi: Allohim bizga bu dunyoda ham ohiratda ham yaxshilikni ato qilgin, va do'zah a'zobidan asragin
2. Amana rosulu ya'ni Baqara surasini 285-286 oyatlari (arabiyda), bu oyatla duo o'rniga ham o'tadi dib eshitgandim.
Ma'nosi: Baqara/285. Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi va mo‘minlar (ham iymon keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi (aytdi): «Uning payg‘ambarlaridan biron kishini ajratib qo‘ymaymiz». Va «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat O’zingga kaytajakmiz», dedilar.
286. Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining buynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni afv et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O’zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil!
3. Bugungi kunda eng ko'p qalbimga taskin berayotgan va ko'p o'qiydigan duo:
"Hasbun allohi va ni'mal vakil, ni'mal mavla va ni'mal nasiyr"Ma'nosi: Buyuk Alloh bizga yetarlidir, U naqadar yaxshi vakil, naqadar yahshi qo'riqlovchi va naqadar yaxshi yordamchidir!