Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265176 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 ... 270 B


gulnora  05 Aprel 2009, 09:12:46

 :bs1:  :as:

SAVOL HAMMAGA : SIZGA  ATROFINGIZDAGILARNI SIZNI TUSHUNSALARMI MUHUMROQMI  SIZ ULARNI  TUSHUNAOLISHINGIZMI ???

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Aprel 2009, 09:34:45

Munira Xonimga savol:
Forumga birinchi marta kirganizda sizni e'tiboringizni tortgan user va uning postini eslay olasizmi?

Assalamu alaykum.
Men bu forumga birincha marta kirganimda net olami haqida ham, forumlar yoki saytlar haqida ham hech qanday tushunchaga ega emasdim. Hattoki yozishni ham yaxshi bilmasdim.
Bu forumga tasodifan kirib qolganman, lekin kirganimdan juda xursand bo'lganman.
O'sha paytda menga biror user yoki uning posti yoqqan yoqmaganini aniq eslay olmayman. Ammo shuni aniq aytishim mumkinki, bu forumdagi ilmli insonlarni har bir postlari va sahih fatvolar, insonlar mehnati tufayli joylanagn ko'plab kitoblar menga juda maq'ul kelgan,  mana shu paytgacha ularga bog'lanib qolganman va hech ajrolmayapman. :)
Bu yerdagi har bir userni hurmat qilaman, hammalari o'zlariga yarasha dunyoga egadilar.
Alloh barchalaridan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Munavvara  05 Aprel 2009, 11:55:34

mutaallimah va Munavvara ga:

Tasavvur qiling,forumda siz hurmat qilgan bir opangiz yana bir forumdagi post va fikrlaridan islomga qiziqishi bor deb fikrlash mumkin bo'lgan yana bir forumchi yigit nomidan "sovchi"  bo'ldilar.Siz bu taklifni qanday qabul qilasiz? Yaniy insonni yozganlari sababli islomni yahshi anglab tushunadi deb taklifini qabul qila olasizmi?


 :as: Avvalo savol uchun tashakkur.
Agar siz aytgandek bo'lib qolsa u yigit b-n uchrashib ko'rib u haqida yaqinlaridan qo'shnilari u insonni taniydiganlardan so'rab surushtirib u haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lib keyin o'zim hohlagandek inson bo'lsa rozilik berardim InshaAlloh :)

P.S. Tahminimcha siz ikkalangiz tengdoshlarsiz shu sabab bu savolni har ikkalangizga oid bildim.

ha tengdoshmiz  :)

Qayd etilgan


Muslimа  05 Aprel 2009, 15:56:36

Javob berilmagan savollar:


Muslima, NOZAga:
1. Sizning hayot yo'lingini belgilab bergan 3 ta hadis?

 :as:
Savol uchun tashakkur!
unaqa hadislar ko'p, lekin asosiylari qiyidagilar:

1. Nabiy sollallohu alayhi vassallam marhamat qiladilar: "œAlloh taolo aytadi: "œEy odam bolasi, sen Meni o’zing zikr qilsang, Men ham seni bir o’zim zikr etaman. Sen Meni jamoat ichida eslasang, Men seni farishtalar ichida (yoki "œundan yahshiroq jamoat ichida", dedilar) eslayman. Sen Menga bir qarich yaqinlashsang, Men senga bir quloch yaqinlashaman. Sen Menga bir quloch yaqinlashsang, Men senga to’rt quloch yaqinlashaman. Agar Men tomonga qarab yursang, Men sen tomonga yuguraman" (Hadisu qudusiy) 
   Bu hadisni eshitganimda, Allohning mehribonligi va cheksiz rahm shavqat egasi ekanligini tushungandim. Allohni yo'lida yurishlikni anglashga kirishgandim. Ayniqsa, "Agar Men tomonga qarab yursang, Men sen tomonga yuguraman" degan joyi qattiq ta'sir qilgandi.

2. Bir marta «Birodarlarimni sog‘indim» degan edilar Rasuli Akram  sollallohu alayhi vassallam va buni eshitgan sahobalar: «Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi yo Rasululloh» deb so‘raganlarida, «Sizlar mening do‘stlarimsizlar, birodarlarim oxir zamonning og‘ir imtihonlariga duch kelgan paytda ham Islomni tark etmagan mo‘minlardir» deb javob bergan edilar.
  Bu hadisni eshitganimda ko'zlarim yoshlangandi, Rasululloh  :sw: aytgan o'sha birodarlar qatorida bo'lish bahti nasib qilishini duo qilgandim. Va shu yo'lda jiddiy harakat boshlagandim.

3. (Hadis mazmuni): Rasululloh sollallohu alayhi vassallam dedilar: "Qaysi ayol besh vaqt namozizni o'qisa, ramazon ro'zasini tutsa, Alloh buyurgan farzlarni bajarsa va erini rozi qilsa, Jannatga kiradi"
  Bu hadis inshaAlloh mani hayotimni ohirigacha man uchun "hayot yo'lini belgilovchi" hadis bo'ladi, inshaAlloh!

Qayd etilgan


Muslimа  05 Aprel 2009, 16:17:03

Javob berilmagan savollar:

Muslima, NOZAga:
2. Siz doim o'qib yuradigan 3 ta duo?


 :as:

1. "Robbana atina fiddunya hasanatav va fiyl ahirotu hasanatav, va qina a'zaban nar"
Ma'znosi: Allohim bizga bu dunyoda ham ohiratda ham yaxshilikni ato qilgin, va do'zah a'zobidan asragin

2. Amana rosulu ya'ni Baqara surasini 285-286 oyatlari (arabiyda), bu oyatla duo o'rniga ham o'tadi dib eshitgandim.
Ma'nosi: Baqara/285. Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi va mo‘minlar (ham iymon keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi (aytdi): «Uning payg‘ambarlaridan biron kishini ajratib qo‘ymaymiz». Va «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat O’zingga kaytajakmiz», dedilar.

286. Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining buynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni afv et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O’zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil!

3. Bugungi kunda eng ko'p qalbimga taskin berayotgan va ko'p o'qiydigan duo:
"Hasbun allohi va ni'mal vakil, ni'mal mavla va ni'mal nasiyr"
Ma'nosi: Buyuk Alloh bizga yetarlidir, U naqadar yaxshi vakil, naqadar yahshi qo'riqlovchi va naqadar yaxshi yordamchidir!

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Aprel 2009, 16:26:20


Muslima, NOZAga:
1. Sizning hayot yo'lingini belgilab bergan 3 ta hadis?
2. Siz doim o'qib yuradigan 3 ta duo?


1. Har bir hadis mo'min hayotining har bir bo'lagida mavjud.

Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning hayotlari biz uchun har holatimizda o'rnakdir.
Shuning uchun aynan shu hadis yo bu hadis mani hayotimni belgilab bergan deya olmiman.
Shunday bo'lsa ham hayotimda o'zim uchun hamisha shior kabi o'zimga tez-tez takrorlab eslatib turadigan hadislarimdan 3 tasini yozaman.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "O'zingizga ravo ko'rganingizni birodaringizga ravo ko'rmaguningizcha haqiqiy mo'min bo'la olmaysiz".

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Poyafzalingizning bog'ichini yo'qotsangiz ham istirjo' - "INNA LILLAHI VA INNA ILAYHI ROJI'UN" (Ma'nosi: Biz Allohnikimiz va Allohga qayguvchimiz) deb ayting", deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "Amallarning Alloh taologa seviklisi - oz bo'lsa ham davomlirog'idir" 

2. 1)Allohim haq yo'lda, iymonda, islomda sobitqadam qilgin!

2) Allohim Sani sevmoqlikni, Sani sevganlarni sevmoqlikni va San sevgan amallarni bajarmoqlikni nasib qilgin!

2) Allohim barchamizga ham Jannatul-Firdavsingda sevganlarimiz bilan bo'lmoqlikni nasib qilgin!

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Aprel 2009, 16:31:05

Muslimaa ,NOZA, Muhseena ga :
Chet elda o'qiydigan yoki  ishlab yashaydigan hayotingizda umuman ko'rmagan bir yigit sizni int orqali forumlarda yoki umuman ba'zi manbaalardagi fikrlaringizga tayanib sizni "yoqtirib qoldim menga turmushga chiqing" deb aytsa bu taklifni qanday qabul qilasiz?

Man net orqali turmushni maqullamiman. Lekin Alloh taqdir qilgan bo'lsa biz ojiz bandalarni qo'lidan hechnima kelmaydi!

Qayd etilgan


Hadija  05 Aprel 2009, 18:01:50

Muslimaa ,NOZA, Muhseena ga :
Chet elda o'qiydigan yoki  ishlab yashaydigan hayotingizda umuman ko'rmagan bir yigit sizni int orqali forumlarda yoki umuman ba'zi manbaalardagi fikrlaringizga tayanib sizni "yoqtirib qoldim menga turmushga chiqing" deb aytsa bu taklifni qanday qabul qilasiz?

 :as:

Savol uchun tashakkur.
Wertual hayot bilan real hayotni aralashtirishni hohlamasdim. Agarda shunday taklif bo'lib qolsa, taklif qilgan insonni ko'ngliga ozor bermay iloji boricha to'g'ri aniq va chiroyli tushuntirib rad javobimni berardim.
Ammo, taqdirda bo'lsa, manga bildirmay haqiqatda harakat qilsalar, taqdirda yozilganidan qochib keta olmaysan kishi...

Qayd etilgan


Hadija  05 Aprel 2009, 18:11:20

imlaahga savol

Turmushga chiqishni taklif qilishyapti, biri ilmli, ziyoli siz istagandek ammo ikkinchilari buning aksi-yu lekin namoz o'qishni, islomiy tarbiyadagi oila muhitda farzandlarini ulg'aytirishni ayni shunday tarbiya ko'rgan jufti haloli deb sizni munosib ko'rib tanlamoqchi, ota-onangiz hohishni sizga bergan, ilmni o'rgatish savob umidida islomga endi qadam qo'ymoqchi bo'lgan insonga turmushga chiqish taklifiga rozilik berarmidingiz yoki ziyoli insonga?

Qayd etilgan


Hadija  05 Aprel 2009, 18:16:39

:bs1:  :as:

SAVOL HAMMAGA : SIZGA  ATROFINGIZDAGILARNI SIZNI TUSHUNSALARMI MUHUMROQMI  SIZ ULARNI  TUSHUNAOLISHINGIZMI ???

 :as:
Fikrimcha har ikkalasi ham muhim. Sizni siz hohlagandek tushunishlari uchun, siz ham birovni shunchalik tushunishingiz kerak.

Qayd etilgan