Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263843 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 ... 270 B


Muhammad Amin  05 Aprel 2009, 18:33:08

Forumdagi barcha turmush qurish yoshida bo'lgan forumchilar diqqatiga:

Int orqali biror insonni "yoqtirib" qoldingiz.Bu haqida ota onangizga ayta olasizlarmi? Turmush qurishdan avval juftingizni qaysi sifatlar bilan tasavvur qilasiz? Va siz o'zga insondan kutayotganingiz bu sifatlar o'zingizda bor deb o'ylaysizmi?

Int orqali birovni yoqtirib qolish juda qiyin. Lekin Alloh taqdir qilsa hech gap emas. Hammasi Allohni qo'lkida. Agar xolis yaxshi ko'rsa har bir inson aytaoladi.

Men juftimni birinchi navbatda dinu diyonatli, talim tarbiyali, imon e'tiqodli va albatda islomiy xislatlarga ega bo'lishini xohlayman va shu sifatlar unda mujassam deb tasavvur qilaman. Va o'zimda bu hislatlar bekami ko'st bo'lmasada bor deb o'ylayman. Be ayib Parvardigor.

Qayd etilgan


imlaah  05 Aprel 2009, 23:33:50

imlaahga savol

Turmushga chiqishni taklif qilishyapti, biri ilmli, ziyoli siz istagandek ammo ikkinchilari buning aksi-yu lekin namoz o'qishni, islomiy tarbiyadagi oila muhitda farzandlarini ulg'aytirishni ayni shunday tarbiya ko'rgan jufti haloli deb sizni munosib ko'rib tanlamoqchi, ota-onangiz hohishni sizga bergan, ilmni o'rgatish savob umidida islomga endi qadam qo'ymoqchi bo'lgan insonga turmushga chiqish taklifiga rozilik berarmidingiz yoki ziyoli insonga?

Savol uchun rahmat.
Avvalo bu hayot juda murakkab va shu bilan birga juda yengil ham.Qachonki oila atalmish kichik bir jamiyyatda dunyoqarashingiz va yashash tarzingiz o'zingiz istagan inson bilan bo'lsa bunda hayot yengilroq undagi sinov va mashaqqatlar u qadar og'ir bo'lmaydi deb o'ylayman. Yashaydigan insoningiz bilan o'ylaringiz va fikrlaringiz turli bo'lsa menimcha bunda yengil sinovlar ham mashaqqatli ko'rinadi.
Men albatta ziyoli va o'zimga boshqaruvchi bo'ladigan insonni tanlaganman hayotda.Ayol kishi hech qachon hayotda o'zim yordam beraman deb ishonch bildirmagani yahshi.Oila va hayotda ayol ham erkak ham o'z o'rnida bo'lgani ma'qul.Shu sabab har jihatdan erkakni yuqorida bo'lgani afzal.Hatto ilm va ahloqda ham.

Qayd etilgan


siddiqa  06 Aprel 2009, 05:43:34

G_u_l_i, siddiqa, Muhseenaga savollar:
Bir-biringizga qaysi jihatlaringiz bilan o'xshashsizlar? Kamtarliksiz javob bering :)

 :as:
Avvalo, savol u-n rahmat!
Bir-birimizga o`xshash "jihat"imiz bu dangasalik,juda "Superdangasa" bo`lmasakda, uncha-muncha dangasalar oldimizda ip yecholmaydi, dars qilishga 1-2 hafta vaqt bo`lsayam, ohirgi kunga taqab o`sha kuni uy vazifalarini bajaradigan "kasallik" uchchalamizgayam qayerdandir yuqib qolibdi. :(
Yana o`xshashlik jihatlarimiz koooooooo`p
Yozsam ancha uzun post bo`p ketadi......... ;)
nega endi superdangasa maqomidan bizi tushirib qo'yding  :10,bu harakatingiz uchun sizni sudga beramiz  :D

Qayd etilgan


siddiqa  06 Aprel 2009, 05:51:07

Guli. Siddiqa, Muhseena ga:

Qizlar postlaringizga ko'ra sizlar uch dugona ekansizlar.Sizlarning dugonaliklaringiz ahloq va kundalik hayotingizda qanday tasir qiladi.Yaniy kiyinishda muomalada bir birlaringizdan tasirlanasizlarmi?
:as:
savol uchun rahmat opa,bu ikki dugonamda yenglari uzun ,islomda ayol muhtoj bo'lgan kiyimlarni ko'rib tasirlanganman ,ulardan ko'p narsa o'rgandim ,va hozir ham,ayniqsa juda og'ir paytlarda birodarlaringiz bo'lsin ekan ,Alloh ohirat dunyosida ham oqibatlilardan qilsin ,Ulardan o'zi rozi bo'lsin .

Qayd etilgan


mutaallimah  06 Aprel 2009, 09:07:45

mutaallimah va Munavvara ga:

Tasavvur qiling,forumda siz hurmat qilgan bir opangiz yana bir forumdagi post va fikrlaridan islomga qiziqishi bor deb fikrlash mumkin bo'lgan yana bir forumchi yigit nomidan "sovchi"  bo'ldilar.Siz bu taklifni qanday qabul qilasiz? Yaniy insonni yozganlari sababli islomni yahshi anglab tushunadi deb taklifini qabul qila olasizmi?

P.S. Tahminimcha siz ikkalangiz tengdoshlarsiz shu sabab bu savolni har ikkalangizga oid bildim.

Assalamu alaykum..
Savol uchun tashakkur. Kech javob yozayotganim uchun uzr so'rayman..
Hmm.. O'ylantiradigan savol bo'libdi, umuman olganda forumga chiroyli nick bilan kirish avatar, imzo va postlarini islomiy so'zlar bilan "bo'yash" hammaning ham qo'lidan kelaveradigan narsa.. Afsuski asliga qaraganda aksar hollarda buning aksi bo'lib chiqadi.. Men shunday xolga duch kelsam o'sha opani gaplarini hazil deb qabul qilib ketaverishlikka harakat qilgan bo'lardim.. Garchi bu "hazil" qanchalar og'ir bo'lsa ham unga ko'p e'tibor berishlik odamdan ko'p narsalarni eng muhimi uning hayolini o'g'irlaydi..

Qayd etilgan


Mashhura  06 Aprel 2009, 15:01:39

:bs1:  :as:

SAVOL HAMMAGA : SIZGA  ATROFINGIZDAGILARNI SIZNI TUSHUNSALARMI MUHUMROQMI  SIZ ULARNI  TUSHUNAOLISHINGIZMI ???
Biz albatta bizni tushunishlarini muhim deb bilamiz. (Ming bor inkor etishni istasak-da, bu haqiqat). Axir bekorga "Sen meni o`zingdan ortiqroq sevma, Sen meni o`zingdan ortiq tushungin" deb aytishganmi?!!

Qayd etilgan


Abdullоh  06 Aprel 2009, 15:54:15

NOZAga savol.

Agar malol kelmasa, nega ko'pincha post qoldirayotganingizda ko'k(adashmasam, bu yerda moviy shekilli) rangdan foydalanasiz?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Aprel 2009, 18:30:23

NOZAga savol.

Agar malol kelmasa, nega ko'pincha post qoldirayotganingizda ko'k(adashmasam, bu yerda moviy shekilli) rangdan foydalanasiz?

Xuddi shu savolni meni ham berdi deya qabul qilsangiz. Bu men uchun ham qiziq!

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:15:10

Assalamu alaykum.
Shoirdan ilhomlanib hamma savol berishni boshlabdi. Hammani jonlantirganlari uchun Shoirga tashakkur. Alloh u kishidan rozi bo'lsin.Men ham shu svaol berganlardan orqada qolmaslik uchun o'zimni qiziqtirgan savollarga javob olishni xohladim:

AbdulAzizga savol:

Ota-onangiz yoki yoshi katta qarindosh yo qadrdonlaringiz katta ayb ish, gunoh yoki hato ish qilishdi. Ularning aybini hech kim ayta olmaydi.
Siz ayta olasizmi? Aytsangiz qay tarzda?

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:16:40

Shoirga savol:

Sh'erga va sh'er yozuvchilarga ko'p diniy ilmga ega kishilar salbiy munosabatda bo'lishadi.
Sizning hozirgi zamon sh'eriyatiga munosabatingiz qanday?

Qayd etilgan