Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263705 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 ... 270 B


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:24:59

Ikbaljohnga savol:

Sizning hazilga juda ustaligingiz hammamiz bilamiz. Gohida kayfiyatim yo'qligida sizning postlaringizni o'qisam, labimga kulgu yuguradi. Sizga shu haqida savol bermoqchiman. Bu savolimni to'g'ri qabul qilasiz, deb umid qilaman:
"Hazilning tagida haqiqat bo'lishi kerak", degan gapga munosabatingiz qanday? (Unutmang yo'q gapdan hazil qilib so'zlash yolg'onning bir turidir)

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:26:45

Y_U_R_I_S_Tga savol:

Maqtovga munosabatingiz qanday? Sizni maqtashsa qanday holatga tushasiz? Faqat haqiqatdan kelib chiqib javob bering, iltimos.

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:29:19

AbdurRahmonga savol:

Sizningcha, sevib va bir-birlarining faqat yaxshi tomonlarini ko'rib turmush qurgan yoshlar baxtli hayot kechiradimi yoki tanimagan holda, ota-onalari yoki qarindoshlari, tanishlari dalolat qilganidan keyin bir-birlarini faqat 1-2marta ko'rib turmush qurganlar baxtli bo'ladimi?
Iltimos, taqdirdagi bo'ladi, deb qutulmang. Bu gapga qarshiligim yo'q, lekin inson bunga sababchi bo'ladi. Vallohi a'lam.

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:30:30

Akbarga savol:

Siz bir qizni Alloh yo'lida yaxshi ko'rib uylandingiz. Keyingi hayot tarzingizda unda kutmagan va siz yoqtirmagan "fazilatlar" ko'rina boshladi.
Shunda qanday yo'l tutasiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:32:27

Abdullohga savol:

Meni bilishimcha siz hali yoshsiz, lekin sizning postlaringizni o'qib juda ilmli, aqlli va salohiyat egasi ekanligingizni fahmladim. (Bu maqtov emas) Sizni bu holatda keng va to'g'ri fikrlashingizga kimning tarbiyasi ko'proq foyda bergan?
Ota-onangizmi, ustozlaringizmi yoki o'zingiz o'qigan kitoblar va birodarlaringizmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:35:20

Musannif Adhamga savol:

Oilada erkak kishi hamma tomonlama ayollardan ustun bo'lishi lozim, degan fikrga qanday qaraysiz?
Erkaklar ming harakat qilishmasin, ayollardan ustun bo'la olmaydigan tomonlari ham bormi? Insoniy fazilatlar tomonidan hisobga olinsa...

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:37:31

Mutaallimahga savol:

"Kishi o'z yaxshi ko'rgan narsasini mo'min birodariga ham yaxshi ko'rmaguncha, haqiqiy mo'min bo'la olmaydi".
Bu hadisi Sharifni qanday izohlaysiz?
Sizningcha hozirda musulmonlar shu hadisga amal qilgan holatda yashay olishyaptimi?
Va sizningcha mo'minning eng yaxshi ko'rgan narsasi nima va u ko'proq birodarlariga nimani ilinishi lozim?

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:39:28

Muslimaga savol:

Oilani eng baxtli oilalar qatoriga qo'shish uchun va unda solih farzandlar tarbiya topish uchun va haqiqiy islomiy oilaga aylanishi uchun, kimning xizmatlari, fazilatlari ko'proq muhim deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:40:05

NOZAga savol:

"Ilm boshqa, amal boshqa" degan gapni qanday tushunasiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:43:04

Muslimaaga savol:

Tasavvur qiling, siz turmushga chiqdingiz. Va sizning hijobda yurishingizga, ya'ni Allohning bir farzini bajarishingizga turmush o'rtog'ingiz tomonidan keyinchalik qarshilik boshlandi. (Alloh saqlasin) Hattoki ish shu darajaga yetdiki, oilangiz buzilish arafasida. Siz hijobni tanlaysizmi yoki oilani?

Qayd etilgan