Y_U_R_I_S_Tga savol:
Maqtovga munosabatingiz qanday? Sizni maqtashsa qanday holatga tushasiz? Faqat haqiqatdan kelib chiqib javob bering, iltimos.
Assalomu alaykum. Savol uchun tashakkur.
"Menga maqtovlar umuman yoqmaydi. Meni ko'proq tanqid qilishlarini, aybimni yuzimga shartta-shartta aytib tashlashlarini xoxlayman. Meni maqtashlarini umuman xoxlamayman" desam g'irt yolg'on bo'ladi.
Maqtov har kimga ham xush kelishi mumkin. Sening qilgan harakatlaring boshqa xolis insonlar tomonidan (e'tibor bering, faqat xolislar!) ijobiy e'tirof etilishi bu menimcha yaxshi. O'shanda o'zinga bo'lgan ishonch yanada ortadi va yangi zafarlar sari odim qadamlar tashlayverasan.
Menga 2 ta holatdagi maqtovlar unchalik yoqmaydi:
1. Bu haddan ortiq maqtash. "Shakarni ham ozi yaxshi" degan iborani unutmaslik kerak. BUning ustiga yana shunday bir gap ham bor.
"Senda yo'q xislatlar bilan maqtaydigan odamdan ehtiyot bo'l. U senda yo'q yomonliklarni ham aytishi mumkin."
2. Shaxsan o'zimga, ko'pchilikning oldida maqtashsa. Albatta bunday holatlarda, senga har qancha o'sha gaplar yoqsa ham, ammo xijolatli ahvolga tushasan.
Ko'pchilikning oldida maqtashning yana bir yomon tomoni, qolgan tinglovchilarda senga nisbatan g'ayirlik paydo bo'lib qolishi mumkin. (Axir insonlar har xil toifada bo'ladida) Aytaylik, ishxonadagi rahbaringiz har doim butun kollektiv oldida faqat sizni maqtayversa, qolgan hamkasblaringizga bu yomon ta'sir qilishi mumkin. Va h.k.
Xullas javobim, me'yoridagi maqtov menga yoqadi. (Mana sizga ochig'ini aytib qo'ya qoldim)