Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263374 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 ... 270 B


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:44:06

Munavvaraga savol:

Nikingizni nega almashtirdingiz? Va o'z ismingiz sizga yoqadimi?

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:45:13

Siddiqaga savol:

Siz hijoblanishingiz cuhun ota-onangiz qarshi bo'lishyapti, lekin siz juda xohlayapsiz.
Siz ularga qarshi bora olasizmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:47:21

G_u_l_i ga savol:

Sizni ko'rganimda sizni juda yoqtirib qoldim. Lekin sizni haqiqiy hijobda ko'rishi meni niyatim. Sizni bundan nima to'sadi va yoki kim? Siz o'zingiz xohlagandek hijoblanishingiz uchun o'zingizda nima yetishmaydi deb o'ylaysiz? (Savolimni xolis berdim, to'g'ri tushunasiz, deb umid qilaman)

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:48:56

Muhseenaga savol:

Siz hozir tahsil olayotgan sohada o'qishingiz ota-onangiz xohlaganmi yoki o'zingiz?
Siz kelajakda bu sohada yangilanish yarata olaman deb o'ylaysizmi?(masalan din uchun xizmat qiladigan)

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:52:01

Robiyaga savol:

Bizga ma'lumki, Buxoro, Samarqand, Xorazm va o'sha voha tomonlarda DIN Toshkentga va Vodiyga qaraganda ancha orqada qolgan. DIN emas, aniqroq aytadigan bo'lsak, musulmonlar.
O'sha tomonlarda bu tomonlarga qaraganda gunohga, jaholatga va shirkka berilgan musulmonlar ko'p. Xatto juda ko'p.
Buning asosiy sababi nimada deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 12:53:47

Rukhiyaga va Imlaahga savol:

Farzandni haqiqiy Islomiy tarbiya olishida eng birinchi nimaga ahamiyat berish lozim?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Aprel 2009, 13:22:25

Y_U_R_I_S_Tga savol:

Maqtovga munosabatingiz qanday? Sizni maqtashsa qanday holatga tushasiz? Faqat haqiqatdan kelib chiqib javob bering, iltimos.

Assalomu alaykum. Savol uchun tashakkur.

"Menga maqtovlar umuman yoqmaydi. Meni ko'proq tanqid qilishlarini, aybimni yuzimga shartta-shartta aytib tashlashlarini xoxlayman. Meni maqtashlarini umuman xoxlamayman" desam g'irt yolg'on bo'ladi.  :7

Maqtov har kimga ham xush kelishi mumkin. Sening qilgan harakatlaring boshqa xolis insonlar tomonidan (e'tibor bering, faqat xolislar!) ijobiy e'tirof etilishi bu menimcha yaxshi. O'shanda o'zinga bo'lgan ishonch yanada ortadi va yangi zafarlar sari odim qadamlar tashlayverasan.

Menga 2 ta holatdagi maqtovlar unchalik yoqmaydi:

1. Bu haddan ortiq maqtash. "Shakarni ham ozi yaxshi" degan iborani unutmaslik kerak. BUning ustiga yana shunday bir gap ham bor.
"Senda yo'q xislatlar bilan maqtaydigan odamdan ehtiyot bo'l. U senda yo'q yomonliklarni ham aytishi mumkin."

2. Shaxsan o'zimga, ko'pchilikning oldida maqtashsa. Albatta bunday holatlarda, senga har qancha o'sha gaplar yoqsa ham, ammo xijolatli ahvolga tushasan.
Ko'pchilikning oldida maqtashning yana bir yomon tomoni, qolgan tinglovchilarda senga nisbatan g'ayirlik paydo bo'lib qolishi mumkin. (Axir insonlar har xil toifada bo'ladida) Aytaylik, ishxonadagi rahbaringiz har doim butun kollektiv oldida faqat sizni maqtayversa, qolgan hamkasblaringizga bu yomon ta'sir qilishi mumkin. Va h.k.

Xullas javobim, me'yoridagi maqtov menga yoqadi. (Mana sizga ochig'ini aytib qo'ya qoldim)

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Aprel 2009, 14:42:00

Musannif Adhamga savol:

Oilada erkak kishi hamma tomonlama ayollardan ustun bo'lishi lozim, degan fikrga qanday qaraysiz?
Erkaklar ming harakat qilishmasin, ayollardan ustun bo'la olmaydigan tomonlari ham bormi? Insoniy fazilatlar tomonidan hisobga olinsa...

1. Oilada erkak kishi ustun bo'lishi lozim. Chunki Alloh O'zi "Niso" surasida

34. Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir.

degan. Biz ham musulmon bir inson sifatida shuni tasdiqlaymiz.

Lekin ayni vaqtda barcha tomonlama erkak kishi o'z ayoliga bosim o'tkazishi kerak deb hisoblamayman. Balki kerakli o'rinlarda erkak ayoli bilan maslahatlashishi, lozim hollarda uning fikrini ham olishi zarur. Islom mana shu tenglikka da'vat qiladi. Bugungi dunyo da'vat qilayaotgan "erkak va ayol" tengligiga emas. Mana shundagina erkakning ustunligi, ayni paytda ayolning hurmati, izzati va sharafi o'z o'rniga qo'yilgan bo'ladi.

2. Alloh erkaklarni ham, ayollarni ham o'ziga xos vazifalar bilan yaratgan. Ularning vazifalarini bir-birlariga solishtirish murakkab holat. Masalan, erkak farzandni dunyoga keltira olmaydi. Uni emizish, boshlang'ich tarbiyasi bila shug'ullanish ham ayolning zimmasidadir. Mana shu - erkaklar ayollardan ustun bo'la olmaydigan holat. Buni ro'y-rost e'tirof etish lozim. Lekin boshqa jihatlarda - siyosat, iqtisod, madaniyat, qishloq xo'jaligining aksar sohalarida erkaklarning ayollardan ustunligi isbotlangan.   

3. Insoniy fazilatlar tomonidan har ikki jins vakillari orasida ham ustun jihatlarga ega bo'lganlar ko'pchilik. Masalan, onam meni juda ham yaxshi ko'radilar, ayni paytda otam ham o'ta mehribonlar. Umuman olganda men bugungi jamiyatshunos(sotsiolog)lar tasnif qilganidek "erkak-ayol tengligi", "jinslarning bir-biridan ustunligi" tushunchalarini qabul qilmayman. Agar oilada Islomiy muhitga rioya qilinsa, Insha Alloh hammasi o'z o'rnida bo'ladi. Mana shu mening so'nggi xulosam. 

Savolingiz uchun rahmat, Munira xonim.

Qayd etilgan


Hadija  07 Aprel 2009, 15:06:43

Muslimaaga savol:

Tasavvur qiling, siz turmushga chiqdingiz. Va sizning hijobda yurishingizga, ya'ni Allohning bir farzini bajarishingizga turmush o'rtog'ingiz tomonidan keyinchalik qarshilik boshlandi. (Alloh saqlasin) Hattoki ish shu darajaga yetdiki, oilangiz buzilish arafasida. Siz hijobni tanlaysizmi yoki oilani?

 :as:

Savol uchun tashakkur, ayni shunga o'hshash savolni kutgandim :)...
Hayotda yashashdan eng asosiy maqsad va niyatim, Alloh bergan umrni o'z rizoligi yo'lida, o'zi suygan solih bandalari qatorida bo'lish, hayirli amallar ila umr kechirish, mustahkam iymon, kuchli taqvo ila yashash, farz, sunnat va vojib amallarda sobit va qoyim turmoqlik... Shundoq ekan, kelajakda, go'zal islomiy tarbiya hukmronlik surgan oilaning kelini bo'lishlikni Allohdan so'rab qolaman....
Agarda, siz aytgandek holatga tushib qolsam (ilohim bunday bo'lmasin) iloji boricha yaxshilikcha yotig'icha hijoblanishlik farz ekanligini tushuntirishga harakat qilardim. Shunda ham Alloh hidoyat bermay, tushunishni istamasalar, oilani yoki hijobni tanlash sharti qo'yilsa, hech ikkilanmay shak shubhasiz Alloh buyurgandek "hijob"lanishlikni tanlagan bo'lardim. Axir, eng orzu istagimga erishdim degan-da kecharmidim :)

Munira opajon, Alloh rozi bo'lsin, savol u-n yana bir bor tashakkur.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Aprel 2009, 15:34:37

Assalamu alaykum.
Shoirdan ilhomlanib hamma savol berishni boshlabdi. Hammani jonlantirganlari uchun Shoirga tashakkur. Alloh u kishidan rozi bo'lsin.Men ham shu svaol berganlardan orqada qolmaslik uchun o'zimni qiziqtirgan savollarga javob olishni xohladim:

AbdulAzizga savol:

Ota-onangiz yoki yoshi katta qarindosh yo qadrdonlaringiz katta ayb ish, gunoh yoki hato ish qilishdi. Ularning aybini hech kim ayta olmaydi.
Siz ayta olasizmi? Aytsangiz qay tarzda?

Va alaykum assalom!
Munira opa! Barcha savollaringizni maroq bilan o'qib chiqdim. Alloh rozi bo'lsin. Juda go'zal va mos savollarni topibsiz.

Javob:
Bunaqa holatda agar u menga yaqinroq kishi bo'lsa, borib avvalo shu mavzuga oid hadios va rivoyatlarni aytgan bo'lib, haqiqiqy muddaoga o'taman va ochiq noroziligimni bayon qilaman.

Agar u menga judayam yaqin inson bo'lsa, tekis yuziga aytaman. Bundan hech hijolat bo'lmayman. Uning xafa bo'lishi yoki mendan ranjishi meni qiziqtirmaydi. Chunki haqiqat uning ranjishidan ustun turadi.

Agar u menga uzoqroq, lekin unga tushuntirish menga topshirilgan bo'lsa, u holda avval unga nima deyish, men nima desam u menga qanday javob berishi, keyin men unga nima deyishim va hokazo holatlarni tahlil qilib, rad qilib bo'lmaydigan eng munosib javobni qidiraman va borib o'z so'zimni aytaman.

Qayd etilgan