Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264614 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 ... 270 B


AbdulAziz  07 Aprel 2009, 15:43:38

Munira va Imlaah opaga savol:
Tasavvur qiling: Sizga tanish bo'lgan bir qizga sovchilar keldi. U qiz siz va oilangizga yaqin, lekin sizga yoqmaydigan ba'zi kamchiliklari bor. Sovchilik deyarli hal bo'lish arafasida. Shu paytda sizdan o'sha qiz haqida surishtirishdi. Agar siz qizning kamchiliklarini aytsangiz, siz aytganingiz haqidagi xabarni ular qizning ota-onasiga ham yetkazadigan, ham bu bilan uchala tomonda ham qarindoshlik rishtalariga putur yetadiganday. Agar aytmasangiz vijdoningiz qiynaladi.
Qanday yo'l tutasiz?

Qayd etilgan


imlaah  07 Aprel 2009, 18:49:09



Assalamu alaykum .
Avvalo mening savollarimga javob bergan barcha forumchilarga tashakkurlar. To'g'risini aytganda ko'p javoblar men kutgandek natijada bo'lmasada bergan javobingiz uchun barchangizga rahmat.Musannif Adhamdan umuman bunday mujmal (uzr qopolroq so'z bo'lsa boshqa yengilrog'ini topa olmadim) javobni kutmagandim .Menimcha savolga yuzaki qarabsiz men ayni kunda forumdagi muslima qizlar haqida emas balki umuman int sohasida har qanday fikr yozayotgan va kelajakda ham yozadigan muslima qizlar haqida so'ragan edim, :) .Chustiy ham negadir men kutganimdan boshqacharoq javob berganlar.Uzr birodarlar aynan ikkingizga "noroziligim"ni ochiq aytishimga sabab men sizlarni diniy va dunyoviy  ilmlaringizni chamalab va hamda musofir ekanliklaringizni hisobga olib aynan sizlardan javob kutgan edim bu savollarga.

Qayd etilgan


imlaah  07 Aprel 2009, 19:09:52

Rukhiyaga va Imlaahga savol:

Farzandni haqiqiy Islomiy tarbiya olishida eng birinchi nimaga ahamiyat berish lozim?
Savol uchun rahmat.
Menimcha hamma narsada hayrli oqibat halol luqma bilan boshlanadi.Luqmani halolligi juda ko'p yahshilikka insonni erishtiradi.

Qayd etilgan


ibnUyayna  08 Aprel 2009, 01:43:48

Assalamu alaykum

Umar ibn Abdulaziz,Chustiy,Musannif Adhamga:

Bilishimcha sizlar ota onangizdan uzoqda mustaqil yashaysizlar.Ba'zilaringiz o'qish va ba'zilaringiz ish sababli.Aytingchi uylanishga qaror qilsangiz.Forumda islomiy postlar qoldirayotgan qizga   yozganlariga ko'ra turmush qilish taklifini qila olasizlarmi?

Vatandan, oila a'zolardan, yaqinlardan yiroqda mustaqil yashash (o'qish yoki ishlash) degani, bunday masuliyatli, judayam nozik masala bo'limish, kichik jamiyat ya'ni oila masalasini, o'zi mustaqil hal qila olidi degani emas.
Shuning bu masala avvalo oila a'zolar bilan birga va ularning boshchiligida hal qilinadi, ana undan keyin ularni fikr va maslahatlaridan so'ng keyingi etapga o'tiladi inshaAlloh.
Agar keyingi etapga o'tish jarayonida, tanigan, bilgan muslimalar topilmasa, ana undan keyin forum eshiklarini qoqish ehtimoli ham yo'q emas.

  Assalamu alaykum wr wb!
  Albatta Islom binosining birinchi va eng muhim asosi bo`lgan oila qurish masalasi juda muhim,nozik,9 o`lchab 1 kesadigan masala.
  Tog`risini etsam man bu savolga javob berishim qiyin masala.Postlarni hamma ham chiroyli qilib qoldiraverishi mumkin.Biroq qalbini yorib ko`rishshi iloji yo`q.
 Avvalo Allohdan soliha,Allohdan qo`rqadigan,manga din yo`lida yordam beradigan turmush o`rtog`i nasib qilishini so`riman.Keyin man ham o`zimni isloh qilishim kerak.
 Alloh taqdir qilgan bo`lsa bo`lishi mumkin
Assalamu alaykum wr wb!
   

Qayd etilgan


ibnUyayna  08 Aprel 2009, 02:13:50

Forumdagi barcha turmush qurish yoshida bo'lgan forumchilar diqqatiga:

Int orqali biror insonni "yoqtirib" qoldingiz.Bu haqida ota onangizga ayta olasizlarmi? Turmush qurishdan avval juftingizni qaysi sifatlar bilan tasavvur qilasiz? Va siz o'zga insondan kutayotganingiz bu sifatlar o'zingizda bor deb o'ylaysizmi?
    Assalamu alaykum wr wb!
    O`rinli savol uchun rahmat.Dunyoning eng kuchli Shayxlaridan birini etishi bo`yicha Internet bu yahudiylarning hozirgi zamondag eng kotta fitnalaridan biri.Eng kamida insonning vohtini oladi.Tan olib etaman Internetning ham foydali tomonlari bor.Bu masalada xech kim bilan tortishmoqchimasman.
   Man shu Internet degan narsani bilmidigan,Allohdan qo`rqadigan bo`lsa.
   Internetda yoqtirib qolgandan ko`ra Allohdan duo qilib so`riman,hamma narsaga Qodir zot Inshaallah ijobat qilsa duoimni (silayam duo qipturila).
  O`zimga kelsak Inshallah to qabrgachao`zimni shariatga muvofiq ravishda  isloh qilish yo`lidaman.
  assalamu alaykum wr wb!
 

Qayd etilgan


imlaah  08 Aprel 2009, 04:07:01

Munira va Imlaah opaga savol:
Tasavvur qiling: Sizga tanish bo'lgan bir qizga sovchilar keldi. U qiz siz va oilangizga yaqin, lekin sizga yoqmaydigan ba'zi kamchiliklari bor. Sovchilik deyarli hal bo'lish arafasida. Shu paytda sizdan o'sha qiz haqida surishtirishdi. Agar siz qizning kamchiliklarini aytsangiz, siz aytganingiz haqidagi xabarni ular qizning ota-onasiga ham yetkazadigan, ham bu bilan uchala tomonda ham qarindoshlik rishtalariga putur yetadiganday. Agar aytmasangiz vijdoningiz qiynaladi.
Qanday yo'l tutasiz?

Assalamu alaykum.
Savol uchun rahmat juda nozik ayni vaqtda mening qalbimni o'rtaguvchi savolni beribsiz.
Bunday vaziyyatga tushgan edim.Qizni oilasi menga yaqinroq va har ishda faol edi.Ota -onani biroz hayot tashvishlari ko'pligi sabablimi yoki boshqa sabab bilanmi qizlaridagi juda katta o'zgarishni ilg'ashmasdi.Qiz esa balog'at yoshiga yetgani sababli oilaviy hayotni ko'ngli hohlardi,balki shu sabab balki balog'at yoshidagi hislari sabab asli islomni yahshi anglasa ham turfa yigitlar bilan "sevgi" munosabatlarini boshlab yuborgan edi.Qizlaridagi bu o'zgarishni atrofda deyarlik hamma bilsada ota onaga negadir sezilmasdi.Shu sababli bu qizga kelgan "haridorlarga" qizni ba'zi nuqsonlarini berkitib o'g'illari yoqtirsa tarbiyalab olishlari mumkinligi haqida so'z aytgan edim.Alloh har bandani o'ziga munosib inson bilan juftlaguvchi Qodir zot.Bu ikki juftlikni juftlamadi.Taqdirni qarangki qizni oilasi yigitdan nuqson topganlarida qizlaridagi bu yigitga bo'lgan istakni bilganim va qizni iltimoslari sabab qizni onasiga ham chiroyli so'zlar aytib bu ikki yoshga rozilik berishlarini men so'ragan  edim.Yigitdagi islomni o'rganishga bo'lgan intilish qiz bilan turmush va oila hususida jiddiy suhbatda qizdagi istakka aks bo'lib chiqdi va bu ikki yosh juftlashmadi.Bu orada qizni yaqindan bilgan ba'zi birodarlar menga ta'na qildilar bu qizdagi nuqsonni bilib turgan holingizda oilasi bilan juda yaqin bo'lganingiz sababli nuqsonni berkitib yolg'on guvohlik beryapsiz Allohdan qo'rqing deb.Shunday holatda birodarlarga quyidagi javobni bergan edim .Bu qiz mening yaqinlarimdan bo'lgani uchun emas balki qiz turmushni hohlayapti ota onasi kelgan sovchilarni tanlab qizlarini istaklarini tan olmayaptilar.Qizning fikru hayoli oila qutishda buni hech kimdan berkitmay qo'ydi shu sabab halol nikoh bilan oilalik bo'lsa inshaallah qiz o'zini tartibga solib oladi degan umidim bor halos.
Alloh bu yoshlarni shunchalar intilgani bilan shariatni toptab uchrashib ,so'zlashib o'tkazgan vaqtlarida sezdirmagan hislatlarini halollikka ilk qadamni bosganlaridayoq sezdirib ogoh qilib qo'ydi.Alloh qandayin adolatli Zot.
Bu ishdan men uchun hulosa bundan keyin har qanday holatda kim bo'lishidan farqli oila masalasida keyin to'g'rilanib ketar degan hulosa qilmasligim bo'ldi.
Ya'niy Allohdan hayo qilmay shariatni bilib turib toptashga botina olgan har qanday inson keyin ham to'g'rilanmasligi muqarrar bo'lsa kerakki Alloh har kimni o'ziga munosib insonga juftlarkan.

Qayd etilgan


imlaah  08 Aprel 2009, 04:18:52

  Abdulazizga savol.
Savollar hayot va oila undagi islom mavzusi ekan davomi ham shunday bo'la qolsin. :)
Siz o'zingiz hayotingizda ko'rmagan uchrashmagan bir chet elda yashaydigan qiz bilan int orqalimi yoki biror sabab bilan tanishib qoldingiz.U haqida faqat chiroyli gumonlar qilasiz.Hayolingizda siz bilgan qiz soliha muslima siz bu ahvolda shu qiz bilan turmush qurishga jiddiy ahd qila olasizmi?

Qayd etilgan


imlaah  08 Aprel 2009, 04:27:01

Munirahonim va Muslimaga :

O'zim chet elda bo'lganim sababli chet elga turmushga chiqib tez orada chet elga kelgan dugonalarim va yoshgina qizlarni ko'p kuzataman.Bu qizlarni  ko'plarida chet elda o'qiydigan yoki yashaydigan yigitga turmushga chiqishlaringing asosiy sababi qaynona qaynota nazoratisiz chet elda "erkin" yashashlik bo'lgan bo'ladi.Albatta atrofdagilarga bu ichki hislarini hammasi ham ochiq sezdirmaydilar.Turmush qurib chet elga chiqib olganlaridan keyin boshida juda a'lo yashaydilar.Ayni ko'ngillaridagi holat "ozodlik".Ammo ota -ona sog'inchi va hayotning turfa sinovlariga duchor bo'lganlarida qattiq afsus qiladilar.Aytingchi vaqti yetib o'g'lingizni chet elda o'qish yoki ishlash imkoni bo'lib qolsa va bu ayni uylanib oila quradigan vaqtiga to'g'ri kelib qolsa siz ikki yoshni chet eldagi "mustaqil" hayotlariga  ona sifatida qanday munosabat bildira olasiz?

Qayd etilgan


imlaah  08 Aprel 2009, 04:39:33

Forumdagi chet elda yashaydigan barcha uylanmagan va uylanib kelichak bilan chet elga chiqib yashayotgan yigitlarga:

Kuzatishlarim va hulosalarim shundayki vatanda ota ona va qrindoshlari yaqinida bo'lib oila qurgan yigitlar bilan ,chet elda ayoli bilan mustaqil yashaydigan yigitlarni farqlari juda seziladi.Ota onasi bilan birga yashaydigan har qanday erkak ayoli bilan muomalasi yaqinlari "nazoratida" ekanini his qiladi.Ayoli va oilasidagi yaqinlari orasida o'zini ta'bir joiz bo'lsa bir "ko'prik " deb biladilar.Shu sabab bu holatda kelinlar ota uyidagi erkaliklarini ko'plarini "unutishga" majbur bo'ladilar.Ko'zlarini quvontirgan ayolidagi ba'zi nuqsonlar ota onasiga yoki opa singillariga malol kelayotganini erkak har doim vaqtida bilib sezib eshitib orani buzmaslik chorasida juda mas'uliyat bilan yashaydi.
Chet eldagi yoshlarda esa ko'p holatda yoshlar yolg'iz bo'lganlari sabab kelinchakni nozu karashmasiga yigitlar juda oson "qurbon" bo'ladilar.Ayolni ko'ngli istagan barcha narsani muhayyo qilishga harakat qilib yashaydilar,bunday holat yosh va nazoratsiz ayolda o'ta hudbinlikni kuchaytirgan holatlar ham bo'ladi.Eng katta muammo turmush o'rtog'ini oilasini tan olishga juda qiynaladi chunki mehr ko'zda.Shu holatlardan kelib chiqqan holatingizda ochiq javob bersangiz yigitlar sizga qay biri afzal yaqinlaringiz oldida uylanib ayolingizni o'z yaqinlaringiz bilan muomalasini mustahkamlab yashashmi, yoki chet eldagi "hayot majburiyatidan kelib chiqqan " oilangizda tarbiyalagan ayolingiz bilan qulog'ingiz "faqatgina birgina malaksifatni" g'alvalarini eshitib yashaydigan hayotmi?

Qayd etilgan


G_u_l_i  08 Aprel 2009, 06:59:41

G_u_l_i ga savol:

Sizni ko'rganimda sizni juda yoqtirib qoldim. Lekin sizni haqiqiy hijobda ko'rishi meni niyatim. Sizni bundan nima to'sadi va yoki kim? Siz o'zingiz xohlagandek hijoblanishingiz uchun o'zingizda nima yetishmaydi deb o'ylaysiz? (Savolimni xolis berdim, to'g'ri tushunasiz, deb umid qilaman)

 :as:
Savol uchun tashakkur!
Allohga shukr, hozirgi kunda hijobimni, ro`molni "o`stirish" ishlarini olib bormoqdaman,ko`pchilik muslima birodarlarim b-n birgalikda,ularning maslahatlari, ko`rishib, iymonlashib turishimiz sabab ancha o`zgarishlar bo`ldi,Allohga shukr.Qiynalib hijob hijronida o`tgan kunlar asta-sekin orta qolmoqda, alhamdulillah.
Ozgina shijoat yetishmasa kerak, manimcha. Duo qilib turinglar, iltimos shu shijoat ko`paysin.
Ko`rishganimizda sezilib qolar, o`zgarishlar, opajon!

Qayd etilgan