G_u_l_i ga savol:
Sizni ko'rganimda sizni juda yoqtirib qoldim. Lekin sizni haqiqiy hijobda ko'rishi meni niyatim. Sizni bundan nima to'sadi va yoki kim? Siz o'zingiz xohlagandek hijoblanishingiz uchun o'zingizda nima yetishmaydi deb o'ylaysiz? (Savolimni xolis berdim, to'g'ri tushunasiz, deb umid qilaman)
Savol uchun tashakkur!
Allohga shukr, hozirgi kunda hijobimni, ro`molni "o`stirish" ishlarini olib bormoqdaman,ko`pchilik muslima birodarlarim b-n birgalikda,ularning maslahatlari, ko`rishib, iymonlashib turishimiz sabab ancha o`zgarishlar bo`ldi,Allohga shukr.Qiynalib hijob hijronida o`tgan kunlar asta-sekin orta qolmoqda, alhamdulillah.
Ozgina shijoat yetishmasa kerak, manimcha. Duo qilib turinglar, iltimos shu shijoat ko`paysin.
Ko`rishganimizda sezilib qolar, o`zgarishlar, opajon!