Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265104 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 ... 270 B


Hadija  08 Aprel 2009, 20:27:24

 :as:

Mashhuraga savol:

Sizning rasmingiz imzosi ostida "Men qadahga emas, uning ichidagi mayga oshiqman." so'zlariga ko'zim tushib qoldi. Buning asl ma'nosi nima?

Qayd etilgan


Musannif Adham  08 Aprel 2009, 21:00:10



Assalamu alaykum .
Avvalo mening savollarimga javob bergan barcha forumchilarga tashakkurlar. To'g'risini aytganda ko'p javoblar men kutgandek natijada bo'lmasada bergan javobingiz uchun barchangizga rahmat.Musannif Adhamdan umuman bunday mujmal (uzr qopolroq so'z bo'lsa boshqa yengilrog'ini topa olmadim) javobni kutmagandim .Menimcha savolga yuzaki qarabsiz men ayni kunda forumdagi muslima qizlar haqida emas balki umuman int sohasida har qanday fikr yozayotgan va kelajakda ham yozadigan muslima qizlar haqida so'ragan edim, :) .Chustiy ham negadir men kutganimdan boshqacharoq javob berganlar.Uzr birodarlar aynan ikkingizga "noroziligim"ni ochiq aytishimga sabab men sizlarni diniy va dunyoviy  ilmlaringizni chamalab va hamda musofir ekanliklaringizni hisobga olib aynan sizlardan javob kutgan edim bu savollarga.


Assalomu Alaykum.

Sizning mendan xafa bo'lganingizni to'g'ri qabul qildim. Chunki o'sha vaqtdayoq


Agar javobim sal qo'polroq chiqqan bo'lsa, avvalo savol muallifidan hamda forumdoshlarning barchasidan uzr so'rayman.

deb yozgan edim.

Men yana ta'kidlayman: yaqin 3-4 yil ichida uylanish niyatim yo'q. Shunday ekan Sizning savolingizga aniq javob bera olmayman. G'aybni Alloh biladi. Bu yillar ichida kim bor-u, kim yo'q... Bu savolingizni vaqti kelganda o'ylab ko'rarman.


Qayd etilgan


Robiya  09 Aprel 2009, 11:06:27

Robiyaga savol:

Bizga ma'lumki, Buxoro, Samarqand, Xorazm va o'sha voha tomonlarda DIN Toshkentga va Vodiyga qaraganda ancha orqada qolgan. DIN emas, aniqroq aytadigan bo'lsak, musulmonlar.
O'sha tomonlarda bu tomonlarga qaraganda gunohga, jaholatga va shirkka berilgan musulmonlar ko'p. Xatto juda ko'p.
Buning asosiy sababi nimada deb o'ylaysiz?

Assalamu alaykum opajonim,savol uchun rahmat. Javob berishga harakat qilaman...

  Biz tomonlarda ISLOM ilgari ancha kuchli bo'lgan,aytish kerakki "eng"i bizda bo'lgan, ham o'qitish,ham amal qilishda. H

Hozirgi davrda esa ISLOM odatga aylantirilgan,ya'ni shunchaki hayot tarzidek qabul qilishadi, udumlarga,ufr-odatlarga bog'lanib qolib,haqiqiy ISLOMdan yiroqlashishgan.

Ayni damda islomiy ta'lim berish ilgarigidek bo'lsa ham, amalda kelganda maqtanishga arzigulik jihatlar kamroqdek nazarimda...

Buning oldini olish uchun Qur'on va Hadisni hayotga tatbiq etish kerak. Hozirda bizda yetishmaydigan eng katta muammo shu... Vallohu a'lam!

Qayd etilgan


Abdulhafiz  09 Aprel 2009, 12:33:37

Abdulloh, Abdulhafizga:
1. Siz sevib o'qigan badiiy 3 ta asardagi 3 ta zo'r iqtibosni keltira olasizmi?
2. Siz sevib o'qigan 3 ta jahon adabiyotidan 3 ta zo'r iqtibos yoki baytni keltira olasizmi?
   Assalamu alaykum.
Birinchi savolingizga javob yozolmadim, chunki badiiy asarlarni ko'p o'qimaganman.
2. 1) Dasturxonlar qozon-tovoqlar xalqning yuqori tabaqasi va boshliqlarning uylarida borib kelaveradi. Yurtlar-u odamlar Ummatning payg'ambari Muhammad (s.a.v)ning qo'l ostida. Tuyalar ustida oziq-ovqatlar yuklangan holda kelar, u zotning oldilarida oltin-kumush to'lib toshar edi! Aytingchi Rosululloh(s.a.v)ning yeb-ichishlari qanday bo'lgandi?! Podshohlar hayoti kabi edimi, yoki ulardan ko'ra buyuk va azamatli edimi? Davlatmand boylarning ovqatlari kabi edimi? Yoki ularnikidan yaxshiroq edimi?! Siz Rosululloh(s.a.v)ning taomi, uning ozligi va soddaligini ko'rganingizda hayratga tushmang!
    Anas r.a bizga rivoyat qilib dedi: "Rosululloh(s.a.v)ning oldida kamdan kam holatlarda non va go'sht peshinlik yoki kechki ovqat paytida jamlangan" (Imom Ahmad rivoyati)
 Oisha r.anho dedi:"Rosululloh(s.a.v) vafot etgunlariga qadar u zotning oila a'zolari ketma-ket ikki kun arpa noniga to'ymaganlar"(Muslim rivoyati)...
...Gap ozlik va tanqislikdan emas. Chunki, boyliklar Rosululloh(s.a.v)ning qo'l ostida to'lib toshgan va huzuriga yuklar ortilgan tuyalar kelar edi. Lekin Alloh taolo payg'ambari sallallohu alayhi vasallam uchun mukammal va eng to'g'ri hayotni tanlagan edi...
  "Payg'ambarimiz(s.a.v)ning uyida bir kun"
 2) Agar Rosululloh(s.a.v)ning amrlariga modaga ahamiyat berganimiz kabi munosabatda bo'lganimizda edi, ko'plab pokiza haqiqiy musulmon kishilar yetishardi.
 "O'gay ona" Ahmad Lutfiy
 3) Eyki, sen, Haq, sha'niga urguvchi do'q,
Lashkari Haq ichradirsen, o'yla qo'rq.
Juzvi juzving lashkari Haqdir, biroq,
Bosh egarlar senga, etmasdan nifoq.
Ko'zlaringga yetsa gar Haq buyrug'i,
Shul zamon joningni olgay og'rig'i.
Tishlaringga bersa Alloh amrini,
Ne uqubatlarga solgaydir seni.
Jaloliddin Rumiy.

To'liq bo'lmagan va kech yozilgan javob uchun, hammadan uzr so'rayman.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Aprel 2009, 22:10:43

Munira va Imlaah opaga savol:
Tasavvur qiling: Sizga tanish bo'lgan bir qizga sovchilar keldi. U qiz siz va oilangizga yaqin, lekin sizga yoqmaydigan ba'zi kamchiliklari bor. Sovchilik deyarli hal bo'lish arafasida. Shu paytda sizdan o'sha qiz haqida surishtirishdi. Agar siz qizning kamchiliklarini aytsangiz, siz aytganingiz haqidagi xabarni ular qizning ota-onasiga ham yetkazadigan, ham bu bilan uchala tomonda ham qarindoshlik rishtalariga putur yetadiganday. Agar aytmasangiz vijdoningiz qiynaladi.
Qanday yo'l tutasiz?

Assalamu alaykum.
Juda qiyin savol, men hali bunday ahvolga tushmaganman.
Yaxshilab o'ylab ko'rdim.
Albatta, aytgan bo'lardim. chunki haqiqat har doim haqligicha qoladi.
Alloh taolo hammaga o'ziga munosib juft beradi. Har ishda Allohning hikmati bor...InshaAlloh.
Agar ularning taqdiri qo'shilgan bo'lsa va ular bir-biriga munosib bo'lsa, hech kimning gapi so'ziga qarab o'tirilmaydi...

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Aprel 2009, 22:15:49

Munirahonim va Muslimaga :

O'zim chet elda bo'lganim sababli chet elga turmushga chiqib tez orada chet elga kelgan dugonalarim va yoshgina qizlarni
'p kuzataman.Bu qizlarni  ko'plarida chet elda o'qiydigan yoki yashaydigan yigitga turmushga chiqishlaringing asosiy sababi qaynona qaynota nazoratisiz chet elda "erkin" yashashlik bo'lgan bo'ladi.Albatta atrofdagilarga bu ichki hislarini hammasi ham ochiq sezdirmaydilar.Turmush qurib chet elga chiqib olganlaridan keyin boshida juda a'lo yashaydilar.Ayni ko'ngillaridagi holat "ozodlik".Ammo ota -ona sog'inchi va hayotning turfa sinovlariga duchor bo'lganlarida qattiq afsus qiladilar.Aytingchi vaqti yetib o'g'lingizni chet elda o'qish yoki ishlash imkoni bo'lib qolsa va bu ayni uylanib oila quradigan vaqtiga to'g'ri kelib qolsa siz ikki yoshni chet eldagi "mustaqil" hayotlariga  ona sifatida qanday munosabat bildira olasiz?

Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur.
Lekin juda o'ylantiradigan savol.

Agar o'g'lim mustaqil hayot kechira olishiga va uni jufti ham mustaqil fikrga va sabrga ega bo'lsa, oiladagi har qanday sinovlarni birgalikda mustaqil va Haq yo'lidan chiqmagan holatda hal qila olishiga ko'zim yetsa, rozi bo'lardim.
Vallohi a'lam.
Keljakda bo'lishi mumkin bo'lgan ishlarga javob berish juda mushkul.
Javob berishga harakat qildim. Javobim qoniqtirmasa uzr...

Qayd etilgan


Mashhura  10 Aprel 2009, 09:10:07

:as:

Mashhuraga savol:

Sizning rasmingiz imzosi ostida "Men qadahga emas, uning ichidagi mayga oshiqman." so'zlariga ko'zim tushib qoldi. Buning asl ma'nosi nima?

Savol uchun rahmat.

Qays Layli ishqida Majnun bo`lgach, odamlar unga, Laylida boshqa qizlardan alohida jihat yo`qligini, u ham boshqalar singari ekanligini, hatto undan chiroyli qizlar borligini aytganda, u shunday javob bergan ekan: "Siz qadahga baho bermoqdasiz, men qadahga emas, uning ichidagi mayga oshiqman".

Qayd etilgan


Munavvara  10 Aprel 2009, 16:08:06

Munavvaraga savol:

Nikingizni nega almashtirdingiz? Va o'z ismingiz sizga yoqadimi?

 :as: Savol uchun tashakkur opajon :)

Nickimni almashtirish niyatim yo'q edi ammo Sora ismini asl ma'nosini eshitgach ismim o'zimga yoqmay qoldi  :'( Ilohlar go'zali bo'lishdan Nurlikkina qiz bo'lish menimcha yaxshiroq  ::)

PS: kechroq javob yozganim uchun uzur so'rayman.

Qayd etilgan


mutaallimah  10 Aprel 2009, 22:51:46

Munavvaraga savol:

Nikingizni nega almashtirdingiz? Va o'z ismingiz sizga yoqadimi?

 :as: Savol uchun tashakkur opajon :)

Nickimni almashtirish niyatim yo'q edi ammo Sora ismini asl ma'nosini eshitgach ismim o'zimga yoqmay qoldi  :'( Ilohlar go'zali bo'lishdan Nurlikkina qiz bo'lish menimcha yaxshiroq  ::)

PS: kechroq javob yozganim uchun uzur so'rayman.


Assalamu alaykum.
Voy Dilsora bonu ismizni hech ham yomon joyi yo'q :)
Ismlar har doim ham uning ma'nosini niyat qilib qo'yilmaydi balki shu ismlik buyuk insonlarga xavas qilib qo'yiladi..
Masalan "Xolid" ismi ma'nosi "Abadiy" degani bu ismni qo'ygan odamlar farzandini abadiy bo'lishligini istab emas Xolid (rodiyallohu anhu) ga xavas qilganlari uchun ulardek pahlavon bo'lishi uchun qo'yishadi.. Yana Ali "eng baland" degan ma'noda va bu sifat odam zotiga nisbatlanishi yaxshi emas lekin bu ismni qo'yguvchilar ko'p albatta uni ma'nosini emas shu nomdagi ulug' sahobiyning sifatlarini xavas qilishgani uchun qo'yishadi..
Sizning ismingiz ham shunday ismlar qatoriga kiradi ma'nosi emas shu nomli insonning go'zal sifatlari niyat qilinadi :) bu uchun ismizni yomon ko'rishiz yaxshimas..(menimcha) :)

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Aprel 2009, 21:26:11

Munavvaraga savol:

Nikingizni nega almashtirdingiz? Va o'z ismingiz sizga yoqadimi?

 :as: Savol uchun tashakkur opajon :)

Nickimni almashtirish niyatim yo'q edi ammo Sora ismini asl ma'nosini eshitgach ismim o'zimga yoqmay qoldi  :'( Ilohlar go'zali bo'lishdan Nurlikkina qiz bo'lish menimcha yaxshiroq  ::)

PS: kechroq javob yozganim uchun uzur so'rayman.


"Sora"ning asl ma'nosiga emas, Ibrohim alayhissalomning ayollari, Is'hoq alayhissalomning onalari - Sora onamizga ergashishingiz va havas qilishingiz yaxshiroq edi. Bu borada Mutaallimah ning fikrlariga qo'shilaman.

Qayd etilgan