Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264804 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 ... 270 B


Muslimа  19 Aprel 2009, 16:02:21

Muslimaga savol:

Oilani eng baxtli oilalar qatoriga qo'shish uchun va unda solih farzandlar tarbiya topish uchun va haqiqiy islomiy oilaga aylanishi uchun, kimning xizmatlari, fazilatlari ko'proq muhim deb o'ylaysiz?

 :as:
Savol uchun tashakkur opajon!
Manimcha bu yo'lda oiladagi ayolni va erkakni ham xizmati va fazilati muhim. Lekin oilani oila qilishda, uni eng baxtli oilalar qatoriga qo'shish va unda solih farzandlar tarbiya topish uchun haqiqiy islomiy oilada ayolni SABRI eng muhim. Ayol kishi SABR qilsa, boriga qanoat qilib, jufti haloliga hadeb noliyvermasa, farzandlari tarbiyasiga e'tiborli bo'lsa, yaxshi yomon kunda jufti halolini eng yaqin madadkori bo'lsa, Alloh buyurgan har bir ishda turmush o'rtog'ini qo'llab quvvatlasa haqiqiy go'zal islomiy oilaga aylantira oladi. Vallohu a'lam. Bu mani fikrim.



Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Aprel 2009, 16:03:10

NOZAga savol.

Agar malol kelmasa, nega ko'pincha post qoldirayotganingizda ko'k(adashmasam, bu yerda moviy shekilli) rangdan foydalanasiz?

Xuddi shu savolni meni ham berdi deya qabul qilsangiz. Bu men uchun ham qiziq!

Shunchaki moviy (ko'k) rang man yoqtirgan ranglarning biri.
Qoraniyam yoqtiramanu lekin bu yerda mandan boshqa ko'pchilik qorada yozishadi  :)

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Aprel 2009, 16:17:26

NOZAga savol:

"Ilm boshqa, amal boshqa" degan gapni qanday tushunasiz?

Bu gap ko'proq "Dilda bo'lsa yetadi" ga o'xshidi, aniqrog'i man 2 chi variantni ko'proq eshitganman.
Yana biri "Domlani etganini qilu, qilganini qilma"  ;D hazil

Hamma ham ilmiga amal qilavermidi. O'rganganimizni tushuib, anglab, uqqanimiz va hayotimizga tatbiq qilganimiz unga amal qilishdir.
Faqat o'qiyversak, o'rganaversak amalda o'zgarish bo'lmasa o'rganganimiz 1 chaqaga ham arzimaydi!
Bizni olgan ilmimiz amalimiz bilan bilinadida.
Boshiga do'ppi kiyganni hammasi ham namozxon emas! (Bu ham shunga bir misol)
Man ham maqolchi bo'b ketdim uzr  :D

Qayd etilgan


Muslimа  19 Aprel 2009, 16:43:10

Munirahonim va Muslimaga :

O'zim chet elda bo'lganim sababli chet elga turmushga chiqib tez orada chet elga kelgan dugonalarim va yoshgina qizlarni ko'p kuzataman.Bu qizlarni  ko'plarida chet elda o'qiydigan yoki yashaydigan yigitga turmushga chiqishlaringing asosiy sababi qaynona qaynota nazoratisiz chet elda "erkin" yashashlik bo'lgan bo'ladi.Albatta atrofdagilarga bu ichki hislarini hammasi ham ochiq sezdirmaydilar.Turmush qurib chet elga chiqib olganlaridan keyin boshida juda a'lo yashaydilar.Ayni ko'ngillaridagi holat "ozodlik".Ammo ota -ona sog'inchi va hayotning turfa sinovlariga duchor bo'lganlarida qattiq afsus qiladilar.Aytingchi vaqti yetib o'g'lingizni chet elda o'qish yoki ishlash imkoni bo'lib qolsa va bu ayni uylanib oila quradigan vaqtiga to'g'ri kelib qolsa siz ikki yoshni chet eldagi "mustaqil" hayotlariga  ona sifatida qanday munosabat bildira olasiz?

 :as:
Savol uchun tashakkur!
Mani hayotimga ancha yaqin bo'lgan savolni yozibsiz, lekin hamma qizlar ham "ozodlik" ka erishish uchun chet elga turmishga chiqishmaydi. Aslida qaynona nazoratida turishning ham ko'p hayrli hislatlari bor. Faqat sabr bilan o'tish kerak hammasidan. Munira opajonim aytganlaridek kelajak haqida biror narsa deyish juda qiyin, chunki u paytda biz qay holatda bo'lamiz biz bilmaymiz. Lekin o'g'limni bahtli qila olsa, boshida qiynalsam ham keyinchalik rozi bo'lardim. Chunki ona uchun farzandi qayerda bo'lmasin salomat bo'lsa, bahtli bo'lsa bo'ldi. Allohdan uni haqqiga duo qilib o'tiradi ONA!!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 13:06:38

Assalamu alaykum!
Bugungi savollar hayotiy holatlar, vaziyatlar haqida.
Savollarda hayotda duch kelingan yoki bo'lishi mumkin bo'lgan tasodifiy yoxud vaziyat taqozosi bilan yuzaga keladigan holatlar so'raldi. Misollar yordamida ushbu savollarga javob berasizlare degan umiddaman.


Munira xonimga savol:

Hayotingizda yolg'on gapirishga ham majbur bo'lib qolgan paytlar bo'lganmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 13:09:14

Imlah opaga savol:

Sizga o'zini yaqin oladigan "birodar"laringiz ham tuhmat qilgan hollari bo'lganmi?
Bunaqa holatda o'zingizni qanday tutgansiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 13:11:34

Birodarga savol:

Ommaviy madaniyat haqida tushunchangiz? U jamiyatimizga qanday xavf tug'dirishi mumkin?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 13:13:06

Salmoni Forsiyga:

Sizni eng tas'irlatgan hayotiy voqea?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 13:20:16

Robiyaga savol:

Hayotda ba'zida umidsizlanish kayfiyati ham bo'ladi.
Shunday holatda qanday qilib o'zingini ovutasiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 13:21:48

sasha63ga savol:

Vatan degan ko'zingizga ko'rinadigan, xayolingizda namoyon bo'ladigan birinchi narsa, tasvir qaysi?

Qayd etilgan