Yurist va Ulug'bek-Uzga savol:
Tasavvur qiling, aynan sizning uquvsizligingiz yoki harakatsizligingiz tufayli sizning guruhingiz mag'lubiyatga uchrayapti. Buni siz ham sezib turibsiz. Ammo jamoadoshlaringiz ham sizni tushunmagandanmi yoki mag'lubiyat alamidanmi, sizni rosa tergashmoqda.
Bu holatda o'zingizni qanday his qilasiz va qanday yo'l tutasiz?
Assalomu alaykum.
Qarang, xuddi bilgandek savol beribsiz. Yaqinda bu narsa boshimdan o'tdi. Bir Aziz ismli kursdoshim meni o'rtoqlari bilan bo'ladigan futbol o'yiniga olib bordi. O'rtoqlariga esa meni yaxshi darvozabon deb maqtagan ekan. Men ham bordim. Juda kuchli futbol bo'larkan. Lekin hamma begona bo'lgani uchun negadir o'zimni juda yomon his qildim. Shunaqangi yomon darvozaga turdimki, yosh bolalar qiladigan xatolarni qila boshladim. U yerda 4 ta jamoa o'ynayotgani uchun yutqazgan jamoa chiqib turar ekan. Ketma-ket 3 marta o'yinga tushgan bo'lsam, barchasida meni xatoyim tufayi mag'lubiyatga uchrab chiqib ketdik. Do'stimning o'rtoqlari mendan emas, Azizdan xafa bo'lishdi. "Kimni olib kelding o'zi?" deya rosa urishishdi. Bu juda yomon holat edi. O'rtog'imga gapirishgandan ko'ra, menga tarsaki tortishgani yaxshiroq edi. Hammadan uzr so'radim, ayniqsa Azizdan. Meni deb shunaqa ko'ngilsiz vaziyat bo'lganidan rosa izza bo'ldim. Qanday ahvolga tushganimni so'z bilan ta'riflash qiyin. Keyinchalik o'yinlar qovushib, ketma-ket yuta boshladik.
Oxirida yana barchadan katta uzr so'radim. Ular esa yoki ko'nglimni ko'tarish uchunmi, yoki yurakdanmi, bilmadimu, har holda "Bu futbol, hamma narsa bo'lishi mumkin, ko'nlingizga olmang" deyishdi.
Shunaqa gaplar...