Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264956 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 ... 270 B


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 14:44:58

Muslima, Noza, Mutaallimahga savol:

Tushlarda ba'zida ahaqiqatlar ham ayon bo'ladi.
Tushingizdan ko'rgan voqea-hodisa keyinchalik hayotingizda ham yuz bergan holatlar bo'lganmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 14:46:28

Musannif Adhamga savol:

Hayotingizda Islom uchun, iymon bilan yiog'lashdan tashqari, boshqa dunyoviy holat uchun yig'lagan paytingiz ham bo'lganmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 14:48:45

Chustiyga savol:

Deylik, sizga bir taomni tayyorlash ishonch bilan topshirildi. Siz e'tiborsizlik yoki boshqa sabab yuzasidan o'sha taomni buzib qo'ydingiz, taom dasturxonga tortilishiga juda oz vaqt qoldi. Uning ustiga boshqa masalliq ham mavjud emas. Shunaqa holatga tushganmisiz? Mobodo shunaqa holat bo'lib qolsa qanday yo'l tutasiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 14:52:00

Yurist va Ulug'bek-Uzga savol:

Tasavvur qiling, aynan sizning uquvsizligingiz yoki harakatsizligingiz tufayli sizning guruhingiz mag'lubiyatga uchrayapti. Buni siz ham sezib turibsiz. Ammo jamoadoshlaringiz ham sizni tushunmagandanmi yoki mag'lubiyat alamidanmi, sizni rosa tergashmoqda.
Bu holatda o'zingizni qanday his qilasiz va qanday yo'l tutasiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 15:19:20

Siddiqa, G_u_l_i, Muhseena, Zamiraxonga:

Yoningizdagi yaqinlaringiz sizni tushunmayotgan yoki tushunishni xohlamayotgan bir paytda o'zingizni qanday his qilasiz? Uning chorasi nimada deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 15:24:40

Uzmusga savol:

Oila qurganingizdan keyin ayolingizning siz uyda bo'lmagan paytda internetdan foydalanishiga ruxsat berarmidingiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Aprel 2009, 15:30:24

Abdulloh, Zubayrga savol:

Tasavvur qiling. Sizni yolg'onchilikda ayblashyapti (Alloh saqlasin!). Lekin siz ular qilaypotgan tuhmatdan xolisiz. Lekin chalg'ituvchi argumentlar sizning zararingizga xizmat qilayapti. Yoshingiz kichik bo'lgani sabablimi yoxud boshqa vaj bilanmi, aybsizligingizni isbotlash behuda ketayapti. Tezroq bu masalani hal qilmasangiz sizning zararingizga ko'p ishlar bo'lishi mumkin.
Shunaqa holatdan qanday chiqasiz?

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Aprel 2009, 00:20:03

Muslima, Noza, Mutaallimahga savol:

Tushlarda ba'zida ahaqiqatlar ham ayon bo'ladi.
Tushingizdan ko'rgan voqea-hodisa keyinchalik hayotingizda ham yuz bergan holatlar bo'lganmi?

Assalamu alaykum va rohmatulloh..
Savol uchun raxmat..
Umuman olganda men tush ko'rmayman :) ko'rsam ham nima haqida ekanligini tushunmayman :3
Shuning uchun hozirgacha birorta tushim hayotda sodir bo'lmagan deb o'ylayman.. Lekin 12 yoshimda ko'rgan bir tush hech ham esdan chiqmaydi uni sodir bo'lishini juda ham hohlayman va uni haqiqat bo'lishi uchun harakat qilaman... Allohdan xar doim shu tushimni haqiqatga aylantirishini so'rab qolaman...

Qayd etilgan


siddiqa  24 Aprel 2009, 06:53:47

Siddiqa, G_u_l_i, Muhseena, Zamiraxonga:

Yoningizdagi yaqinlaringiz sizni tushunmayotgan yoki tushunishni xohlamayotgan bir paytda o'zingizni qanday his qilasiz? Uning chorasi nimada deb o'ylaysiz?
:as:
chora topishga harakat qildim ,lekin bu choralar faqat yaqinlarimga ozor berish bn o'tdi ,hafa qilishsa honamga bir dunyo shirinlik obkirib hich kimga ochmasdim,albatta ko'z yoshlar bn  ,lekin vaqt o'tgani sari insonnig yoshi ham ,o'zi ham o'zgararkan  ,hamma narsa o'zgaradi ,ular juda ko'nglimga qarashadi ,bir ikkita asosiy masalalarda ..........bilishmiydida .hozir juda qiyin ahvolga tushsam ,Qur'on juda yordam beradi .keyin birodarlarim ham .inson har qanday holatda Allohga suyansa ,hamma narsa o'tib ketadi .

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  24 Aprel 2009, 15:00:45

Yurist va Ulug'bek-Uzga savol:

Tasavvur qiling, aynan sizning uquvsizligingiz yoki harakatsizligingiz tufayli sizning guruhingiz mag'lubiyatga uchrayapti. Buni siz ham sezib turibsiz. Ammo jamoadoshlaringiz ham sizni tushunmagandanmi yoki mag'lubiyat alamidanmi, sizni rosa tergashmoqda.
Bu holatda o'zingizni qanday his qilasiz va qanday yo'l tutasiz?

Assalomu alaykum.

Qarang, xuddi bilgandek savol beribsiz. Yaqinda bu narsa boshimdan o'tdi. Bir Aziz ismli kursdoshim meni o'rtoqlari bilan bo'ladigan futbol o'yiniga olib bordi. O'rtoqlariga esa meni yaxshi darvozabon deb maqtagan ekan. Men ham bordim. Juda kuchli futbol bo'larkan. Lekin hamma begona bo'lgani uchun negadir o'zimni juda yomon his qildim. Shunaqangi yomon darvozaga turdimki, yosh bolalar qiladigan xatolarni qila boshladim. U yerda 4 ta jamoa o'ynayotgani uchun yutqazgan jamoa chiqib turar ekan. Ketma-ket 3 marta o'yinga tushgan bo'lsam, barchasida meni xatoyim tufayi mag'lubiyatga uchrab chiqib ketdik. Do'stimning o'rtoqlari mendan emas, Azizdan xafa bo'lishdi. "Kimni olib kelding o'zi?" deya rosa urishishdi. Bu juda yomon holat edi. O'rtog'imga gapirishgandan ko'ra, menga tarsaki tortishgani yaxshiroq edi. Hammadan uzr so'radim, ayniqsa Azizdan. Meni deb shunaqa ko'ngilsiz vaziyat bo'lganidan rosa izza bo'ldim. Qanday ahvolga tushganimni so'z bilan ta'riflash qiyin. Keyinchalik o'yinlar qovushib, ketma-ket yuta boshladik.
Oxirida yana barchadan katta uzr so'radim. Ular esa yoki ko'nglimni ko'tarish uchunmi, yoki yurakdanmi, bilmadimu, har holda "Bu futbol, hamma narsa bo'lishi mumkin, ko'nlingizga olmang" deyishdi.
Shunaqa gaplar...

Qayd etilgan