Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265712 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 149 150 151 152 153 154 155 156 157 158 159 ... 270 B


Shokirbek  12 Noyabr 2009, 15:55:33

Ассалому алайкум!

Shokirbek ва Ulugbek75 акаларга:

Ихлос билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Va alaykum assalom.
O'tgan yili arbuzda bir voqeani yozgan edim. Siz aytgandek ibratli bo'lgani uchun shu yerga qo'yayapman:

"O'zimda yaqinda shunday voqea bo'ldi. Hajga kelganlar orasida Qirg'izistondan kelgan bir nechta o'zbek yosh yigitchalar bor ekan. Universitetga hujjat topshirish uchun kelishganda meni yana uchratib qolishib, telefon raqamimni so'rashdi. Berdim. Bir-ikki kun o'tgach, tel. jiringladi:
- .... aka, bu sizmisiz?
- Ha.
- Bir arab sotuvchisi bizni tushunmayapti, shunga tarjima qilib tushuntirib yuboring.
- Xo'p, nima dey?
- Biz bundan 25 (7 dollarga yaqin) riyolga bir narsa olib, 10 dollar beruvdik, bizga 348 riyol qaytarib berib, pulni shuncha qaytarsak ham, omayapti, 100 dollar berdi deb o'yladi, shekilli.. Shuni aytib yuborsangiz unga..

Sotuvchi haqiqatan ham 100 dollar berdi deb o'ylab, ular pulni qaytarishsa kamsinishayapti, shuning uchun qaytarayapti, deb o'ylagan ekan.

Gaplashib bo'lgach, u yigitdagi amonat, iffatni o'ylab, ichimda unga tahsinlar aytdim, yigitligidanoq bunday amonatdor bo'lgan, birovning haqidan qo'rqadigan kishi kelgusida ummati uchun albatta foydali shaxs bo'ladi. Odamlar haqini turli yo'llar bilan tortib olayotganlar, bunday qulay kelib qolgan fursatdan emas, balki yolg'onchilik, firibgarlik evaziga pul yig'ayotganlar mana bunday yorqin namunalar borligini ham bilib qo'yishsa yomon bo'lmas edi.."


Qayd etilgan


Arbuzchi  12 Noyabr 2009, 15:57:08



Худди сзиман.
Ha o'zimizni shoir ekansizku, maqib yurobsiz bo'tlada... ;D
Joniz so'g bo'gur, arbuz.comda o'rto edik, bo'ttayam o'rtoliyimizni saqlab qoliyluu... :1

Qayd etilgan


shoir  12 Noyabr 2009, 15:58:05

JaruleUZB, Chustiy, Salmon Forsiy, Muslima, Kapalak, Abdulloh, Bekmirzoga:

Меҳр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Qayd etilgan


shoir  12 Noyabr 2009, 16:00:06



Худди сзиман.
Ha o'zimizni shoir ekansizku, maqib yurobsiz bo'tlada... ;D
Joniz so'g bo'gur, arbuz.comda o'rto edik, bo'ttayam o'rtoliyimizni saqlab qoliyluu... :1

Биз ҳалисм сртоқмиз. Фақат бу ерда тартиб сал қаттироқ. Мулойим муомалада бслиб, ҳар хил лақабу, кераксиз ссзларсиз, гсзал постлар қилсак, снасм схши сртоқ бсламиз.

Qayd etilgan


registan  12 Noyabr 2009, 16:02:20

Ассалому алайкум!

Shokirbek ва Ulugbek75 акаларга:

Ихлос билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Va alaykum assalom.
O'tgan yili arbuzda bir voqeani yozgan edim. Siz aytgandek ibratli bo'lgani uchun shu yerga qo'yayapman:

"O'zimda yaqinda shunday voqea bo'ldi. Hajga kelganlar orasida Qirg'izistondan kelgan bir nechta o'zbek yosh yigitchalar bor ekan. Universitetga hujjat topshirish uchun kelishganda meni yana uchratib qolishib, telefon raqamimni so'rashdi. Berdim. Bir-ikki kun o'tgach, tel. jiringladi:
- .... aka, bu sizmisiz?
- Ha.
- Bir arab sotuvchisi bizni tushunmayapti, shunga tarjima qilib tushuntirib yuboring.
- Xo'p, nima dey?
- Biz bundan 25 (7 dollarga yaqin) riyolga bir narsa olib, 10 dollar beruvdik, bizga 348 riyol qaytarib berib, pulni shuncha qaytarsak ham, omayapti, 100 dollar berdi deb o'yladi, shekilli.. Shuni aytib yuborsangiz unga..

Sotuvchi haqiqatan ham 100 dollar berdi deb o'ylab, ular pulni qaytarishsa kamsinishayapti, shuning uchun qaytarayapti, deb o'ylagan ekan.

Gaplashib bo'lgach, u yigitdagi amonat, iffatni o'ylab, ichimda unga tahsinlar aytdim, yigitligidanoq bunday amonatdor bo'lgan, birovning haqidan qo'rqadigan kishi kelgusida ummati uchun albatta foydali shaxs bo'ladi. Odamlar haqini turli yo'llar bilan tortib olayotganlar, bunday qulay kelib qolgan fursatdan emas, balki yolg'onchilik, firibgarlik evaziga pul yig'ayotganlar mana bunday yorqin namunalar borligini ham bilib qo'yishsa yomon bo'lmas edi.."



Juda ibratli va ta'sirli voqea ekan. Lekin, "ummati" debsiz, shuni to'g'irlab qo'ysangiz, yoki oydinlik qiritsangiz, kimning ummati ekanligini.

Qayd etilgan


shoir  12 Noyabr 2009, 16:04:11

Shokirbek акага сна савол:
(Л.С. Аллоҳ рози бслсин гсзал жавоблардан сснг сна савол бергим келаверади)

Ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган сизнинг наздингизча снг ибрат олса арзигулик бслган инсон ким?

Qayd etilgan


Shokirbek  12 Noyabr 2009, 16:10:47


Juda ibratli va ta'sirli voqea ekan. Lekin, "ummati" debsiz, shuni to'g'irlab qo'ysangiz, yoki oydinlik qiritsangiz, kimning ummati ekanligini.

Ummatni bu yerda "o'sha yigitning ummati" (ya'ni, shu yigit mansub bo'lgan islom ummati) deb keltirdim. Xuddi Rosululloh (Alloh payg'ambari degan birikma) sallallohu alayhi va sallamni "Payg'ambarimiz" (Rosuluna), "Islom payg'ambari" (Rasulul Islam) deb keltirish durust bo'lganidek, ummat so'zini ham "islom ummati", "payg'ambar ummati", "bizning ummatimiz" degan nisbatlar bilan keltirish bo'laveradi.

Qayd etilgan


Shokirbek  12 Noyabr 2009, 16:54:47

Shokirbek акага сна савол:
(Л.С. Аллоҳ рози бслсин гсзал жавоблардан сснг сна савол бергим келаверади)

Ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган сизнинг наздингизча снг ибрат олса арзигулик бслган инсон ким?


Ulamolarning aytishlaricha (bunga tarix ham guvoh), payg'ambar sallallohu alayhi va sallam o'z ummatlarining barcha jabhalarida harakat qiluvchi kishilari uchun o'rnak va namuna edilar. U kishidan muallimlar (olimlar) ta'lim sohasida, tarbiyachilar tarbiya borasida, zohidlar zuhdda, botirlar shijoatda, qo'mondonlar boshqarish borasida, qozilar hukmda, taqvodorlar taqvo va parhezkorlik - vara' bobida, va h.k. juda ko'p o'rinlarda o'rnak olar edilar. Shuning uchun u zotga birkitilgan vazifa benihoya katta va og'ir edi, shuning uchun ham buning uhdasidan eng a'lo darajada chiqqan Rosululloh sallallohu alayhi va sallam Alloh taolo bergan eng ulug' maqomga haqli ravishda loyiq bo'ldilar.
U zot rafiqi a'loga ketganlaridan so'ng Islomni tablig' etish, dinni tarqatish zimmasi u zot izdoshlariga, ulardan so'ng ummat ulamolariga yuklandi. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning vazifalarini bir kishi uddalay olish imkoni bo'lmaganidek, har tomonlama yetuk bo'lgan, barcha ezgu axloqlarni o'zida bekamu ko'st jamlagan mutlaq olim, ideal kishi uchrashining imkoni yo'q.
Shu yuqoridagi haqiqatga suyangan holda men o'zim ko'rishish va muloqot qilish sharafiga muyassar bo'lganim ulamolarning har biri ham umumiy holda namunali va o'rnak olsa bo'ladigan ulamolar bo'lib, biri ixlos bobida bizni qoyil qoldirgan bo'lsa yana biri saxovatda, boshqasi esa tavozu' va shikastanafslikda, tag'in bittasi behudalikdan qattiq uzoq bo'lishda, boshqa birlari zohidlik va tarkidunyochilikda ibrat bo'lganlar.
To'g'ri, ular ichida yuqorida zikri kelgan va kelmagan xislatlarning aksarini jamlagan kishilar ham bor bo'lib, bular ham bir nechta kishilardan iborat edi.

Eng muhim va biz uchun kerakli bo'lgani - Rasullulloh va sahobalar xislatlaridan o'shalar o'zlarida jamlagandek jamlay olishga urinishimiz, xislatda serqirra bo'lgan kishilar bo'lishga intilishimizdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Noyabr 2009, 17:36:18

AbdulAziz, Musannif Adhamга:

Қсрқув ва Аллоҳ учун қсрқмаслик билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Go'zal savollar uchun tashakkur!

Men eslagan, o'zim guvohi bo'lgan hodisalar judayam ibratli bo'lmasa-da, lekin o'zim haligacha sog'inib, intilib kelayotgan olis bolaligim-u, bir o'zim hamrohsiz birinchi marta uzoq safarga chiqishim xotiralarini esga soldi. Unda ishonch bor edi, qo'rquv yo'q edi...

* * *

Yosh bolaman. 5-6-sinflarda edim shekilli. Bizga yaqinroq masjid yo'li qabriston bo'ylab o'tardi. Aniqrog'i u yer avval qabriston bo'lib, so'ng maktab stadioni va issiqxona hududi va unga tutash yo'l uning hozirgi ko'rinishi edi. Ko'pchilik o'sha kichikkina tor ko'chadan kechasi yurgani qo'rqar, har xil jin-ajinalarni ko'rgan kimsalarning shu yo'l haqidagi hikoyalari ko'pchilikni vahimaga solardi. issiqxona hududi keng bo'lib, kechasi o'nlab itlar izg'ib yurar, Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasini eslatardi. O'shanda bomdodni masjidda o'qishga harakat qilar, o'sha yo'ldan o'tarkanman, doimo o'zimga dam solib, xotirjam o'tardim. Bir kuni kechasi qop-qora, bahaybat, ko'rinishidan quturgan it oldimdan chiqdi. Ichimda dam solib, unga qarshi boraverdim... Yonidan o'tdim, qarab ham qo'ymadi... O'shanda ilk marta duoning kuchini his qilgandim...

* * *

Qoraqalpoq cho'llaridaman. Bir o'zim. Uvays Qaroniyning ramziy maqbarasi joylashgan mozoriston cho'lning ichkari qismnida bo'lib, atrofi katta qabriston. U yerni ziyorat qilgach, qabristonga yetmasdan joylashgan masjidga kirmoqchi bo'ldim. U yerga yaqinlashar ekanman 10 chog'lik it lashkarlari e'tiborimni tortdi. Nazarimda ular kimsasiz masjidni qo'riqlayotganday... Oyatal kursiyni o'qib asta yaqinlashdim. Itlar ham avvaliga men tomon doira shaklida yurib kelishdi. So'ng yo'l ochishdi... Masjidda hech kim yo'q edi...

* * *

Qiziq voqea:
Yoshligimdagi o'sha qo'rqinchli yo'lak. O'sha yo'lning o'rtarog'ida torgina, lekin keskin burilish chiqardi. Bir kuni xuftondan qaytib, o'sha qayrilishdan endi burilsam, bir kishi qo'rqqanidan yuzlari oqarib, nafasi tezlashib, o'tirib qolibdi... O'shanda oq yaktak, oq ishton, oq do'ppi kiyib yurardim...

Qayd etilgan


Ulugbek75  12 Noyabr 2009, 17:52:23

Ассалому алайкум!

Shokirbek ва Ulugbek75 акаларга:

Ихлос билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Qatnashuvchilarni foydali ish bilan mashg'ul qilish uchun yaxshi taktika qo'llarakansiz...  :)

Savolni endi ko'ribman, uzr.

Ixlos. Bu qalb amali, bazi tashqi belgilar bilan uning mavjudligini bazan taxmin qilinishigina mumkin bo'lgan - faqat egasi va uning Egasigagina ayon amal. Omonotdorlik esa umumiy shaklda ,zohiriy amal. Shu sababli ixlosga misol keltiraolamasam kerak.
Mavzudan sal chetroq bo'lsa ham, meni xotiramda qolgan bir kishi va uning hayotida kuzatganim holatni aytib o'tay.

U kishi bilan faqatgina o'gli bellasha oladi xolos!

Arab o'lkalaridan birida yashovchi, ham vatanda va ham u kishining uyida kuzatganim holatlarga tavsifim bu.

U kishi bilan birga bo'lganim bir necha kun muddat davomida, Men kuzatganim bo'yicha, shunchalar hayratga tushdimki, haligacha yodimdan chiqmaydi. Rasmiy diplomlari uncha yuqori emas, ammo ko'plab doktorlik unvonlilardan sharíy ilmida kam emasdi. Kundalik yumushlarida birorta hatto borýo'gí muboh bo'lib qoladigan, ya'ni vojib va mustahab bo'lmagan amalni topish juda juda qiyin edi.
Masjidga hammadan ilgari chiqqan, namozgacha Qurón o'qib o'tirgan, namozdan keyin turib qisqagina va'z o'qigan, undan chiqib yana qandaydir da'vat ishiga bog'liq biror yumushga bog'langan, dukonga kirsak, dukon ichida, yondagi sartaroshxonayu boshqa joylarda kimgadir, amr ma'ruf yoki nahiy munkar qilgan, toýga borsak u yerda ham kimgadir nasihat qilgan, qaysidir dinga bog'liq mavzuda bahs yuritgan, jumadan qaytsak, tushlik mahali o'glini boshqa masjidga yuborgani uchun (menimcha ataylab), undan nima haqida xutba bo'lganini so'ragan. Qisqasi u kishining oldida, o'zimni shunday his qildimki, hatto muboh ishni qilishga ham uyalib qoldim. Undan tashqari shaxsiyati juda siniq, g'o'zal axloqli, muloyim tabiatli, ammo kezi kelganda qattiqqo'l va qatíyat egasi.
Birga qayerga borsak, kim bilan uchrashsak, agar bazida bu kishining fikriga qarshi bó'lishsa ham, hamma hammalari hurmat qilishardi, aynan mana shunday noyob sifatli musulmon bo'lganliklari cuhun, menimcha.

U kishining ijaraga bergan uyida turgan bir kishi bilan suhbatlashib qolib, u kishi va o'g'lining jamoat namozi, yodlagan Qurónlarini takror etishlari va mahalla masjidini obod etishlarini quvonch bilan so'zlaganimda u kishi, hali hali qulogímda jaranglaydigan quyidagi jumlalarni aytgandi:

U kishi bilan faqatgina o'gli bellasha oladi xolos!

Hayotda inson imkoniyati chegarasini chamalashga va ibratlanishga chorlaydigan mana shunday musulmonlar borligiga shukur. Mana shunday kishilarni Allohim ajrlarini buyuk qilib berib, bu yo'lda davomli qilsin, ameen!

ps. Men ARBUZda Sizning kimligingizni bilolmadim, sir bo'lmasa bildirib ketsangiz?

Qayd etilgan