Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264941 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 174 175 176 177 178 179 180 181 182 183 184 ... 270 B

As-Samarqandiy  13 Yanvar 2010, 06:19:33

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Aziz forum ahli, sizlarga savolim quyidagicha:  Tassavvur qiling, siz yurib ketyapsiz. Qayerda, qachon va qay tarzda buni o'zingiz tanlang. Orqangizdan kimdir kelyapti. Shu holatda va o'sha paytda siz nimalarga e'tibor berasiz, siz uchun muhimmi kim yoki nima ekanligi, kim yoki nima ekanligini bilish uchun nimalar qilgan bo'lar edingiz. Bu savol uchun o'zingiz biron bir vaziyat tanlang, farqi yo'q qanday vaziyat bo'lishi.

Javoblaringiz uchun oldindan katta rahmat.

Har qadamda Olloh sizni asrasin!

Qayd etilgan

Shokir63  13 Yanvar 2010, 22:02:40

Albatta, Madinada kezib yuribman, ortimdan bir Kishi kelyapti, ko'zimni yumib, butun vujudim bilan atrofdagi betakror hidni hidlayman, Rasulullohning (s.a.v.) hidlarimikin deb, chunki u takrorlanmas hid. Oh qaniydi, Allohim o'zing o'sha kunlarga yetkaz.

Yoq bo'lmadi, tasavvur qilib ko'rdim, men u kishining ortlaridan yurgan holat bo'lsa yaxshiroq.

nima ham derdim, boshqa narsani tasavvur qila olmay qoldim, boshqa kun javob berarman.

Qayd etilgan

shoir  14 Yanvar 2010, 09:43:51

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?

Qayd etilgan

Abu Muso  14 Yanvar 2010, 10:59:35

 :as:
1. Men maktabga 6 yoshligimdan borganman va hamma
o'quvchilar boradigan "0"-sinfga bormagan edim. To'satdan
seni maktabga beramiz deb qolishdi, chunki u yoshda men
ertak kitoblar o'qib yurardim. Onam o'qituvchi bo'lganlari
uchunmi, 3-4 yoshligimda alifbeni uyda tamomlab bo'lgan
edim. Xullas, meni maktabga olib boramiz deyishganda
hovlini aylanib qochganman, men "0"-sinfga bormaganman,
biror bilmagan narsamni so'rab qolsa nima qilaman, deb.
Akam quvib etib, meni maktabga qo'limdan tortib olib borgan.
Maktabga ilk bor ko'zda yosh bilan, majburan borganman.  : )

2. Birinchi o'qituvcnimiz, Ravshanova Muqaddas opa edi.

3. Partadoshim bilan hozirgacha tez-tez uchrashib turamiz.
Chunki u, bugungi kunda mening qaynog'am bo'ladi...  ;D

4. Bu savolga nima deb javob berishga ham hayronman,
chunki unaqa kishilarni tez-tez almashtirib turganman.  ;)
Albatta bu 1-sinfdaligimdagi holat xolos...

5. Birinch 5 bahoni alifbedan, birinchi 2 ni esa, she'rni yodlamay
borganim uchun, rus tilidan olganman. Shu qattiq ta'sir qilganmi,
xullas 10 yil maktabda va 5 yil universitetda boshda 2 olmaganman.

Qayd etilgan

AbdulAziz  14 Yanvar 2010, 14:35:30

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?

1. Men ham maktabga borganimda yoshim 6 da edi. Bog'chada ko'p narsalarni o'rgangan edim. Shuning uchun ham 6 yoshdan maktabga qabul qilishavergan. Birinchi maktabga borgan kunimni eslayman. O'shanda onam birga olib chiqqandilar. Bunchalar ko'p bolalar va ota-onalarni ko'rib, o'shanda men ham katta bola bo'lib qolibman-da, shu yerga kelibman, degan xayol o'tgan. Birinchi qo'ng'iroq marosimidan so'ng birinchi o'qituvchimiz bizni ota-onalardan ayirib, sinf xonasiga boshlagandilar. Aniq eslayman, o'shanda muhtarama o'qituvchimiz atlas ko'ylakda edilar, sochlariyam uzun edi. Sinf xonamizni ham eslayman. Doska tepasiga qizil matoga oq harflar bilan "O'qish, o'qish va yana o'qish. V.I.Lenin" deb yozib qo'yilgan edi...

2. Birinchi o'qituvchimizning ismlari - Ibodat opa Burhonova edi. Judayam mehribon ustoz edilar. Ularni yaqinda ko'rdim. Biroz ulg'ayibdilar (1-sinfga borganimga ha yigirma yilga yaqin bo'ldi). Duo qildilar. "Sen ham ulg'ayibsan" dedilar.

3. Birinchi partada o'tirardim. Oldimda qiz bola sinfdoshim o'tirardi.

4. Chin dildan yoqtirib qolganimni eslolmayman. Lekin sinf ahli men haqimda sen falonchini yoqtirarkansan, degan gaplarni qilishardi. Bunaqa gaplardan uyalardim. Shu sabab qizlar bilan yaxshi gaplashmasdim. Lekin ba'zilari yoqtirib qolishganini o'sha davrdagi jajji esdalik - "Yoshlik" daftarlarida yozib qoldirishgan edi :)

5. 1-sinfda ikki olmaganman. 5 ko'p olardim. Matematikadan bir marta ustozim judayam kotta 5 qo'yganlar. Sinfda hali nhech kimga bunaqa ulkan besh qo'ymagan edilar. 5 ning o'lchami ham uning darajasini bildirar edi. 1-sinfning 3-choraklarida juda 5 ga qiziqib ketganimdan hatto har kuni 4-5 ta "5" olmasam uyga qaytmas edim. Hatto baho qo'yishga biron bahona bo'lmasa-da, biron narsani yodlab yoki misol ishlab berib, baho qo'ydiraverardim. O'sha hafta kundaligi uchun o'qituvchimiz ota-onamga katta tashaklkurnoma yozib bergandilar...

Qayd etilgan

Robiya  14 Yanvar 2010, 15:45:17

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?

Assalamu alaykum! Savollar uchun tashakkur, juda ajoyib ekan, xotiralarni esga olarkanmizdaaa :)

1. Ilk marta men ham 6 yoshimda maktabga chiqqandim, uyimizni yonidagi maktabga qabul qilishmagan, hali yosh deb. Keyin o'zimizdan ancha uzoq maktabga olib borgandilar onajonim. 5 sentabr edi, hali ham esimda :)
2. Birinchi o'qituvchim - Qosimova Begim Meriyevna edilar. U kishidan bir umr minnatdorman.
3. Partada aniq esimda yo'g'u, lekin bir qiz bilan o'tirgandim, sinfda o'g'il bolalar kam edi-da :)
4. Hech qaysi yigitni yoqtirib qolmaganman, haqiqat bu...
5. Birinchi bolgan 5 baho "Alifbe" edi menimcha. 2-ni eslay olmadim :)

Qayd etilgan

registan  14 Yanvar 2010, 17:42:42

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?

1. Birinchi marta man ham 6 yoshimda maktabga borgan edim. Mani maktabga opam olib borgandilar. Birinchi bo'lgan darsni ham eslayman.
2. Birinchi o'qituvchimning familiyalari Vohidova edi, ismlarini bilmayman. Mani rosa yaxshi ko'rardilar o'ziyam. Alloh umrlarini uzun qilsin.
3. Eng birinchi Zafar degan o'rtog'im bilan bir partada o'tirardim. Keyinchalik "Lenin parta" tashkil qilingandan keyin u orqaga o'tib ketgandi. :)
4. Man hech kimni yoqtirib qolmaganman. Lekin juda a'lochi bo'lganman. (Xulosa o'zingizdan ;D)
5. 2 olmaganman, 5ni esa eslolmayman. AbdulAziz kabi man ham besh olishga qiziqardim.

Qayd etilgan

siddiqa  14 Yanvar 2010, 22:28:32

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?
:as:
Shoir aka savollar uchun yana bir bor tashakkur  :)
1sochimni dadam har yoz kal qilib qo'yardilar ,rosalik yig'lardim   :D uch oy ichida o'sgan sochimga  amallab bantikni taqqanmiz.hamma o'qituvchilar ana dadasini erkatoy o'g'li kelyapti deyishardi  :D o'sha kunnni elas elas eslayman ,maktab formasi ,lekin alam qigani biz borgan yili prizident sovg'asi berimagan keyingi yidan berilgandi  :D

2Oisha opa .
3ko'p gapirardim ayniqsa amakivachcham va ammamning o'g'illari bo'lsa sinfni birga boshga ko'tarar edik ,o'qituvchini peshanasida  amakivachcham Sodiq o'tirardim ,u juda yuvosh va nimjonligidan unga qarab yurardim  :D
4Rauf  :D :D uni jinim suymasdi ,chunki u zo'r o'qirdi ,keyin matemdan ko'chirardim  :D
5o'qish har doim 5 edi ,matem har doim yo'g'e ba'zida 2 aslida ofitsalniy ikkini kundalikka 1 martta olganman matemdan  :D

Qayd etilgan

Muhseena  14 Yanvar 2010, 23:27:08

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?
Assalamu alaykum.
1.Ha birinchi borgan kunim,boshimda katta bantik,oyog'imda oppoq tufli,qo'limda gul,shar bilan borgandim.Sinfga kirganimda birinchi partaga o'tirib olganman.MAnga sinfimiz rosa yoqqan edi :) buvijonimga rosa maqtagan ekanman,hoziram eslab turadilar.
2.Noila opa.
3.Partada bitta bola bilan o'tqazib qo'yishgan.
4.Man hech yoqtirmaganman,lekin o'sha partadoshim juda ozoda bola bo'lardi,yonida doim tarog' olib yurardi,shu bolani sochini tarab qo'yardim.Hozir eslasam uyalib ketvomman :D
5.Ikki baho olganimni eslolmiman.Ikki bahoni juda yomon ko'rardik.Sinfda uchta qator bo'lsa,5 chilar 4chilar,3chilar qatori bo'lardi.Man 5chilar qatorida o'tirar edim.

Qayd etilgan

Abdulhafiz  15 Yanvar 2010, 00:03:34

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?
1. 7 yoshda opam olib borganlar, meni "B" sinfga o'tkazib qo'yishgandi 1-2ta tanish bolalar bor edi ular "A" sinfda, ertalab to'g'ri "1-chi A" deb yozilgan xonaga kirib o'tirib oluvdim shu b/n "A"da qoganman.
2. Birinchi o'qituvchim Yuldasheva Fotima opa edilar.
3. Ikkichiroqla, avval qiz bola, keyin o'gil bola, keyin yana qiz bola bilan orqaroqda(boshqalaga qaraganda bo'yim balandroq bo'gani uchun).
4. Kimnidir yoqtirgandirman lekin esimda yo'q.
5. Birinchi 5 bahom aniq esimda yo'q, adashmayotgan bo'sam matematika. 2 baho umuman olmaganman(4-chi sinfni tugatgunga qadar 95% bahom 5 bo'gan).

Qayd etilgan