Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263913 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 175 176 177 178 179 180 181 182 183 184 185 ... 270 B


Mahdiyah  15 Yanvar 2010, 01:34:41

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?

1. Sal pal, g'ira-shira... Man ham boshqa qizchalar kabi formada (fartuk edi ilgari) sochlarimni ikkita qilib bantik o'rab borgandim. Ayam oborgandilar. Bolaligimdan (tug'ilganimdanoq :) ) katta bo'lgan dugonalarim va domimizdan hammasi bo'lib 5 qiz va 2 bola 1 sinfga tushgandik.
O'sha yili bolalar ko'pligidanmi biz yoki 1-"V" yoki 1-"G" edik aniq eslomiman. Lekin maktab bo'yicha eng katta sinf hisoblanardik 1 sinfdayam (8-sinfga kelib sinfimizdagi o'quvchilar soni naq 42 edi  :D )

2. Yo'q eslolmiman. U yoshgina ayol edi, 1 haftaham maktabda ishlamadi kn esa Miyassar opa digan ayol murabbiylik qildilar 4 yil.

3. 1 sinfda aniq eslolmimanu adashmasam bir bola edi... Keyin 1 yangi kegan bolani yonimga o'tkazib qo'yishgandi, rosa jaxlim chiqardi, yoqtirmasidim. "ILMILIQ" bola edi.  :D Keyinchalik hamma o'z bilganicha o'tiradigan vaqtlar (5 sinfdan 9 sinfgacha) kelganida xohlagan darsda xohlagan sinfdoshlar bn o'tirganmiz, faqatgina ma'lum darslarda (qattiqqo'l o'qituvchilarda) ular belgilagandek o'tirardik  :)

4. Rosti bilmadim, o'zi 1 sinfdan 4 sinfgacha bolgan voqealarni nimagadur aniq eslolmiman, lekin siz etganizdek a'lochilarni ko'pchilik yaxshi ko'rardi, man ham maktabni bitirguncha a'lochilardan bo'ganman  ;) Man maktabni juda yaxshi ko'rardim. Ko'chada qizlar bn aylanishdan ko'ra matematikadan qiyinroq misol yechishni afzal ko'rardim  :) balki shunga uncha e'tibor bermagandurman bunga :)

5. Birinchi olgan beshimni eslolmiman, xoynahoy alifbemi o'qishmi bo'sa kere. 2 ni esa kundalikka o'z kuratorim qo'ygandi. Zinaida Nikolaevna digan ayol butun sinf bn jaxlini chiqaradigan ish qilganimiz uchun jurnalga emas kundaliklarimizga (7 yoki 8 sinf edik) katta "2" dib qo'ygandi  :D

Qayd etilgan


Shokir63  15 Yanvar 2010, 03:34:52

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?

1. Maktabga ikl dafa otam bilan borganman. Birinchi o'qituvchim otamning sinfdoshlari bo'lgan.O'sha kunni aniq-tiniq eslayman, bo'yim past bo'lgani uchun 2 partadan joy oldim, yonimda Sadaf ismli qiz o'tirardi. O'qituvchimiz SSSR haqida rosa gapirgandi, Lenin haqida gapirdi. O'shanda 7 yoshda edim. Men ham matabga alifboni xatm qilib keyin borganman.
2. Birinchi o'qituvchimning ism-shariflari Zulfiya Xolovna edi. Juda ham yaxshi ko'rardi meni. Otang bilan bitta partada o'tirardik, deb ara-chara.
3. Yuqorida aytganimdek Oldin Sadaf degan qiz bilan o'tirdim, Keyin Rahima bilan, keyin Gulnora bilan, shu bilan 7 sinfda maktabni tark ettim.
4. Haqiqttan ham a'lochi qizlarga ko'pchilik etibor beradi, menga ham sinfimizda alochi-sinfkom qiz yoqardi, lekin buni hech qachon sezdirmaganman.
5. Juda ham ko'p 5 olardim, birinchisi esimda yo'q, har holda matematikadan bo'lsa kerak. O'qituvchi bizda hali o'tilmagan mavzudan misol yechganim uchun peshonamga besh qo'ydi, ana shunday yur sening beshingni hamma ko'rib  yursin dedi. Bir oz uyaldim, tanaffusda Alisher degan o'rtog'im bilan torishib qoldik, jahli chiqib, qo'liga tuflab peshonamga surmoqchi bo'ldi, beshning yarmi shunday ketti, oldin o'rtoqlarimga ko'rinishga uyalib o'tirgan bo'lsam, endi ichimda afsus kabi bir his paydo bo'ldi, hozir o'ylasam balki kibrning ilk urug'imidi u peshonamdagi besh, Alloh barchamizni kibrdan yiroq qilsin. 2 ga kelsak. 1 sinfda olganman, hech qachon esimdan chiqmasa kerak, ona tili daftarimni ochdimu, yuragim huvillab ketdi, qachon o'sha sahifa ochsam yuragim huvillab ketardi.

Keyinchalik o'rganib kettim. :D

Qayd etilgan


Nurzoda  15 Yanvar 2010, 12:42:28

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?


 :as:
Savolla uchun rahmat .....ajoyib savolla bo'pti :)

Agar "0"-sinfniyam nazarda tutgan bo'seyiz 1996 yili avgust oylarini boshida borganman yoz fasli bo'gani uchun quyoshdan qizib ketmasin dib qop qorong'i bo'ganda  :)ko'p bog'chada o'sgan bolla qizla bilan bir sinfda edik rosali hursan bo'lganman  :) birinchi "0" sinfda o'qitgan ustozimiz 1-sentyabr kuni boshqa ustoz qo'liga topshirib o'zlari kotta sinflaga dars berish uchun kotta maktabga o'tgandila
1-sentyabr man uchun judayam zo'r bo'lgan moskvada yashidigan amakim kelinoyim oyim adam borganmiza  :)
bitta yoqmagan tomoni oyimla negadur oq bantik taqmasdan siyoh rangli bantik taqqanla lekin chiroyli turgandi rangi oqmasligi yoqmagan hammadan ajralib turganman  ::)


0-sinfdegisi Oybibi opa bo'ganla
1-sinfdan Muborak opa

Partada tog'amni qizi bilan birga o'tirganman bizada maktabda bitta og'il bitta qiz qo'yishardi man yig'laganim uchun tog'amni qizi bilan o'tirganman  :)

Hich kimni yoqtirmaganman lekin bitta bola mani yoqtirib qoganini qizladan eshtib yig'lagaman  :D

Ona tiladan bo'lgan boshlang'ich sinfda 2 baho omaganman 7 -sinfdaligimda ximiyadam aganman lekin  :-[[

Qayd etilgan


Ansora  15 Yanvar 2010, 14:43:51

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?

Assalomu-alaykum, savol uchun katta rahmat Shoir.
1-2 savolga birgalikda javob beraman:

Meni birinchi o’qituvchim ayam hisoblanadilar, desam adashmayman. O’zlari o’qituvchi bo’lganliklari uchun 4 yoshimda mendagi o’qish-yozishga bo’lgan qiziqishni payqabdilar va harflarni o’rgatgata boshlagan ekanlar. "œNolevoyga" 5 yoshimda borganman, huddi boxchaga o’hshagani uchun bolalar asosan o’yin o’ynashardi. Meni esa bir narsalar yozib, o’qigim kelardi. Dadamni ishlari tufayli "œNolevoyni" birinchi marta borgan maktabimda tugata olmay boshqa joyga ko’chganmiz. 6 yoshimda maktabga borganman, 1 chi sinfga yana olishmagan, majbur yana "œNolevoy’da o’qiganman  :3 Ohiri 7 yoshga to’ldim va nihoyat 1 chi sinfga olindim, lekin oradan ko’p o’tmay boshqa taraflarga qarab ko’chganmiz. Alifbe bayramiga 1 haftagina qolganda uyimizdan juda uzoqlarga qarab ko’chganmiz. "œSinfkom" bo’lganim uchun Alifbe bayramida menga ancha-muncha vazifa berilgandi. She’rlarim bor edi, kichkina teatrimizda rolim bor edi"¦Yangi ko’chib borgan joyimizda ham oradan ko’p o’tmay Alifbe bayrami nishonlandi. Maktabda, sinfda yangi bo’lganim va butun she’ru-qo’shiqlar bo’linib bo’lganligi uchun menga hech qanday "œvazifa berilmagan"   :3 bularni haliyam eslasam bolaligimdagi o’sha onlarni qaytadan yashaganday bo’laman. Chunki men uchun o’qish, alifbe juda qadrli edi. Alifbe bayramida menga ilm bergan o’qituvchilarimga bo’lgan minnatdorchiligimni bir navi bildiraman, deb o’ylagandim :(Kattakon zalni, kattakon sahnasidagi bolalarning ichida eng ohirgi qatorlarda  ichimdan hafa bo’lib kuzatgandim bu nishonlashni"¦.Eng ohirgi marta ko’chgan joyimizda birinchi o’qituvchimni isimlari Fotima opa Abdurahmonova edilar. Alloh uztozimdan rozi bo’lsin. 4 yil bizga ilm berdilar, tarbiyaladilar. Meni qizlariday yaxshi ko’rardilar. Doimo ota-onamga maqtab gapirganlari gapirgan edi. Yoshimiz ulg’ayib, o’qituvchi bo’lishga qaror berganimni eshitib juda xursand bo’lgandilar.

3. Sovet paytini avjiga chiqqan paytlarida maktabga boshlaganim uchun albatta bir yigit, bir qiz otirganmiz. Alifbe bayramidan ko’p o’tmay o’qituvchimiz meni darslarga bo’lgan qiziqishimni sezdilar, sinfga o’rganishim uchun juda katta yordam berdilar. Adashmasam, 2 oylardan keyin sinfkom qilib saylandim. Keyin sinfda qoida bor edi: bir yaxshi o’qiganni yonida bir yomon o’qiydigan o’quvchi o’tirardi.  Sinfning butun ikkichi o’quvchilari bilan o’tirganman, o’qituvchimiz 1-2 oyda meni yonimdagi yomon o’qiydigan o’quvchini o’zgartirib turardilar. Ham to’palon qilmasligi ham darslarni yaxshi tayyorlashidan men mas’ul edim. Bazi a’zolar aytganday men ham Lenin partasida o’tirganlardanman : )Hammani partasida oq rangli mato, faqat meni partamda qizil rangli mato solingandi. Ah Lenin seni bizga qanday tanitishgandi, sen esa bizday sof bolalarni miyyasini berkorga band etibsan"¦.

4. Men oilada ham opa bo’lganim uchun, sinfdagi hammaga o’zimdan kichkinaday qarardim : )Unaqa yaxshi ko’rish-falon degan narsalarga umuman yo’l yo’q edi : )Lekin parallel sinfni sinfkomi Dilshod degan bolani juda hurmat qilardim, maktabni bitirguncha u ham men ham sinfkom bo’ldik, maktabda o’tkaziladigan har xil tabdirlarda asosiy raqibim Dilshod edi, bilimi juda kuchli bola edi. Maktabni ham bitirdik, men Nizomiyga kirdim, u ham qaysidir Unv-ga kirgandi, lekin oradan ko’p o’tmay Dilshodning sariq kasalligidan o’lganligini eshitdim. Alloh Dilshodni rahmat qilsin. Unigday odobli-o’rtog’lariga doimo hurmat-izzatda bo’lgan bola to’grisi u yoshlarda kam bo’ladi. Juda og’ir bosiq edi.
Bazilar yaxshi o’qiydiganlarni hamma yaxshi ko’rardi, deyishibdi, men yaxshi o’qirdim lekin hamma mendan qo’rqardi :1

5. Maktab tugaguncha hech qachon" 2" yoki "œ3" baho olmaganman. Birinchi marta Rus tili darsidan 2 chi sinfda "œ4" olgandim, chunki darsga unchalik yaxshi tayyorlana olmagandim. Bir savolga javob bera olmaganim uchun o’qituvchimiz 4 bergandilar, men rosa yig’lagandim, u kishi nasihat qilgandilar. Bahoga bunchalik ahammiyat berma, asosiysi biliming kuchli bo’lsin, baho o’tkinchi lekin bilimingni hech kim sendan ololmaydi, deb.
Keyingi sinflarda bir-ikki martagina 4 baho olganman. Aslida bu "œ5" baho olishga qiziqish unchalik yaxshi narsa emas, kasallikday gap. Meni ham kundaligimni haliyam ayamlar saqlashadi. Kunda 5-6 dars bo’lsa, 6 kunda eng kamida 30 ta "œ5" bo’lardi"¦.Farzandim maktabga boshlaganida unga yaxshi baho olish kerakligini, lekin o’zini "œo’tdan cho’qqa urmasligini" nasihat qilaman inshalloh.


Qayd etilgan


Hadija  17 Yanvar 2010, 00:36:19

Mahdiyah, Muslima, Siddiqa, Muhseena, Robiya, Saltana(opa), Munavvara, Kumush(opa), imlaah(opa)

1. Payg'ambarimiz s.a.v ayollari, biz uchun o'rnak bo'lgan onalarimizdan qay birlariga o'hshashni, fazllariga  havas bilan qarab, o'rnak olishni istaysiz?

2. Tasavvur qiling, kech soat 23:00. Bir notanish, balog'at yoshidagi o'spirin qiz, dinimizga nomuvofiq tarbiya ko'rgan. Uyingizga sizdan yordam so'rab keldi, ko'cha bezorilaridan qochib, bunday holda siz qanday yo'l tutasiz?

3. Farzand, ayniqsa qiz tarbiyasida onaning o'rni muhim! Balog'atga yetayotgan qizingizni boshlang'ich tarbiyalasida ayni nimalarga ahamiyat berasiz?

Qayd etilgan


Hadija  17 Yanvar 2010, 00:52:23

AbdulAziz, shoir, Abdulhafiz, Ziyovuddin, ZUBAIR, Akbarjon, Muhammad Amin, Abu Muso(aka), Abu Muslim(aka), AbdurRohman, Mr Twister, Birodar, Shokir63 va nomlari yozilmay qolgan boshqa ishtirokchi larga savol.

1. Saodat asri zamonasi, ashobi ikromlardan qaysi birlarining fazillariga o'hshashga havas bilan qarab o'zingiz uchun o'rnak sanaysiz?

2. Tasavvur qiling, kech soat 23:00. Bir notanish, balog'at yoshidagi o'spirin qiz, dinimizga nomuvofiq tarbiya ko'rgan. Uyingizga sizdan yordam so'rab keldi, ko'cha bezorilaridan qochib, bunday holda siz qanday yo'l tutasiz?

3. Tasavvur qiling, siz kelajakda yetim bola asrab oldingiz. Ammo, xalqimizdagi "Yetim qo'zi asrasang og'zi qo'ling moy bo'lur, yetim bola asrasang og'zi burning qon bo'lur" maqoli kabi holat sizning hayotingizda ro'y berdi. Ayni shunday holatdan qanday chiqib ketardingiz?

Qayd etilgan


siddiqa  17 Yanvar 2010, 02:17:00

Mahdiyah, Muslima, Siddiqa, Muhseena, Robiya, Saltana(opa), Munavvara, Kumush(opa), imlaah(opa)

1. Payg'ambarimiz s.a.v ayollari, biz uchun o'rnak bo'lgan onalarimizdan qay birlariga o'hshashni, fazllariga  havas bilan qarab, o'rnak olishni istaysiz?

2. Tasavvur qiling, kech soat 23:00. Bir notanish, balog'at yoshidagi o'spirin qiz, dinimizga nomuvofiq tarbiya ko'rgan. Uyingizga sizdan yordam so'rab keldi, ko'cha bezorilaridan qochib, bunday holda siz qanday yo'l tutasiz?

3. Farzand, ayniqsa qiz tarbiyasida onaning o'rni muhim! Balog'atga yetayotgan qizingizni boshlang'ich tarbiyalasida ayni nimalarga ahamiyat berasiz?
:as:
Savol uchun tashakkur !!!!!!!!

1Mo'minlar Onalarining har birlari islom un o'rnak ,har bir onamdan o'zgacha bir hislatlarni kashf etish mumkin .Rasulullohga eng og'ir paytdaham do'st ham sadoqatli yor bo'lgan ,zakovatli Hadija onamizni gairaymi yoki miskinlar onasi bo'lgan Zaynab onamiznimi ? olima bo'lgan zukko Oisha onamiznimi ?har birlarida ta'zim qilarli darajada hikmatli fazilatlar bor .men Oisha onamizdagi ziyraklikni juda yoqtiraman ,ulardagi sobiralaik hislatidan azginchasi  menda bo'lishini orzu qilaman .Alloh ulardan rozi bn.
 
2To'g'risi o'zim judayam qo'rqoq bo'lganligim sababli ,soat 23 da eshikni yonigayam bora olmasdim,lekin tasavvur qilib ko'raman .unga yordam berardim ,uydagilarni chaqirib albatta .mushkulotlarini so'rab yordam berardim agar qo'limdan kelsa .

3bu haqda ko'p o'ylamaganman ,osmir psihalogiyasi og'ir bo'ladi ,lekin o'ylaymanki dildan suhbat qilardim ,vaqt topib har doim .

Qayd etilgan


Robiya  17 Yanvar 2010, 10:39:45

Mahdiyah, Muslima, Siddiqa, Muhseena, Robiya, Saltana(opa), Munavvara, Kumush(opa), imlaah(opa)

1. Payg'ambarimiz s.a.v ayollari, biz uchun o'rnak bo'lgan onalarimizdan qay birlariga o'hshashni, fazllariga  havas bilan qarab, o'rnak olishni istaysiz?

2. Tasavvur qiling, kech soat 23:00. Bir notanish, balog'at yoshidagi o'spirin qiz, dinimizga nomuvofiq tarbiya ko'rgan. Uyingizga sizdan yordam so'rab keldi, ko'cha bezorilaridan qochib, bunday holda siz qanday yo'l tutasiz?

3. Farzand, ayniqsa qiz tarbiyasida onaning o'rni muhim! Balog'atga yetayotgan qizingizni boshlang'ich tarbiyalasida ayni nimalarga ahamiyat berasiz?

Assalamu alaykum! Savollar uchun tashakkur...

1. Savol o'rnak bo'ladigan onalarimizdan qay birlari deb berilgan ekan (agar umumiy berilganda, hamma onalarimizga degan javobni berardim), Oisha r.a.ga o'xshagim keladi...

2. Albatta qo'limdan kelgancha yordam beraman. Balki u ham Allohning bir in'omidir (hidoyatga sababchi bo'lish ham savob)... Keyin nima qilishni esa... O'zim bilaman, :)

3. Balog'atga yetayotgan qizimning (Xudo xohlasa) boshlang'ich tarbiyasida ham unchalik qiynalmasam kerak , InshaAlloh! Sababi, tarbiya qilishni tug'ilmasdanoq boshlash turli kitoblarda aytilgan. Halol luqma ila taomlanish baxtidan mosuvo bo'lmasam (Alloh nasib etsin!), farzandlarimning tarbiyasida ularning o'zi ko'makdosh bo'ladi (fe\liy va harakatda turli yomonliklardan yiroq bo'lib)...

Baholi qudrat javob berdim, rozi bo'lasiz Hadija! :)

Qayd etilgan


Muhseena  17 Yanvar 2010, 17:10:20

Mahdiyah, Muslima, Siddiqa, Muhseena, Robiya, Saltana(opa), Munavvara, Kumush(opa), imlaah(opa)

1. Payg'ambarimiz s.a.v ayollari, biz uchun o'rnak bo'lgan onalarimizdan qay birlariga o'hshashni, fazllariga  havas bilan qarab, o'rnak olishni istaysiz?

2. Tasavvur qiling, kech soat 23:00. Bir notanish, balog'at yoshidagi o'spirin qiz, dinimizga nomuvofiq tarbiya ko'rgan. Uyingizga sizdan yordam so'rab keldi, ko'cha bezorilaridan qochib, bunday holda siz qanday yo'l tutasiz?

3. Farzand, ayniqsa qiz tarbiyasida onaning o'rni muhim! Balog'atga yetayotgan qizingizni boshlang'ich tarbiyalasida ayni nimalarga ahamiyat berasiz?
Assalamu alaykum!
1.Payg'ambarimiz s.a.v. ayollaridan har birini chin qalbdan yaxshi ko'raman.Ular kabi bo'lishni albatta xohlayman.Rasululloh s.a.v. uchun qiyin bo'lgan davrda suyanchiq bo'la olgan Hadija r.a.,"Ifk" bo'htoniga uchragan Oisha r.a.,o'z qo'li bilan pul topib yana hammasini sadaqa qilib yuborgan Zaynab binti Jahsh r.a. va boshqa onalarimizning ham har birlari o'rnak olish uchun arziydilar.Hozirgi ahvolimda ular meni ko'rsalar,qattiq koyigan bo'lardilar balki,ammo ularga bo'lgan ixlosim tufayli,inshaAlloh bir kun kelib,ular kabi taqvo,ilm sohibasi bo'lishlikni Allohdan so'rayman.Allohning har bir berganida katta hikmat bor albatta.
2.Shunga o'xshash holatni hayotimda eshitganman.Ammo u insonga yordam ko'rsatilmagan.Ahvoli esa achinarli bo'ldi.Shunday ekan,shu hodisadan xulosa qilib olgan holda,kimki yordam so'rasa berishga harakat qilaman.Bu balki hatarli tuyulishi mumkin.Ilohim,hech kim bu kabi holatga tushmasin.
3. InshaAlloh Man har qanday holatda farzandlarimni Allohga muhabbatli bo'lishini va U zotdan qo'rqishini xohlayman.O'ylaymanki,Allohdan qo'rqsa inshaAlloh hammasi yaxshi bo'ladi.Ko'p islomiy tushunchalar bilan o'sgan qizlarni ayrimlari dunyoviy qizlarga havas qilishayotganini ko'rdim.Ancha munchadan xabardor qizlar edi.Shuning uchun farzandlarni dugonalarigayam alohida ahamiyat berishni xohlayman,dugonalar hayotda ko'p narsaga sababchi bo'lib qolishi mumkin ekan.Fikrimcha insonga eng avvalo go'zal taqvo kerak ekan.Buning uchun atrofdagi muhitning tasiri katta menimcha.
P.s. Har kim O'z dardida deganlaridek o'z ahvolimdan kelib chiqib javob berdim....

Qayd etilgan


Mahdiyah  18 Yanvar 2010, 07:50:26

Mahdiyah, Muslima, Siddiqa, Muhseena, Robiya, Saltana(opa), Munavvara, Kumush(opa), imlaah(opa)

1. Payg'ambarimiz s.a.v ayollari, biz uchun o'rnak bo'lgan onalarimizdan qay birlariga o'hshashni, fazllariga  havas bilan qarab, o'rnak olishni istaysiz?

2. Tasavvur qiling, kech soat 23:00. Bir notanish, balog'at yoshidagi o'spirin qiz, dinimizga nomuvofiq tarbiya ko'rgan. Uyingizga sizdan yordam so'rab keldi, ko'cha bezorilaridan qochib, bunday holda siz qanday yo'l tutasiz?

3. Farzand, ayniqsa qiz tarbiyasida onaning o'rni muhim! Balog'atga yetayotgan qizingizni boshlang'ich tarbiyalasida ayni nimalarga ahamiyat berasiz?

1. Yuqorida qizlarimiz ham barcha onalarimizni o'zlariga yarasha va o'rnak olishlik fazllari borligini aytib ularga o'xshashni aytishgan.
Man ham shu fikrdaman. Aynan tanlash shart bo'lsa Rasululloh  :sw: hayotlarining oxirigacha eslaganlari Hadija onamiz va Rasululloh  :sw: eng suyukli inson Oisha onamizga o'xshashni xohlardim  :)

2. Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. kech soat 23:00 mi undan kechmi yordam bergan bo'lardim.

3. Robiyani fikrlariga qo'shilaman... Tarbiyaga bolani tug'ilishidanoq e'tibor berishimiz zarur.
Qizmi o'g'ilmi har soniya e'tiborli bo'lish kerak ONA!
Ziyrak ona farzandining olamida nimalar kechayabdi anglab yetadi.
InshaAlloh shunday ziyrak ve karakli vaqtda keraklicha maslaxat bera oladigan ona bo'lishni xohliman.
Yashashdan maqsad nima? Aslida kimmiz? Nimaga dunyoga kelganimizni bolaligidanoq tushuntirishga harakat qilardim.
O'zini kimligini bilib ulg'aygan farzand inshaAlloh ota-onasini hafa qilarlik ish qilmidi.

Qayd etilgan