Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264893 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 176 177 178 179 180 181 182 183 184 185 186 ... 270 B


AbdulAziz  18 Yanvar 2010, 08:08:29

AbdulAziz, shoir, Abdulhafiz, Ziyovuddin, ZUBAIR, Akbarjon, Muhammad Amin, Abu Muso(aka), Abu Muslim(aka), AbdurRohman, Mr Twister, Birodar larga savol.

1. Saodat asri zamonasi, ashobi ikromlardan qaysi birlarining fazillariga o'hshashga havas bilan qarab o'zingiz uchun o'rnak sanaysiz?

2. Tasavvur qiling, kech soat 23:00. Bir notanish, balog'at yoshidagi o'spirin qiz, dinimizga nomuvofiq tarbiya ko'rgan. Uyingizga sizdan yordam so'rab keldi, ko'cha bezorilaridan qochib, bunday holda siz qanday yo'l tutasiz?

3. Tasavvur qiling, siz kelajakda yetim bola asrab oldingiz. Ammo, xalqimizdagi "Yetim qo'zi asrasang og'zi qo'ling moy bo'lur, yetim bola asrasang og'zi burning qon bo'lur" maqoli kabi holat sizning hayotingizda ro'y berdi. Ayni shunday holatdan qanday chiqib ketardingiz?

1. Ulamolar aytadilar: Rasululloh SAV: "Mening ashobim yulduzlar kabidir. Qaysi biriga ergashsangiz xato qilmaysiz" deganlar. Shunday ekan, ularning har birlarining hayotlari o'rnak va ibratga to'la. Har birlarining fazllari alohida kitob bo'lishga yaraydi. Shuning uchun ham ulamolar aytadilar: "keyingi davrdagi hech qaysi avliyo, hech qaysi olim, hech qaysi tobein, hech qaysi mujtahid Rasululloh s.a.v.ning eng kichik sahobalaridan ham ustun bo'lolmaydi". Shuning uchun ajratmayman. Barchalaridan fayz olaman.

2. Avvalo bu holatni tasavvurimga unchalik sig'dirolomadim. Chunki yashayotgan joyim alhamdulillah, bu kabi holatlardan xoliydir. Tasavvur qilaylik, shunday holat yuz bersa, avvalo uning maqsadi nima ekanligini bilmagan holda unga yordam berolmayman va eshigimni bundaylar uchun ochmaslikka harakat qilaman. Chunki bunday fitnaning xonadonga kirishi undagi barakotga ta'sir qiladi.

3. Yetim asrab olishda ham duch kelganini asrab olinavermaydi. Masalan, o'z yaqinlaringiz, bilgan insonlaringizning yetimlarini asrab olsangiz, bilasiz, oilasi yaxshi tarbiya ko'rgan, ilmli xonadonning farzandi. Allohning taqdiri g'olib kelib, ota-onasi vafot etdi. Ana endi uni asrab, tarbiya qilsangiz, aslida bo'lgan ma'rifat sizning go'zal tarbiyangiz bilan yanada go'zallashadi va siz aytgan holat yuz bermaydi. 

Qayd etilgan


Musannif Adham  18 Yanvar 2010, 11:30:37

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?

Assalomu Alaykum.

1. Ha, 1993 yil, 2 sentyabr kuni ilk marta makabga borganman. Lekin haftaning qaysi kuni ekanligi yodimda yo'q.

2. Birinchi o'qituvchim Xadicha opa Abdurahmonova degan ayol edilar. Juda ham mehribon. Men ham u kishini yaxshi ko'rardim. Ustoz sifatida. Lekin 7,5 yildan beri ko'rganim yo'q. Alloh jonlarini salomat qilsin.

3. Mana shunisi umuman esimda yo'q. Men o'zimning xotiram ancha yaxshi deb yurardim. Lekin buni umuman eslolmadim. Juda ko'pchilik bilan o'tirganman. Lekin birinchisi yodimda yoq.

4. To'g'risini aytaman: hech kimni. Buning sabablari ko'p. Birinchi sababi - o'ta tortinchoq va jur'atsiz edim. Ikkinchisi - bunga vaqt bo'lmagan. Uchinchisi - qizlar bilan umuman chiqisholmasdim. Va oxirida tushunib yetdimki: o'zga jins vakillariga qanchalik masofadan turib muomala qilsangiz (ya'ni interval saqlasangiz), hurmatingiz shuncha baland bo'larkan. Ba'zilar buni kibr va xudbinlikka ham yo'yishgan. (Xususan qizlar) Lekin bu mening shaxsiy xulosam edi. Va hali mahram-nomahram tushunchasini yaxshi bilmasdim. Agar yaxshi o'qish masalasiga kelsak, maqtanish bo'lsa ham aytaman: o'zim sinfda eng yaxshi o'qirdim. 

5. Birinchi "5" ni albatta "Alifbe"dan olganman. "2" olmaganman. "3" ni birinchi marta 3-sinfda "Eski o'zbek yozuvi" fanidan olganman. Yaxshi o'qirdim-u, lekin juda ham xunuk yozardim(arab imlosida).

Qayd etilgan


qaysar  19 Yanvar 2010, 12:22:36

Assalomu alaykum!
Yaxshi mavzu ekan. Mamnuniyat ila men ham savol berib ko'rsam.

Uylangan/turmushga chiqqanlarga:

1. Birinchi farzandingiz og'ilmi yoki qizmi?
2. Farzandlaringizning ismlari nima? Ularni kim nomlagan? Ismlarining ma'nosi nima?
3. Sizga ma'qul keladigan eng go'zal 6 ta ism (3 tasi o'g'il bolalar, 3 tasi qiz bolalar ismi bo'lsin.)


Qayd etilgan


qaysar  19 Yanvar 2010, 12:23:38

Uylanmagan/turmushga chiqmagan/endi farzand kutayotganlarga:

1. Birinchi farzandingizni og'il bo'lishini xohlarmidingiz yoki qiz? Nima uchun?
2. Farzandlaringizga qanday ism qo'yishni ma'qul ko'rasiz?
3. Sizga ma'qul keladigan eng go'zal 6 ta ism (3 tasi o'g'il bolalar, 3 tasi qiz bolalar ismi bo'lsin.)

Qayd etilgan


Afifahon  19 Yanvar 2010, 12:44:34

Assalomu alaykum!
Yaxshi mavzu ekan. Mamnuniyat ila men ham savol berib ko'rsam.

Uylangan/turmushga chiqqanlarga:
1. Birinchi farzandingiz og'ilmi yoki qizmi?
2. Farzandlaringizning ismlari nima? Ularni kim nomlagan? Ismlarining ma'nosi nima?
3. Sizga ma'qul keladigan eng go'zal 6 ta ism (3 tasi o'g'il bolalar, 3 tasi qiz bolalar ismi bo'lsin.)

1.Qiz.
2.Afifa.Adasi qo'ygan.Bilishimcha,ma'nosi iffatli.
3.Abdulloh,Muhammad va AbuBakr.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2010, 16:27:37

Uylanmagan/turmushga chiqmagan/endi farzand kutayotganlarga:

1. Birinchi farzandingizni og'il bo'lishini xohlarmidingiz yoki qiz? Nima uchun?
2. Farzandlaringizga qanday ism qo'yishni ma'qul ko'rasiz?
3. Sizga ma'qul keladigan eng go'zal 6 ta ism (3 tasi o'g'il bolalar, 3 tasi qiz bolalar ismi bo'lsin.)

Savollar uchun tashakkur.

1. Menimcha bu savolga ham javob berganman. Allohning bergani: qaysi birini atagan bo'lsa, shuni shukrona bilan qabul qilardim va ularni ko'zlar quvonchi qilishini Allohdan so'rardim.
 
2. Yoshligimdan orzuim agar o'gil farzand ko'rsam, birinchisiga AbdulAziz ismini qo'yishdir. Buning ma'nosi Eng aziz bo'lgan Allohning qulidir. Agar qiz ko'rsam ixlosli, ehsonli bo'lsin deb Muslima (islomli, islomga bo'yin ekkan), Muhsina (ehsonli, Alloh ko'rib turganini doimo his etib turuvchi), Muxlisa (Allohga ixlos bilan qulchilik qiluvchi) ismlarini tanlardim.

3. O'g'il bolalar: Abdulloh, Abdurrahmon, Muhammad
   Qiz bolalar: Fotima, Muslima, Zaynab

Qayd etilgan


Hadija  19 Yanvar 2010, 21:53:53

Uylanmagan/turmushga chiqmagan/endi farzand kutayotganlarga:

1. Birinchi farzandingizni og'il bo'lishini xohlarmidingiz yoki qiz? Nima uchun?
2. Farzandlaringizga qanday ism qo'yishni ma'qul ko'rasiz?
3. Sizga ma'qul keladigan eng go'zal 6 ta ism (3 tasi o'g'il bolalar, 3 tasi qiz bolalar ismi bo'lsin.)

2. (InshaAlloh) Mustafo, Abdulloh(АБДУЛЛОҲ (а.)- Аллоҳнинг бандаси.),  AbdurRohman(АБДУА А АҲМОА (а.) - ста меҳрибон Аллоҳнинг бандаси.), Rohmatulloh(А АҲМАТУЛЛОҲ (а.) - Аллоҳнинг раҳмати, муруввати, марҳамати билан дунёга келтан бола.), Rufatulloh(Rif'at-yuksaklik, baland martabalik), AbdulLatif(АБДУЛЛАТИФ (а.)- лутфу сҳсон, чексиз марҳаматлар соҳиби бслган Аллоҳнинг бандаси.), Izzatulloh(ИЗЗАТУЛЛОҲ (а.) - Аллоҳнинг ҳурмат-иззатли бандаси бслсин.), Muslima, Hadija, Obida(ОБИДА (а.) - Аллохга ибодат қилувчи, тақводор қиз.), Latifa(ЛАТИФА (а.) - меҳрибон, мулойим қиз.), Munira(МУАИА А (а.) - нур сочувчи, юзидан нур таралувчи, нурли, зебо қиз.), Soliha(СОЛИҲA (а.) - покиза, пок, солиҳ амаллар қилувчи.). Va hokazo...

3. 2- savoldagi barchasi.   

Qayd etilgan


Kamalak  19 Yanvar 2010, 22:39:22

Assalomu alaykum!
Yaxshi mavzu ekan. Mamnuniyat ila men ham savol berib ko'rsam.

Uylangan/turmushga chiqqanlarga:[/b

1. Birinchi farzandingiz og'ilmi yoki qizmi?
2. Farzandlaringizning ismlari nima? Ularni kim nomlagan? Ismlarining ma'nosi nima?
3. Sizga ma'qul keladigan eng go'zal 6 ta ism (3 tasi o'g'il bolalar, 3 tasi qiz bolalar ismi bo'lsin.)


Assalomu alaykum.1.Birinchi farzandim o'g'il. 2. Ismi Zafar,Qaynonam quyganlar,Tolib,saodatmand. 3. Abdulloh,Behruz,Muhammad.  Zarina,Zaynab,Zebiniso.

Qayd etilgan


Mahdiyah  20 Yanvar 2010, 07:13:58

Uylanmagan/turmushga chiqmagan/endi farzand kutayotganlarga:

1. Birinchi farzandingizni og'il bo'lishini xohlarmidingiz yoki qiz? Nima uchun?
2. Farzandlaringizga qanday ism qo'yishni ma'qul ko'rasiz?
3. Sizga ma'qul keladigan eng go'zal 6 ta ism (3 tasi o'g'il bolalar, 3 tasi qiz bolalar ismi bo'lsin.)

1. Albatta Allohni bergani, qiz bo'lsa ham hursand bo'laveramiz, o'g'il bo'lsa ham. Eng asosiysi to'rt buchasi omon bo'lsin... Lekin kichikroq vaqtimda farzandlar haqida o'ylasam negadur 1 chisini qiz bo'lishini xohlardim  :)

2. Mustafo - Rasululloh  :sw: ismlaridan biri, ma'nosi - pok, toza;
Mujohid - Allohni yo'lida jihod qiluvchi;
Muhammad Amin - Rasululloh  :sw: ni payg'ambar bo'lgunlariga qadar va knchalik ham shu ismlar bn chaqirishgan, ma'nosi haqgo'y, ishonchli;
Muhammad Yusuf - Eng go'zal ikki payg'ambar ismi;
Mahdiyah - Allohning hidoyatiga boshlovchi;
Maknuna - sirli, yashirin,
Safiyulloh ham, lekin ma'nosini bilmiman, Odam alayhissalomning ismlari shunday bo'lgan dib o'qigandim  :)...

3. Mustafo, Mujohid, Safiyulloh, Mahdiyah, Maknuna, Muhsina

Qayd etilgan


Bekmirzo  20 Yanvar 2010, 08:27:37

AbdulAziz, Akbarjоn, Muslima, Robiya, Munira xonim, Yurist, Musannif Adham, Shokir63, Muhseena, Nurzoda, siddiqa, Bekmirzo, Kapalak, G_u_l_i, TITAN-UZ, Mahdiyah, Ziyovuddin, registan, Abdulhafiz, Samarqandiy va javob berishni istagan barcha uzerlarga:

1. Ilk maktabga chiqqan kuningizni eslay olasizmi?
2. Birinchi o'qituvchingiz kim edi?
3. Partada kim bilan o'tirgansiz?
4. Sinfdagi qaysi qiz (yigit)ni yoqtirib qolgansiz? (To'g'ri tushuning, yosh bolada qiziqish bo'ladi. Uni sevgi deb atalmaydi. Oddiy qiziqish yoqtirish bo'ladi. Masalan, sinfda kim a'lochi bo'lsa, o'shani hammalari yoqtirib qolishadi. Shu asosda javob bering.)
5. Birinchi olgan 5 ("a'lo") va 2 bahoingiz qaysi fandan edi?
1. Men ham g'ira-shira eslayman. Maktabni ko'rib, bunaqa g'alati joy ekan, hamma bolalar shovqin qilishni yaxshi ko'rarkan, deb o'ylaganman. :)

2-, 3- va 4-savollar:
bularni menimcha bitirish kechasi, 10, 20 yillik kabi yubileylarda berilsa, o'rinli bo'ladigan savollardan, deb o'ylayman. "Kim" deb savol berilayotgani uchun, tinglovchilar (O'quvchilar) gap kim haqda ketayotganini anglashardi. 
- Birinchi o'qituvchimiz Ziyoda opani to'ylarimizga ham albatta taklif etib turamiz.
- Birinchi partadoshim bir qiz sinfdosh bo'lgan. Kun-kunora janjal qilardi men bilan.
- Bo'yi uzun bir qiz sinfdoshim doskaga qaragan vaqtida unga qarab-qarab olardim. :)

5. Birinchi "5" baho menimcha Alifbo darsidan edi. Matematika darsidan birinchi "2" bahoimni olganman. :)

Qayd etilgan