Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265569 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 195 196 197 198 199 200 201 202 203 204 205 ... 270 B


Muslima.bgm  29 Aprel 2010, 13:59:19

Savol xammaga:
1-2ta chet davlatlarida bo'lganimda menga eeennnggg yoqqan tomoni ishchi hodimlarning mijozlar bilan muomala madaniyati bo'lgan. Lekin o'zimizdagi (xammasiyammasu ko'p qismi) muomalasi yomon hodimlarni ko'rib juda jahlim chiqadi.(Bank,aviakassa, supermarketlarda,statistika bo'limlari...........)Ko'pchilik ularni oyligini oshirsa muomalasi xam o'zgaradi deydi. Sizningcha ham shundaymi? Umuman shunaqalarga joyida tanbeh bergan yaxshi desak ish bitmay qolishi mumkin. Balki shuning uchun bunaqalar ko'payotgandir.. ???

Qayd etilgan


Muzayyana  29 Aprel 2010, 15:15:07

Ahli forumga savol:
 
-Siz qayta-qayta sevib  o'qiydigan 1) asar yohud hikoya
                                               2) kitob
                                               3) hadis va albatta nima uchun?

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Aprel 2010, 06:32:35

Savol xammaga:
1-2ta chet davlatlarida bo'lganimda menga eeennnggg yoqqan tomoni ishchi hodimlarning mijozlar bilan muomala madaniyati bo'lgan. Lekin o'zimizdagi (xammasiyammasu ko'p qismi) muomalasi yomon hodimlarni ko'rib juda jahlim chiqadi.(Bank,aviakassa, supermarketlarda,statistika bo'limlari...........)Ko'pchilik ularni oyligini oshirsa muomalasi xam o'zgaradi deydi. Sizningcha ham shundaymi? Umuman shunaqalarga joyida tanbeh bergan yaxshi desak ish bitmay qolishi mumkin. Balki shuning uchun bunaqalar ko'payotgandir.. ???

Bu bor gap.
Yaqinda bir yaqinim operatsiya bo'ldilar.
Shardagi mashxur kasalhonalardan birida...
Narxiyam ancha-muncha...
Kelganlaridan keyin etib berdilar: "Vohooo ularni muomilasini ko'rselar...
Medsestralari og'zingiz qurib qolsa labingizni har 5 minutda ho'llab turishdan charchamaydilar.
Albatta shuncha pul oladiyu muomilasi go'zal bo'masinmi  :)
Lekin muomilasiga gap yo'q."

Shunaqa. Va bu bitta u yerda emas, oyligi yaxshi to'lanadigan deyarli ko'p ishxonalarda. Xatto yaxshi emas, balki ko'proq to'lanadigan ishxonalarda disam to'g'riroq bo'ladi

Lekin mani shaxsiy fikrim...
Hamma gap boshliqda. Agar boshliq hodimlaridan avvalo samimiyatni, yaxshi muomilani talab qilsa va buni har doim idora qilib tursa OLAM GULISTON!
Ayrim ishxonalarda shunday, avvalo muomila deyiladi.
Oyligi 70 ming so'm bo'saham yaxshi muomila qiladiganlar bor. Chunki boshliqni talabi avvalo shu!
500 ming so'm olib ham muomilasi ... insonlar ham kam emas, ularda muomila muhim emas, bu narsa 1-o'rinda emas.
Aslida madaniyat mana shunda.

Ahamiyat bersak nimagadur o'zbeklarda bu xol ko'p uchridi...
Alloh o'nglasin

Yaxshi oylik bersa muomilasi zo'r bo'sade... ertaga ma'lum sabablar bilan oyligi sal kamaysa ho'mrayadimi?  :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Aprel 2010, 06:35:49

Ahli forumga savol:
 
-Siz qayta-qayta sevib  o'qiydigan 1) asar yohud hikoya
                                               2) kitob
                                               3) hadis va albatta nima uchun?

Asarlarni qayta-qayta o'qimiman hech.
Lekin "Ufq" ni topsam yana bir o'qish niyatim bor. Manga juda qattiq ta'sir qilgan shu kitob.

Hadisniham qayta-qayta o'qimiman, lekin kerak bo'lsa qidirib topib qayta o'qiman  :)

Kitob esa albatta Qur'oni Karim. Bu Kitobni bir o'qib tashlab qo'yadigan Kitob emas albatta  :)
Ikki dunyoimiz uchun ham foydali... InshaAlloh

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Aprel 2010, 06:43:43

Barcha javoblar uchun tashakkur. Lekin hurmatli Habib, Man ham uni o'rniga o'zimni qo'yib ko'rdim. Baribir otasiga aytish juda qiyin narsa ekan. Chunki bu bilan oila buzilib ketishi mumkin. Bundan tashqari qizining oilasida xam tinchi buziladi(qaynona, qaynotalar oldida).Yana uylantiradigan ukasi bor. Onasa "anaqa"ga kim qizini beradi. Kecha sizni zino haqida yozgan postingizni chiqartirib dugonamga berdim, oyingga o'qit deb, qani natijasi nima bo'larkin.
Ziyovuddin "o'zimni hayotimda tasavvur qilib ko'rdim" debsiz. Bu bilan siz ham aytish kerak demoqchi bo'lgansiz to'g'rimi. Lekin chin dildan o'zimizni qo'yib ko'rsak baribir aytish juda juda qiyin masala. Hech kimga bunday arosatni ravo ko'rmayman...

Rosti man ham o'qib bir javob yozimi, yo'qmi dib ikkilandim.
Keyin yoshim kichikligi, oilaviy muammolarda u qadar malakam yo'qligiga botinmadim.
Lekin nimagadur man ham Ziyovuddindek tasavvur qilib ko'rdim. Astag'firulloh... qaltirab ketdim.

Man buni tasavvurimni bir chetiga ham keltira olmas ekanman.
U qizga juda qiyin, o'zimni uni o'rniga qo'yib ko'rib, shuncha tashvishlandim, uni tasavvur qilayabman.

Lekin bir narsa aniq! "ONA" bilmadimu qiz becharaga HOTIRJAMLIK yo'q.
Xohlasin xohlamasin yo sohta samimiyat bilan yashashga mahkum!
Yoki ...
Man ham Habibni fikrilariga qo'shilaman. Etish kere.
bu lekin qiyin... juda qiyin... botinib otasiga bor haqiqatni aytish.
Rosti bunga hamma ham botina olmaydi, ayniqsa qiz bola.
Bu yerda o'tirib yozish boshqa, muammo bilan yuzma-yuz ko'rishish boshqa.

Alloh o'nglasin.
Dugonangiz esa Allohdan madad so'rasin. UNI O'ZI to'g'ri yo'lni ko'rsatadi.
Alloh mushkullikda qolgan bandasini unutmidi! U BUYUK ZOT!


Qayd etilgan


siddiqa  30 Aprel 2010, 07:21:41

Y_U_R_I_S_T, Musannif Adham, birodar, Muhseena, siddiqa ga

Sizni matbuot va TV ga mas'ul qilishdi.
Avvalo o'zgartiradigan yoki yangilik kiritadigan 3 ta narsa?


 :as:

Hozirda matbuotda va tvda shu darajada saviyasiz narsalar ko'pki insonlar ongi ham bu narsaga ko'nikib ketgan ,bir ayol uyda soat 9 dan meksikalik honimning dardu hasratiga achinib yig'lidi ,undan keyin hitoy ,yapon ,koreys millatining dardiga achinib tvini tagida soatlab qolib ketishadi .

aslida biz o'zimizning ahvolni o'ylashimiz kk .

1)tvdagi bo'lar bo'lmas ustiga uyidan nima topsa ilib ketadigan qo'shiqchilarni vabshe ban qilib tashlardim .

2)Oilaviy dardini kulgili tarzda (o'zi rostan shunaqami O'ylanib qolasiz ) ekranga olib chiqishga qarshiman ,jurnalistlarni bergan savolichi .
 "endi siz bu ishizdan afsusdamisiz Mish ?"


3)Bolalar uchun ertaklardan tashqari ,eng kerakli insonlarni tanishlari un zamin yaratardim .ham tv ham matbuotda .

Qayd etilgan


Musannif Adham  30 Aprel 2010, 13:25:14

Kapalak, Shokirbek, ZUBAYR, Chehmik, Musannif Adham, saltanat, birodar, Shoxjahon12, AbdulAziz, Abu Muso ga...

Bir millatning qaysidur odati sizga juda yoqadi va siz hamisha shu odat (urf) ni ko'rganingizda "Qani edi biz o'zbeklarda ham shu odat bo'lsa qanday yaxshi bo'lardi" dib, qaysi odat o'zbeklarda ham bo'lishini juda xohlardiz?


Assalomu Alaykum.

Men aksar arablardagi voqe'alarga Islomiy nuqtai nazardan yondoshish, ya'ni fikr bildirish bizning o'zbeklarimizda ham keng tarqlishini xohlardim. Masalan, taajjublanganda "Subhanalloh", "MashaAlloh", istig'for aytganda "Astag'firulloh" deb aytishlari, hatto bir-biri bilan gap talashib qolganda ham o'z g'azabini bosish uchun "La ilaha illalloh" deb ko'p marta qaytarishlariga o'xshash odatlari men o'zimizning o'zbeklarda ko'rishni xohlagan fazilatlardandir.

Keyin Abu Muso akamiz aytganidek, o'likni tezda ko'mish ham arablarga xos odat. Ular xuftonmi, bomdodmi biror jamoat namoziga mayitni olib kelib, janozani o'qishsa bo'ldi. Shu zahoti ko'mishadi. Va shu bilan bu boradagi shar'iy ko'rsatmalarga to'liq amal qilishadi.

Alloh bizning millatimizni ham shunday xislatlar bilan bezasin.   

Qayd etilgan


Muallim  30 Aprel 2010, 20:29:47

Savol barcha Forumdoshlarga.
Kecha bir dugonam Bu jiddiy oilaviy gap bo'lishiga qaramay, uyida bo'lgan voqeani aytib berdi.
Kechadan oldin kuni adasi bir ish bilan boshqa shaharga ketibdi. Oyisi, ukasi va dugonam qolgan uyda. Uxlash payti bo'lganda oyisi silar uxlayveringlar meni oshxonada ishim bor deb chiqib ketibdi. Xaligi dugonam uxlamasdan kitob o'qib 2 soatlar vaqtini o'tkazibdi. qarasa oyisidan xaligacha darak yoq.Habar oliychi deb oshhonaga borsa ichidan qulf ekan. Oyi shettamisiz desa xa ssan uxlayver xozir boraman degan. Qiz bir nimadan shubhalanib nari ketganday bo'lganda keyin kelib, yolg'ondan "Adam keldilar oyi o'rtoqlari bilan tez chiqarkansiz degan. Oyisi tez ichkaridan shoshib chiqibdilarda. Shunda poylab turgan qiz oshxonani eshigini ochsa bir notanish Erkak yotgan ekan. Qiz nima qilarini bilmay yig'lab yuborgan. Endi manga oyimga qarashga xam jirkanyapman, nima qilay deydi. Adamlarga aytsammikan dedimu oilamiz buzilib ketiishidan qorqdim deydi. Bundan tashqari dugonam bir oilaning kelini ,Qaynonamlar bu haqda eshitishsa kim degan odam bo'laman deb boshi qotgan.
Qiz qanday yo'l tutgani ma'qul deb o'ylaysizlar?

"œ"¦Guvohlikni berkitmang! Kim uni berkitsa, uning qalbi gunohkordir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni biluvchi zotdir." (Baqara surasi 283-oyat)

"œZinokor ayol va zinokor erkak, ikkovlaridan har birini yuz darradan uring. Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirguvchi bo'lsangizlar, Allohning (bu) hukmida (ya`ni, zinokorlarni darralashda) sizlarni ularga nisbatan rahm-shafqat (tuyg’ulari) tutmasin!" Agar sizlarning Allohga va oxirat kuniga bo’lgan iymoningiz haqiqiy bo’lsa, u holda sekinroq yoki kamroq urish bilan Allohning zinokorlarga belgilagan jazosini bekor qilmanglar. Ularga rahmingiz kelmasin. Chunki zinokor rahm-shafqat ko’rsatishga arzimaydigan yaramas, tuban jinoyatchidir.  "œUlarning azoblanishiga bir toifa mo'minlar guvoh bo'lsinlar!" (Nur surasi, 2-oyat mazmuni)
Shunda jinoyatchilar ham jisman, ham ruhan qiynaladilar. Boshqalar ham odamlar orasida sharmanda bo’lishdan qo’rqib, bu qabih ishdan o`zlarini tiyadilar. Chunki ayrimlarga jazolanishdan ko’ra, sharmanda bo’lish kuchliroq ta’sir qilishi mumkin.

Ulamolar aytadilar: "œMazkur jazo buydoq — oila qurmagan zinokorlarga taaluqlidir. Agar zinokorlar oilali yoki ilgari oila qurgan bo’lishsa , ular toshbo’ron qilib o’ldiriladilar. Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam sunnatlarida bu hukm o’z ifodasini topgan. Mabodo zinokorlar bu dunyoda jazosini olmasalar va tavba qilmay o’lsalar, u dunyoda do’zaxda olov-qamchilar bilan azoblanadilar".
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "œZinokor zino qilayotgam vaqtida mo’min bo’lmagan holida zino qiladi. O’g’ri o’g’rilik qilayotgan vaqtida mo’min bo’lmagan holida o’g’rilik qiladi. (Ichuvchi) hamr ichayotgan vaqtida mo’min bo’lmagan holida ichadi" (Muttafaqun alayh).
 
Rivoyatlarda kelganki, kim oilali ayol bilan zino qilsa, ularning har ikkisiga qabrda butun islom ummatiga beriladigan azobning yarmi beriladi. Qiyomatda esa Alloh taolo ayolning eri foydasiga hukm qiladi.
Mazkur holat er bu ishdan bexabar bo’lgan taqdirda ro’y beradi. Agar erning xabari bo’lsa-yu, sukut saqlasa, e’tibor bermasa, Alloh unga jannatni harom qiladi. Chunki Alloh taolo jannat darvozalariga: "œSen dayuslarga haromsan", deb yozib qo’ygan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Alloh subhanahu va taolo Baqara surasining 284-oyatini nozil  qilganida Sahobalarga bu oyat o’g’irlik qildi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borib, cho‘kkalab o‘tirishdi va: «Ey Allohninig rasuli! Biz toqatimiz yetadigan namoz, ro‘za, jihod va sadaqa kabi amallarga buyurilgan edik. Endi bo‘lsa, bu tushgan oyatga toqatimiz yetmaydi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar ham oldingi ikki ahli kitob, ya’ni yahudiy va nasroniylar kabi: «Eshitdik va osiylik qildik», deyishni xohlaysizlarmi? Balki uning o‘rniga: «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat Uzingga qaytajakmiz», deb aytinglar», dedilar. Ular tillaridan toyilguncha: «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O’zingga qaytajakmiz», deb takrorladilar. Shundan keyin Alloh arshning ostidagi hazinadan berilgan Baqara surasining so’nggi ikki oyatini nozil qildi.
 
"œAlloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. Foydasi ham kasbidan, zarari ham kasbidan. Ey Robbimiz, agar unutsak yoki hato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga o’xshash og’irlikni bizga yuklamagin. Ey robbimiz, bizga toqatimiz yetmaydigan narsani yuklamagin. Bizni afv et, mag’firat qil va rahm et"¦" (Baqara surasi 286-oyat)

"Inna lillahi va inna ilayhi rojiun".  Biz Allohning amriga, oyat va hukmlariga sahoba raziyallohu anhumlar singari «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O’zingga qaytajakmiz» deb itoat etmog’imiz lozim va lobuddir. Rasuli akram sallallohu alayhi vasallamdan hayotlik chog’larida bir ayolni o’g’rilik qilgani uchun keltirilib unga yengillik so’raladi. (ma’lumki, islomda Allohning amri ila o’g’rilik qilgan insonning qo’li chopiladi) Shunda  Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qasamki, agar qizim Fotima shu ishni qilganida ham uning qo’li chopilishiga buyurar edim degan edilar. Birodarlar agar biz bu holatlarda rahmdillik, tarafkashlik qilsak, Allohga osiy bo’lgan holda qalbimiz gunohkor bo’ladi. Alhamdulillah Alloh subhanahu va taolo bizlarni, jumlamizni olim va fuzalolar bilan ne'matlantirdi. Voqelik o’ta jiddiy ekan va biz bu holatda iymonimiz sustlik qilayotgan ekan uni ulamolarimizning birlari ila jonli suhbatda hal etmoq kerak. Bildirgan fikrimda hato ova kamchiliklari bo’lsa Alloh kechirsin.
 :as:

Qayd etilgan


Akbarjоn  01 May 2010, 00:16:04

Zinokorni qatl etishmasalasida shayx MSMYu xazratlarining javoblari:

Savol:  Assalomu alaykum Shayh xazratlari! Sahifalarni kuzatib borayotgan bo'lsangiz "Foxishani qatl qilish mumkinmi?"-degan savol bilan yordam so'rab murojaat qilgan edim. Birodarlardan ko'p javoblar oldim, hammaga raxmat.Alloh ulardan rozi bo'lsin.Berilgan javoblarning barchasi bir taraf ya'ni "qatl mumkin emas". Lekin bir hadisni o'qib miyamda bir-biriga zidlik paydo bo'ldi...
Javob: Shayx MSMYu dan

Qayd etilgan


HMF  01 May 2010, 02:09:42

Ahli forumga savol:
 
-Siz qayta-qayta sevib  o'qiydigan 1) asar yohud hikoya
                                               2) kitob
                                               3) hadis va albatta nima uchun?

O'tkir Hoshimovni kitobi bor edi "Ikki eshik orasi" degan usha kitob arzidi lekin 3-4 martta qayta qayta o'qishga

p.s. hadisni bu yerga qoshmasayam bo'ladi chunki hammasini qayta qayta o'qiladi hohlasa hohlamasa...

Qayd etilgan