Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265609 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 196 197 198 199 200 201 202 203 204 205 206 ... 270 B


Jamila  01 May 2010, 21:57:22

Siddiqaopaga ...

Savol;Biror yaqin insoniz yoki biror kishi sizni hafa qilsa uni kechirarmidingiz yoki yo'q shuni bilmoqchidim?

Qayd etilgan


Sadulla  02 May 2010, 06:19:11

Savol xammaga:
1-2ta chet davlatlarida bo'lganimda menga eeennnggg yoqqan tomoni ishchi hodimlarning mijozlar bilan muomala madaniyati bo'lgan. Lekin o'zimizdagi (xammasiyammasu ko'p qismi) muomalasi yomon hodimlarni ko'rib juda jahlim chiqadi.(Bank,aviakassa, supermarketlarda,statistika bo'limlari...........)Ko'pchilik ularni oyligini oshirsa muomalasi xam o'zgaradi deydi. Sizningcha ham shundaymi? Umuman shunaqalarga joyida tanbeh bergan yaxshi desak ish bitmay qolishi mumkin. Balki shuning uchun bunaqalar ko'payotgandir.. ???
:as:
Gap faqat pulda emas.Odamlar ishga sidqi dildan yondashib,bu qilayotgan ishlari uchun savob olishlarini o'ylashlari kerak.Chunki odamlarga yordam berish bu yaxshilikdir va xar bir yaxshilik uchun ajr bordir,eng avvalo shu haqda o'ylash kerak.Hozir esa ko'pchilik ishga mehr bilan yondashmaydi,o'zi uchun foydasi bo'lmagan ishga jon kuydirgisi kelmaydi.Borib borib hammasi tarbiyaga taqaladi,pulni birinchi o'ringa qo'yish esa noto'g'ri.Hozir o'qivotgan Tohir Malikning "Iymonlashish umidi " asaridagi bir joyi shu savol javobiga jaaa mos tusharkan:

"Agar biz uchun ish birinchi darajali, ish haqi esa ikkinchi darajali bo‘lsa, u holda bizning janobimiz mehnat va bu mehnatni yaratuvchisi — Xudodir. Agarchi ish biz uchun ikkinchi darajali, ish haqi esa undan muhimroq bo‘lsa, u holda biz ish haqi qulidirmiz. Ish haqining yaratuvchisi esa Xudo emas, shayton alayhila’nadir. Shaytonlarning ham eng tubanidir."
 :as:

Qayd etilgan


Ansora  02 May 2010, 14:27:21

Kapalak, Shokirbek, ZUBAYR, Chehmik, Musannif Adham, saltanat, birodar, Shoxjahon12, AbdulAziz, Abu Muso ga...

Bir millatning qaysidur odati sizga juda yoqadi va siz hamisha shu odat (urf) ni ko'rganingizda "Qani edi biz o'zbeklarda ham shu odat bo'lsa qanday yaxshi bo'lardi" dib, qaysi odat o'zbeklarda ham bo'lishini juda xohlardiz?


Mahdiyah savol uchun rahmat.

Mana 6 yildan beri Turkiyadaman. Koshki bizda ham shunday bo'lsa edi, degan narsalari anchagina bo'lgan eng boshlarda, keyinchalik vaqti bilan ko'nikaverarkansiz, yangi joyingizga.

Turkiya xalqining haqiqiy Turkiylari (yani O'rta Osiyodan ko'chib kelganligini inkor etmaganlari) aslida juda Vatanparvar bo'lishadi. İlgari ham yozganimday Askarlik Turkiyada Shahidlik tushunchasi bilan tengdir. Askarga ketadigan bolaga onasi chimchilog'iga xina surtadi, sababi esa Qurbonlikka atalgan qo'y-qo'zilarga xina surtilarkan....Yani farzandini Ona-Vatanining omonligi uchun Qurbon qilishni qabullanishadi bechora onalar....Mana kecha yana terroristlar bilan chiqqan jang 6 soat davom etdi. 4 askar shahid bo'ldi, 7 askar esa og'ir yaralangan....Rabbim oilalariga sabr bersin, askarlarni esa O'zi mukofotlasin inshalloh....

Vatan sevgisi iymondan kelar ekan, bizni insonlarimizda ham Vatan tuyg'usining yana da kuchli bo'lishini jonu dildan xohlardim....

 

Qayd etilgan


siddiqa  03 May 2010, 07:42:45

Siddiqaopaga ...

Savol;Biror yaqin insoniz yoki biror kishi sizni hafa qilsa uni kechirarmidingiz yoki yo'q shuni bilmoqchidim?

 :as:

Jamila ...sizday paytimda umuman kechirish degan narsa nimayu kechirim so'rash nima ekanligini qaysarligimdan bilgim ham kelmasdi ,lekin bu yahshi odat emas chunki Alloh kechirguvchi va kechiruvchilarni sevadi .......
Albatta sizni hafa qilgan odamni shundoqqina kechirib ketavermang o'sha inson o'z hatosini tushunsin .

kechirmasangiz battar siqilib ketasizku ,menda hozir shunaqa kimnidir hafa qilsam kechirim so'rayman darrov qo'rqoq oldin musht ko'tarar deganlariday  :D :D :D

shu sababli meni hafa qilgan yaqinlarim ham darrov kechirim so'raydilar .keyin o'zimni o'ylaganga solib a nimayam qilardim baribir kechiraman de . ;D ;D ;D

Qayd etilgan


Muzayyana  06 May 2010, 13:12:52

AbdulAziz, mahdiyah, Muslima, siddiqa, Hadija, Ziyovuddin va boshqa javob berishni hohlagan forumdoshlar uchun savol:

-Ilk bor sajdaga bosh qo'yganingizni eslay olasizmi va o'shanda nimalarni his qilgansiz(agar siz bo'lmasa) .

Qayd etilgan


Ansora  06 May 2010, 13:22:30

AbdulAziz, mahdiyah, Muslima, siddiqa, Hadija, Ziyovuddin va boshqa javob berishni hohlagan forumdoshlar uchun savol:

-Ilk bor sajdaga bosh qo'yganingizni eslay olasizmi va o'shanda nimalarni his qilgansiz(agar siz bo'lmasa) .

Yoshim 10-11 bo'lganligi va 1 yoshli ukam ustimizga chiqib olavergani sabab (ilgari ham yozgandim) afsus ilk namozimni his qila olmaganman, Alloh avf etsin...

Qayd etilgan


Akbarjоn  06 May 2010, 14:29:55

AbdulAziz, mahdiyah, Muslima, siddiqa, Hadija, Ziyovuddin va boshqa javob berishni hohlagan forumdoshlar uchun savol:

-Ilk bor sajdaga bosh qo'yganingizni eslay olasizmi va o'shanda nimalarni his qilgansiz(agar siz bo'lmasa) .
Savol uchun tashakkur, Alloh rozi bo'lsin

3 yoki 4 yoshlarda edim shekilli
uyimizda jamoat bo'lib nomoz o'qishardi
birinch nomoz o'qiganimda fikri hayolim, endi qaysi sur'ani o'qisam ekan, xozir Alloh meni ko'rib turibdi, xato qilib qo'ysam meni urushmasmikan (yosh bolaning hayolida bu :) ),  endi nima qilsam  ekan degan gap bilan ovvora bolgan edim :)
Chunki nomoz o'qishdan oldin tartib qoidasini so'rab olmagan ekanman


Qayd etilgan


JaviK  06 May 2010, 15:31:27

AbdulAziz, mahdiyah, Muslima, siddiqa, Hadija, Ziyovuddin va boshqa javob berishni hohlagan forumdoshlar uchun savol:

-Ilk bor sajdaga bosh qo'yganingizni eslay olasizmi va o'shanda nimalarni his qilgansiz(agar siz bo'lmasa) .

8 yoshlari chamasida edim, obodadam kasal bo`lib qoldilar, dadam safarda edilar Iyd Ramazon Hayit bayrami edi, ertalabda uyimizdan hech kim namozga chiqmaydi deb buvam hafa bo`lganlarida men chiqaman deb, chiqqan edim shunda sajdaga birinchi boshim tekkan, lekin hech hayajon bo`lmagan, ammo Namoz oxirida Jamoat ovoz chiqarib

Allohu Akbar, Allohu akbar....

Qo`shilib takbir  aytar ekanman ko`zimga yoshlar kela boshlagan. 

Qayd etilgan


Hadija  13 May 2010, 17:06:36

Saltanat opa, Robiya, Hadijaga:

Tasavvur qiling: (Alloh saqlasin) Turmush o'rtog'ingiz namoz o'qimay qo'ydi. O'zingiz rosa gapirib, tushuntirdingiz, foydasi bo'lmadi. Qanday chora qo'llardingiz?
Assalam alaykum.
Savol uchun tashakkur, bir kechga qoldik javobga uzr so'rayman.
Bunday holga tushishdan Allohning o'zi saqlasin, nasihat kor qilmasa, bandasining qo'lidan keladigani faqat duo. Ammo, yiqilgan kurashga to'ymas dgandek, to ibodatga kirmagunchlaricha dillariga yoqadigan tarzda baribir nasihat, da'vat qilaverardim... (Ahir noumid shayton-ku)
Bandasidan faqatgina nasihat, Allohdan esa Hidoyat!
P.S: AbdulAziz, Hoshimovni kitoblarini tahrir qilbi bo'ldim, forumga joylamagan bo'lsez kiyingi safar yuboraman ungacha joylamey tursez juda yaxshi kitob ekan.

Qayd etilgan


JaviK  15 May 2010, 11:15:36

 :as: AddulAziz aka, Abu Muso aka. Chustiy aka.  Kapalak opa, Muzayyana opa. Robiya opa. Hadija opa, Siddiqa opa,
Onanggizdan yoki biror yaqininggizdan eshitgan birinchi hadis?

Qayd etilgan