Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265570 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 199 200 201 202 203 204 205 206 207 208 209 ... 270 B


Abdullоh  16 May 2010, 00:42:24

Muhibb aka. Habib aka. Ruzibayev aka. Salmoniy Forsiy aka. HMF aka. Siddiqa opa. Guli opa. Belleqizcha opa. Akbar aka. Abdulloh aka.

Birinchi sotib olgan diniy kitobiz va taasurotlariz?

Hammasi aniq esimda emasku, lekin o'sha paytda qalbimda o'tgan hislar u haqda eslaganimda yurakni junbushga keltiradi. Chorsu bozoirga borgandim. Aylanib yurib, devor tagidagi qatorlarga borib qoldim. U yerda bir qancha kitoblar bor ekan. Bir-bir ko'rib, ma'qulini sotib olganman. Keyinchalik, yuqoridan, ya'ni masjid oldidagi Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlatlarining kitoblari sotiladigan do'kondan kitob oladigan bo'lganman. Uyga olib borganimda dadam ko'rib juda xursand bo'lgan va rosa duo qilgandi. Hatto tanishlariga ham ko'rsatib, meni maqtagandi. Keyin, bilasizmi, dadamning bir-ikki tanishi bizga ham shunday kitoblar sotadigan joyni ko'rsat degandi. Ularga Toshkentdagi kitob do'koni haqida gapirib berganman.

Qayd etilgan


Habib  17 May 2010, 08:54:08

Shoxjahon12 aka.  AbdulAziz aka. Chexmik aka. Habib aka.  va Fudbol ishqibozlariga

Sizga  O`zbekiston terma jamosiga murabbiy  saylash huquqi berildi kimni saylagan bo`lar ediz?
Sir.Yuriy Sarkisyanni. Bilmadim. Shu odam hech termani boshqarmagan.(menimcha,yo adashyapman. Lekin baribir yana bo'lsa ham mayli.) Qolgan hamma boshqarib chiqdi hisob ;)

Qayd etilgan


Habib  17 May 2010, 08:56:27

Barcha ota-ona bo`lish bahtiga muyassar bo`lgan a`zolarga

Farzandiz birinchi marotaba  "œLa ilaha illalloh "   deganda ko`nglizdagi kechinmalar.

Hali nuridiydamiz juda kichkina. "œLa ilaha illalloh " degan kuni qalbimiz to'lib, Yaratganga shukrona,hamd aytamiz. Bunday ne'matni,ko'zimizni quvocnchlarini bizga in'om etgani uchun kechayu kunduz hamd aytsak ham kam!

Qayd etilgan


Habib  17 May 2010, 08:58:19

Muhibb aka. Habib aka. Ruzibayev aka. Salmoniy Forsiy aka. HMF aka. Siddiqa opa. Guli opa. Belleqizcha opa. Akbar aka. Abdulloh aka.

Birinchi sotib olgan diniy kitobiz va taasurotlariz?

Men ham namoz o'qiyman degan kitob. Eslay olmayman nechanchi yilligini. Taasurotlarim hozirgacha ibodat qilishimga yordam beradi ;)

Qayd etilgan


Muslima.bgm  17 May 2010, 09:39:45

Barcha ota-ona bo`lish bahtiga muyassar bo`lgan a`zolarga

Farzandiz birinchi marotaba  "œLa ilaha illalloh "   deganda ko`nglizdagi kechinmalar.

Juda ham chiroyli savol. Farzandimiz xali kichkinaligi uchun bu so'zlarni to'liq ayta olmaydi. Mandan keyin so'zma so'z qaytara oladi. Lekin har duoga qo'l ochganimizda jajji qo'lchalarini ochib u ham Omin, Allohu Akbar degan so'zni burro talaffuz qilganida qalbim titrab ketadi. Ayniqsa men namoz o'qiganimda yonimda o'zining kichkina joynamozchasini ustiga o'tirib pichirlab bir narsalar deyishi hammamizni hayratga solgan. Hali 3 yoshga ham to'lmagan shu murg'ak qalbchasi bilan nimalarni tilayotgan ekan. Allohga beadad shukronalar aytaman.Bizni musulmon qilib yaratganiga va farzandimizni mo'min-musulmonlar orasida tarbiya topayotganiga.






Qayd etilgan


muhibb  17 May 2010, 10:19:54

Barcha ota-ona bo`lish bahtiga muyassar bo`lgan a`zolarga

Farzandiz birinchi marotaba  "œLa ilaha illalloh "   deganda ko`nglizdagi kechinmalar.

Qizim hali "La ilaha illalloh" deyihga yoshlik qiladiyu, ammo, aniq va ravon "Alloh" deydi. Birinchi marta 4 oylik bo'lganida shu kalimani aytganida, ichimga sig'may ketgandim. Allohdan qizimning birinchi kalimasi Uning muborakismi bo'lishini nasib etishini tilab, duo qilardim. Duolarimni ijobat qilganiga shukr.

Qayd etilgan


ibrohim  18 May 2010, 22:05:31

barcha forum a'zolariga savol

BOYLIK AFZALMI YOKI KAMBAG'ALLIK?

Qayd etilgan


HMF  18 May 2010, 23:30:44

barcha forum a'zolariga savol

BOYLIK AFZALMI YOKI KAMBAG'ALLIK?

Vasatiylik afzal!

agar ikkalasidan birini tanla deganda man boylikni tanlagan bolaridim!

Qayd etilgan


BelleQizcha  19 May 2010, 02:02:35

barcha forum a'zolariga savol

BOYLIK AFZALMI YOKI KAMBAG'ALLIK?
manimcha o'rtada turish yaxshi.. Lekin babir birinchisi zor-dee

Qayd etilgan


Sadulla  19 May 2010, 06:31:29

barcha forum a'zolariga savol

BOYLIK AFZALMI YOKI KAMBAG'ALLIK?
:as:

Boylik ham kambag'allik ham insonning peshonasida bo'lsa ko'rib ketaveradi.Boy odam boyligi uchun shukr qilishi kerak,kambag'al esa sabr, shundagina ularning ikkovi oxiratda savobini ko'radi.Xarom yo'l bilan topilgan boylikni bandaga hech qanday foydasi yo'q,chunki bunga bu dunyoda rohatlanib yashasa,oxiratda azobini tortadi.Kambag'al odam sabr qilmasdan nolib,boylarga hasad qilsa,bu ham noto'g'ri.Olloh  :jl: bergan rizqqa shukr qilib yashash eng afzali meni fikri ojizimcha.

Qayd etilgan