Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265528 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 200 201 202 203 204 205 206 207 208 209 210 ... 270 B


Robiya  19 May 2010, 07:23:08

Assalamu alaykum!

"Kambag'al" boylikdan boy "kambag'allik" afzal... :)

Qayd etilgan


Jamila  19 May 2010, 09:08:14

javik_0770_lito

Savol: Osh qilishni o'rganish niyatiz bormi?

Qayd etilgan


JaviK  19 May 2010, 09:26:50

barcha forum a'zolariga savol

BOYLIK AFZALMI YOKI KAMBAG'ALLIK?
Boylik deganda ko`pincha  pul, mansab va boshqa narsalarni tushuniladi. Meni fikrimcha bu narsalar yashash uchun extiyojlar holos.
Boylik bo`lsayu baht bo`lmasa, bunday boylik hech kimga tatimaydi. Kambag`al bo`lsangiz ham to`rt muchchangiz sog` bo`lsa, oilangiz tinch bo`lsa, Solih soliha farzandlar ollohim bersa Bunday boylikni qayerdan topasiz yana. Qimirlagan jonzot borki rizqini beraman degan Ollohim, Kambag`allik bu rizqsiz degani emas. Hayrulla hamidovning "Kichkina Da`vatchi " hikoyasini eshitganimda ko`nglimga menga ham shunday farzand nasib qilsin deb Ollohdan so`raganman. Boylik-agar halol yo`l bilan topilgan bo`lsa buham bir baxt. Sabr ham bir boylik.

Qayd etilgan


JaviK  19 May 2010, 09:29:19

javik_0770_lito

Savol: Osh qilishni o'rganish niyatiz bormi?

Albatta nasib qilgan bo`lsa o`rganib olamiz. 

Qayd etilgan


muhibb  19 May 2010, 11:02:21

barcha forum a'zolariga savol

BOYLIK AFZALMI YOKI KAMBAG'ALLIK?

Har ikkisinig o'z o'rni bor.
Payg'ambar alayhissalomning bir xadislarida: "Kuchli mo'min zaif mo'mindan Alloh nazdida xayrli va sevimliroqdir" deyilgan. Olimlar shu hadisdagi "kuchli"  so'zini "Jismonan kuchli" ma'nosidan tashqari "moddiy jihatdan kuchli" va "aqlan salohiyatli" ma'nolarida ham qo'llaganlar. Shu hadisga va boshqa hadislarga binoan, bo'y bo'lish afzal. Chunki, boy bo'lish orqali Allohga yaqin bo'lishning imkoniyatlari kattaroq. Hozirgi paytda musulmon boylarimiz ko'paygani foydali deb hisoblayman.

Boshqa bir hadisda esa, "Boy kambag'alga nisbatan 500 yil keyin jannatga kiradi" deyilgan. Chunki boy qo'lidagi mollarini qaysi yo'lda, nima maqsadda sarflagani hisobini beradi. Shuningdek, o'zbek xalqida ham "Och qornim tinch qulog'im" qabilida maqol bor.

Har ikki "xislat" vaqti-vaqti bilan dolzarb bo'ladi. Hozirgi kunda boy bo'lgan ma'qul, faqat boylikni sevmaslik lozim.

Qayd etilgan


muhibb  19 May 2010, 11:03:09

javik_0770_lito

Savol: Osh qilishni o'rganish niyatiz bormi?

Albatta nasib qilgan bo`lsa o`rganib olamiz. 

iye, hali osh qilishni bilmaysizmi? :o :o :o :o :o

Qayd etilgan


Ansora  19 May 2010, 12:22:22

barcha forum a'zolariga savol

BOYLIK AFZALMI YOKI KAMBAG'ALLIK?

Har ikkala holatni ham "ko'tara olish" nasib qilsagina yaxshi natijalar o'rtaga chiqadi.
Kambag'al bo'lib boshqasini mol-mulkida ko'zim qolguncha, boy bo'lib faqir-fuqaroga yordam berishni afzal ko'rardim.

Shu o'rinda mashhur maqol:

"Ko'p berib ozdirma, kam berib bezdirma" (Yo Rabbim)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 May 2010, 12:27:29

barcha forum a'zolariga savol

BOYLIK AFZALMI YOKI KAMBAG'ALLIK?
Balki har ikkisida ham qandaydir hikmat bordir.

Qayd etilgan


Habib  20 May 2010, 09:06:35

barcha forum a'zolariga savol

BOYLIK AFZALMI YOKI KAMBAG'ALLIK?
Hech kim kambag'al bo'lishni istamaydi. Lekin qancha kam yesang,shuncha kam javob berasan narigi dunyoda.
Aslida boy bo'lish yahshi. Lekin men aytmoqchi bo'lgan boylikni boylikdan farqi bor. Ilmi bor,dinu diyonatli,yaqinlari salomat,o'zi salomat(lekin salomat bo'lish uchun hozirgi kunda PUL kerak! ;)),kunlik emishi bor inson haqiqiy BOY hisoblansa kerak.
Bu dunyo teskari dunyo, boylarga kambag'allarning yashash tarzi yoqsa, kambag'allar aksincha,boy bo'lish ilinjida.
Alloh hammamizni rizqimizni halolidan,g'oyibidan yetkazsin. Hammamizni ehson qila oladigan,zakot bera oladigan qilsin!


Qayd etilgan


Mr.Twister  21 May 2010, 11:13:15

Boriga wukur qilgan kambag'al boy bo'ladi. Boriga xasislik qilgan boy qawwoqlawadi.

Qayd etilgan