Assalom aleykum. Bu savolim ko'proq erkak forumdoshlarga ta'luqli, lekin ayol forumdoshlar ham fikr bildirsalar bo'ladi.
Ohirgi kunlarda ko'p guvoh bo'lyapman, ketma ket qiz tug'ilgan oilalarda ayol kishiga bo'lgan bosim kuchayib boraverar ekan, hamma oilalardayamas lekin juda ko'pchiligida.Yaqinda bir yangi chaqaloqi bor ayol kelib dardini aytib qoldi. Bu jajji chaqaloq 4- qizi ekan qiz tug'ilganini eshitgan turmush o'rtog'i hattoki shifohonadan olib chiqishgayam bormabdi. 1 hafta shifohonada yotgan bo'lsa ham atigi bir martagina borib kelibdi.O'zini aytishi bo'yicha bu qiziga o'zining ham unchalik "ko'ngli issimayapti" emish. Honadonnida ham juda sovuq "ob havo" ekan................
Forumdoshlarga savolim siz bunday holatlarga qanday qaraysiz? Oilangizda ketma-ket qiz farzand tug'ilsa qanday yo'l tutasiz? Javoblar uchun oldindan rahmat.
Afsuski "johiliyat" davri insonlari hali ham oramizdalar.
Qiz farzand xohlamagan insonlarga iloji bo'lsa alohida seminar berish kerak.
Aslida Allohga ishonchi bo'lgan inson bola yaratilgan daqiqadan e'tiboran bu kuch-qudrat qarshisida ezilishi kerak. Va xatto!!! İshonmagan inson ham bu mo'zijani qarshisida iymonga kelishi kerak.
Yo'qdan bor etgan Egam, boladan asar yo'q edi, yo'q...unga ruh ufladi, bir tomchi suvdan o'nlab organ yaratdi...bir necha hafta bo'lgandayoq yurak urishlarini eshitishingiz mumkin...o'zi mittigina loviya donasiday azizlar...lekin uning yuragi gum gum urganida sizning yuragingiz urishdan to'htab qolay deydi...
Tug'ilgandan keyin bir necha kunlik og'zini ochib esnaganida tomog'ini ustidagi tomirlarini ko'rib yum yum yig'ladim, Ey Rabbim men oddiygina rasm chiza olmas ekanman, sen qatma qat qilib yaratding bu qulingni...
tilini qanday qilib joylashtirdin Ya Robbim...men ojizni aqli olmas...
Murg'ak yurak, sen bizlarni kechir, biz kattalar shundaymiz, Yaratganni unutib, o'zimizcha hukm beramiz....