1. Istaymizmi-yo`qmi ko`chada boshqachamiz, uyda boshqacha, begonalar davrasida, ishda, o`qishda... Ayting-chi, qachon, qanday vaqtlarda aslingiz namoyon bo`ladi? O`zingiz bilan o`zingiz hech yolg`iz qolganmisiz?
2. Aqlingiz buyurganini emas, yuragingiz buyurganini qilib, so`ng aqlingizdan pand yegan vaqtingiz bo`lganmi?
3. Hayotingizda bir marta bo`lsa ham ideal darajadagi(qisman bo`lsada) insonni uchratganmisiz va unga o`xshashni orzu qilganmisiz?
4. Agarda sizga bir soat kimningdir o`rnida bo`lib qolish imkoni berilsa, kimni tanlardingiz? Va qanday ishlarni qilgan bo`lardingiz?
5. Kulib turib yig`laganmisiz? Yoki shunday holatni ko`rganmisiz?
1. "Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l" degan edi buyuk ustoz Jaloliddin Rumiy. Inson tafakkur qilishni boshlarkan, unga o'zi aslidek ko'rina boshlaydi. Inson o'ziga savol beradi: "Xo'p, sen yaxshisan, seni ko'pchilik yaxshi deyapti. Lekin haqiqatdanam shunaqamisan? Ular falonday gunoh qilganingni billishmaydi, falon kishini yer bilan bir qilganingni, falonning ustidan falondek ish qilganingni bilishmaydi. Ayt-chi, shuncha gunoh ustiga yana gunoh qilasan-da, yana "yaxshiman" deb yuribsanmi? Nimangga kerilasan? Yaratgan oldida boshingni baland qiladigan nimang bor?
Shu savollarga tayinli javob topa olmagan odam o'zini aslidek ko'ra boshlaydi.
2. Yurak har doim ham aql bilan birgalikda yurolmaydi. Yurak, ishonadi, ko'pincha tekshirmaydi. Aql esa ishonadi, tekshiradi. Nomardga achchiq gapni gapir deya aql aytadi, yurak esa, qo'y, uning ham dili og'rimasin deydi. Bunday paytda ko'pincha yurak g'olib keladi. O't ustiga suv quyilgandan so'ng esa yurak mag'lubiyatni tan oladi. Aqlning gapi to'g'ri chiqadi...
3. Uchratganlarim ichida aynan bir kishi ideal bo'lgan emas. Istaymizmi-yo'qmi hamma ham xato qilguvchidir. Lekin ideal bo'lishga munosib insonlarning xususiyatlaridan undan buni, bundan uni olinsa, hayotda to'g'ri yo'lni topish uchun ideallik yuzaga keladi. Bu jarayton esa umr bo'yi davom etadi.
4. Sufa ahlidan biri bo'lib qolsaydim. 1 soat bo'lsa-da Rasulullohning ko'zlarim ila ko'rsaydim, u zotning qo'llaridan o'psaydim, u zotning hidlariga to'ysaydim, u zotning soz'laridan malham olsaydim... Hech narsa qilmasdim: temuliiib o'tirardim, jon qulog'im bilan eshitardim, chuqur-chuqur nafas olardim...
5. Kulib turib yig'lamagan ekanman. Balki, endi bo'lar, inshaalloh. Inson farzand ko'rsa, kulib yig'larkan. Yana yaqinlarimning aytishicha, hojilar ilk bor Ka'batullohni ko'rar ekanlar, ko'zlari kulgancha uvvos solib yig'lab yuborisharkan. Shu kunlarga barchamizni nasib qilsin!