Assalomu alekum aziz forumdoshlar savol"Hozirgi kundagi insonlar nima uchun shu qadar gap so'zlarga ,mish mishlarga beriluvchan ?javob uchun oldindan rahmat
Wa alaykum assalom, bu savolizga bir qarashda juda ham jo’n-sodda savolga o’hshagani bilan har bir insonning shahsiy hayotida muhim ahamiyatga ega. Nega mish-mishga, giybatga beriluvchanmiz. bu narsa har bir millatda, jamiyatda topiladi, faqat bizda emas. Faqat bu narsa individual jarayon asosida kelib chiqadi va atrofga tarqaydi. bunday holatda uzimiz ham bazida bevosita yoki bilvosita ishtirok etamiz. Tilni tiyish haqida, guybat qilmaslik, birovlarga ozor bermaslik haqida kuplab pand-nasihatlar eshitamiz, kitoblar uqiymiz, lekin AMAL qilishga kelganda qiynalamiz.
Kitoblarda sahobalar tomonidan "Bizni davrimizda bir yerda giybat qilinsa usha erdan badbuy hid chiqib ketar edi" deganlari haqida yoki tobeinlar davridagi sahobalar "sizlar kichik deb, nazarga ilmayotgan guhohlar bizning davrimizda gunohi kabira deb sanalar edi" degan suzlarni uqiymiz.
Psihologiyada ham adaptatsiya, yani moslashish degan atama qo’llanadi. Ya’ni inson avvalda bo’lmagan biror yangi holatga, yangi narsaga uzbekcha qilib aytganda "kuzi urganib" eshitishga qulogi moslashib ketaveradi. Va ohir oqibat hech qanday ta'b tortmay, bemalol rohatlanib yuraveradi.
Bu erda muhimi o’sha narsani nima ekanini, yahshimi yoki yomon ekanligini ajratib olishda va shunga ko’ra "moslashish" yoki "undan qochish" choralarini ko’rish kerak, deb uylayman.
Odamzod odatda birdaniga, bir uhlab turib yahshi inson bulib qolmaydi. Hamma narsa sekin astalik bilan, kichik deb sanalgan nuqsonlardan uzini tiyish, va aksincha kichik deb etibor qilingan fazilatlarni egallab borish bilan buyuk insonlar qatoridan joy olishi mumkin. Albatta uning uchun yashab turgan muhit, muomala qilayotgan insonlarning urni beqiyos.
Aytiladiki, iymonning ham halovati bor, lazzati bor. agar inson bu lazzatni bir marta totisa, dunyodagi qolgan lazzatlar hech nima bulmay qolarkan. Demoqchimanki, har birimiz hadeb mana shunday igvo-giybatlardan "rohatlanib" yurmay, balki haqiqiy halovatdan bahramand bulishga intilsak maqsadga muvofiq buladi. Bu gaplar har birimizga, jumladan o’zimga ham tegishli. Albatta barcha aybu-nuqsondan pok zot yagona Alloh. Bu o’rinda savolizga javob o’laroq yozdim. Barchamizga bu yo’lda tavfiq bersin.