Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265543 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 258 259 260 261 262 263 264 265 266 267 268 ... 270 B


AbdulAziz  19 Avgust 2012, 16:26:29

Javob berishni xohlagan barchaga savol:

Bugungi Ramazon hayitini qanday o'tkazdingiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Avgust 2012, 16:52:18

Javob berishni xohlagan barchaga savol:

Bugungi Ramazon hayitini qanday o'tkazdingiz?

Ertalabdan oilamizning barcha erkaklari (o'g'lim Abdulazizdan tashqari, u hali yosh, namoz aqlli namoz o'qishni bilmaydi, lekin namoz o'qiyotsam, oldimga kelib, harakatlarimni qaytarib, sajdalar qiladiyu, zum o'tmay shaytoni tutib, joynamozni torta boshlaydi :) ) hayit namozini ado etish maqsadida yo'lga tushdik. Yo'lda dadam hammamizga yeb olinglar deb qand ulashdilar. Mahalla ko'chalari obod, hammayoq supurilgan, yomg'ir yoqqanga o'xshaydi, har bir xonadon saxardan o'z atrofini tozalab, suvlar sepgan. Mahalladoshlar ham oila-oila bo'lib, qo'llarida joynamoz bilan masjidga otlanmoqdalar...

Har yili hayit namozlarida masjidga odam sig'may, ko'cha tomonga ham uzun saflar yoyiladi. Ko'pchilik yangi do'ppi kiyadi. Ko'm-ko'k bosh kiyimi uzoqdan allaqanday gulzorni eslatadi. Namozdan so'ng hamma bir-birini tabriklay ketadi. Yaqin do'stu aqrabolar hammasi shu yerda yig'ilgan. Ular bilan quchoq ochib ko'rishib, nonushtaga ul-bul xarid qilib, xonadonga otlanamiz. Avvalo onam kutib oladilar. Yelkamdan olib, ziyorat qiladilar. "Sizlar buyuk ibodatni ado qilib kelyapsizlar" deydilar.

Oila a'zolarimiz bilan birga nonushta qilamiz. Bir oylik ro'zadan so'ng ertalabda ovqatlanish g'alati tuyuladi. Nonushtadan so'ng hayitliklar boshlanadi. Kattayu kichikka hayitlik ulashiladi. Bolalarni hayitlikni yig'ishtirib bo'lgan onoq ko'chaga otlanishadi.

Bizda menga yoqmaydigan bir odat bor. Necha marta aytilsa-da, hech shu odat qolmayapti. Uyida aza bo'lgan xonadonda 3 marta "hayit fotihalari" bo'ladi. Shuni qilmasa ayb bo'larmish. Hech bo'lmasa bitta hayitda qilgin, nima qilasan, 3 marta qilib, desangiz "Odamlar nima deydi?" deyishadi. Xullasi, aksariyat fotihaxonlar ham "odamlar nima deydi?" uchun fotihaga boradi. O'tganlarni eslash, ularga fotiha qilish aslida juda xayrli amal, lekin bunga motam libosini kiygizish, insonlar shod bo'ladigan kunda azaxonlik qilish yaxshi emas. Xullas, men bugun hech qaysi fotihaga bormaslikka qaror qildim. Bugun men xursandchilik qilmoqchiman.

Abdulaziz va onasi bilan birgalikda shahar bog'iga bordik. Boshqa bayramlardan farqli o'laroq, hayitda juda ko'pchilik bola-chaqasini olib, bayramga chiqadi. Bu safar ham shunday bo'ldi. Lekin bolasini olib chiqqan otalar kam ko'rinardi (fotihama-fotiha yurgandan keyin bolasiga vaqti bo'ladimi?). O'glim hali bunaqa olomonni ko'rmagan, avvaliga hayron bo'lib qoldi. Nuqul odamlarga qaraydi. Asta-sekin ko'nikdi, shekilli, ularga qarab qiqir-qiqir kula boshladi.

Uyga qaytdim. Amakimnikida televizor tomosha qildim. Saudiya, Indoneziya, Filippin, Malayziyada, Rossiyadagi hayit namozlaridan reportaj ko'rsatishdi. Dog'istonda bir odat bor ekan, menga juda yoqdi. Hayit kuni mahallaning kichik bolalari qo'llariga xalta ushlab, mahalladagi xonadonlarga "Ramazon muborak!" deb kirisharkan. Xonadon ahli esa oldindan tayyorlab qo'ygan shirikliklaridan xaltalariga solib berarkan. So'nggi xonadondan chiqishda xaltalar to'lib, bolalar uchun haqiqiy bayramga aylanarkan.

Shunaqa gaplar? Siz bayramni qanday o'tkazdingiz?

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  19 Avgust 2012, 18:11:37

 :asl3:
ҳос тайёргарлик билан сахар соат тсртда Девонабой жомеъ масжидига дадам мен ва уч укам бир мошина бслиб бордик, бомдод намозидан сснг вилостимиз бош имом ҳатиби Ауриддин хожиаканинг таъсирли маърузасини  қалб қулоғимиз билан тингладик ксплаб дуои хойрлар бслди, ийд фитр намозидан сснг нон ва ширинликлар харид қилиб аввал қариндошларни зиёрат қилдик кейин қабристонга бориб стган азизларни қуръон тиловатидек бир хайитлик билан зиёрат қилдик кейин уйда ширинликлар билан оилавий стириб нонушта қилдик, ундан сснг болаларни бувижонларининг зиёратига олиб бориб, таҳминан соат 11 лардан бошлаб уйда ёлғиз мазза қилиб дам олдим. (аммо ЛК ни ва модемни дамолтирмадим  :D )

Qayd etilgan


Shuhrat_  19 Avgust 2012, 21:57:46

Men Bomdodni uyda uqidim, va soat 5 larda Masjid tomon yo'l oldim. Maruzalar buldi duolar buldi, 5 .45da hayit namozini uqildi. Kegin bir qarindosh qazo qilgandi usha joyga bordik Dadam men va bir qushni. Borsak dasturxonla bezatilgan ovqatlar pishgan odamla kirib chiqib turibti, iya haa to'ymi dedim ?ha endi. . . Deyishti ,ketmoqchi bupturudim shu yerda turasan deyishti(kattala) ,arang tishshi tishga quyib majbur turdim .kattalar ketishgandan kegn bupti utiraverina deb surdim. Hudoga shukr ana endi bayram boshlandi kuchalada hammani yuzida tabassum uyga kelsam Singillar kelishgan ekan, jiyanla oilada jam bulib hursandchilik bn bayramni o'tkazdim.

Qayd etilgan


Sadulla  20 Avgust 2012, 08:32:53

 :asl3:

Javob berishni xohlagan barchaga savol:

Kechagi Ramazon hayitini qanday o'tkazdingiz?

Kecha Ramazon hayiti juda yaxshi o'tdi.Ertalab bomdodni jamoat bilan o'qidim.Keyin hayit namozigacha domlaning ma' ruzalarini tingladik.Hayit namozidan keyin janoza namozini o'qidik,bir keksa yoshlik onaxon bu foniy dunyodan,boqiy dunyoga ketdilar,Olloh rahmatiga olgan bo'lsin!Namozdan keyin hammani tabriklab uyga keldim.Keyin kechgacha uyda keldi-ketdiga qarab,kunni kech qildim.Ro'za tutmaganimga kun biroz g'alati o'tdi,Ramazonga o'rganib qolgan ekanmiz  :(

Qayd etilgan


_IYMONA_  20 Avgust 2012, 08:48:39

Kecha biz hayitni qarindoshlarni yo'qlab, duolarini olish bilan huskayfiyatda o'tkazdik. Kunduzi o'zimizni qarindoshlarni yo'qlab, hayit bilan tabriklab, so'ngra saksondan oshgan buvim mani so'rayotgan ekanlar, uydagilardan ruxsat olib kecha "Ko'kcha" ga jonajon buvimlarnikiga yo'l oldim. U yerda barcha qarindoshlarimizni ko'rib, kunduzgi barcha charchoqlarim yozilib ketdi  : )
Keyin ota-onamni ko'rgani bordim, hullas kecha yaqinlarim bilan diydorlashib, duolarini olib kelib, hali hanuz o'sha kayfiyat mani tark etmagan  :7 

Qayd etilgan


Donishmand  20 Avgust 2012, 13:03:57

Javob berishni xohlagan barchaga savol:

Bugungi Ramazon hayitini qanday o'tkazdingiz?

Tafsilotlarini aytmayman-u, peshingacha majburan ikkita joyda osh, ikkita joyda sho'rva ichirishganidi "bor-e" deb uyga kirib ketdim, uhladim. Shukur-ku, ming marta ro'za yaxshi edi. :)

Asrdan keyin so'ritokka chiqib bir oydan beri tuzalmay yotgan antennani o'g'nadim, TV ko'rsata boshladi yana. Aytib qo'ydim: - Erkak bir narsani bajaraman dedimi, albatta qiladi! Shart emas har kuni "antennani tuzatib beriiing," -deyish.

Qayd etilgan


Музаффар  21 Avgust 2012, 01:15:01

Банк тизимидан хабардор форумдошларга савол:

шу ман бита нарсани тушунмайман, банкка омонат қсйишга чорловчи сълонларда, фалон муддатга омонат фалон фоиз деб беришади. масалан "6 ой муддатга йиллик 11%" деганини қандай тушуниш керак? тушунчам бсйича агар омонат қсйилса олти ойдан кейин қайтиб олиш керакми, ундай бслса, йил тслмай қайтиб олса даромади қаёқдан бслади...

айбга буюрмайсизлар бунақа ишларга ишим тушмаган тушунмайман ва уларга боғланмоқчи хам смасман, шунчаки қизиқиш....

Qayd etilgan


Donishmand  21 Avgust 2012, 12:38:41

Банк тизимидан хабардор форумдошларга савол:

шу ман бита нарсани тушунмайман, банкка омонат қўйишга чорловчи эълонларда, фалон муддатга омонат фалон фоиз деб беришади. масалан "6 ой муддатга йиллик 11%" деганини қандай тушуниш керак? тушунчам бўйича агар омонат қўйилса олти ойдан кейин қайтиб олиш керакми, ундай бўлса, йил тўлмай қайтиб олса даромади қаёқдан бўлади...

айбга буюрмайсизлар бунақа ишларга ишим тушмаган тушунмайман ва уларга боғланмоқчи хам эмасман, шунчаки қизиқиш....

Yillik 11% deganda, masalan, siz 1000 so'm omonat qo'ysangiz shu mablag'ingizga bir yilda umumiy 11% qo'shilishi ko'zda tutiladi. 6 oyda esa 5,5% qo'shimcha foyiz olinadi. Siz 1000 so'm qo'ygan pulingizni olti oyda 1055 so'm qilib qaytarib olishingiz mumkin. Agar bir yil kutsangiz 1110 so'm qilib olasiz. 6 oydan kam vaqtda omonatingizga foiz hisoblanmaydi. Shuning uchun omonatlarning eng kam muddati ko'rsatib qo'yiladi.

P.S. Men ham bunaqa omonatlar qo'ymayman, ammo habardorligim uchun aytdim.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  23 Avgust 2012, 21:57:25

 :asl3:
Жавоб бермоқчи бслган ҳаммага савол?
Ҳаётингизда шу кунгача снг содиқ (Сиздан хеч нарсасини смайдиган ва сиз ҳам хеч нарсангизни ундан асмайдиган масалан чснтагингиздаги маблағни борини хатто санамай бера оладиган ва сиз хам унинг пулини хотиржам ишлатадиган даражада ёки ундан хам сқинроқ ) дсст топа олдингизми?
Менимча бунақа дсстдан битта хаётда иккита учратиш имконсиз бслса керак.

Qayd etilgan