Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1265039 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 270 B


AbdulAziz  13 Avgust 2007, 19:04:38

Abdulaziz: Sizda faqat bir yo'l bor: Diniy ilm olishni tanlaysiz yoki dunyoviy ilm olishni. Dunyoviy ilm sizga insonlar orasizda obro' va boylik keltiradi. Siz qaysinisini afzal bilasiz?

Savol judayam aktual va qiyin savol. Javob berishdan avval o'ylanib qoldim.
Hozirgacha dunyoviy ilmlar orqali topgan ikkita diplomim bor. Hozircha mana shu ham yetadi. Diniy ilmlarimni oshirish niyatim ayni paytda ko'proq. Agar ozgina tirikchiligim uchun + yangi hunarlar egallashga (o'ylab qarasam, ilm bilan birgalikda ko'plab hunarlar ham kerak ekan) imkoniyat bo'lib, diniy ilmni ham davom ettirishga sharoit bo'lganda ikkilanmasdan shuni tanlardim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Avgust 2007, 19:05:51

Nargiza opa: Farzand kamoli nimada? Farzandingiz sizni qachon eng hursand qilgan?

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Avgust 2007, 07:23:18

Noza: Har juma  hamma uchun tabrik yuborib charchamaysizmi?

Alloh sog' salomat qilsa inshaolloh charchamiman   :)

Qayd etilgan


Muslimа  14 Avgust 2007, 07:29:10

Rohatoy: Yashash tarzingizdan qoniqasizmi?
Assalomu alaykum opajon!
Alhamdulillah, hozirgi yashash tarzimdan qonqyapman.
Agar qoniqmasam noshukurlik qilgan bo'laman, shunisiga ham shukur! :)

Qayd etilgan


Murod_bek  14 Avgust 2007, 07:59:11

Murod_bek: Sizningcha ilm nima?
Ilm - Insonni kamolotga yetaklovchi, kichik odamni katta qilivchi, gadoni shoh qiluvchi quvvat manbaidir...
Rasululloh S.A.V aytadilar:Olim yoki ilm o'rganuvchi yoki ilm tinglovchi yohud sevuvchi bo'ling!Beshinchisi (ilmning dushmani)bo'lishdan saqlaning, aks holda halok bo'lasiz!
Ilm haqida yana ba'zi manbaallarda:
Ilm bo'lmaganda baht bo'lmas edi,
Halol bilan harom tanilmas edi
Oliy makonlarda u erur hodiy
Qorong'u kechalarda u erur boshchi

Ilm haqida aytiladigan gap ko'p!Zero ilm haqida gapirish ohiri yo'q kitob yozish demakdir...

Qayd etilgan


Muslimа  14 Avgust 2007, 08:07:11

Nargiza opa: Opajon man qachon Mubinaxondey o'qiy olarkinman? (Mubinaga havasim keldi) :)

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Avgust 2007, 09:34:26

Mastura: Vatanni sog'inganingizda nima bilan ovunasiz?
Assalomu alaykum!
Hmm... Vatanni sog'inganda sog'inish darajam hamda o'sha paytdagi kayfiyatimga qarab ovuchoqlar ham har hil bo'ladi ba'zida unday ba'zida bunday ....

Qayd etilgan


Farida  14 Avgust 2007, 11:31:12

Farida: Eng hursand bo'lgan kuningiz?

Onajonimning hajga birgan kunlari

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Avgust 2007, 08:14:54

AbdulAziz: www.ziyouz.com dan boshqa sayt va forumlarda ko'p ko'chirisharkan. Shularga qanday munosabatda bo'lasiz?

Ha, bunaqa hollar ko'p uchrab turadi. O'zlaiga havola qilaman. Agar yozib qo'yishsa xursand bo'laman. Yozishmasa, biroz hafa ham bo'laman. Chunki, ba'zida mualliflarning maqolallarini hatto muallifsiz berib yuborgan hollar ham bo'ladi. Kimdir bir maqolani yozishda mehnat qiladi, yana kimdir esa...
Bu nafaqat internetda, gazeta, Radiolarda ham bizning saytdan ko'p foydalanishadi-yu, lekin qayerdan olinganligini aytishmaydi.
Yaqinda afg'onistonlik bir jurnalist bilan gaplashib qoldim. U yerda ham saytimiz materiallaridan ko'p foydalanisharkan. Xitoy, Qirg'iziston, Rossiya, Koreyada, AQshdagi o'zbek tilidagi nashrlardan ham minnatdorchilik maktublari olganman.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Avgust 2007, 09:24:06

Nargiza opa: Farzand kamoli nimada? Farzandingiz sizni qachon eng hursand qilgan?

Assalamu alaykum.
Farzand kamoli ilmda. Agar siz farzandingizni Iymonli va Allohni tanuvchi shaxs qilib tarbiyat qilsangiz, u har qaysi sohada va ikki dunyoda kamolotga erishadi,Inshaalloh.
Farzandlarim, to'g'risini aytsam meni juda ko'p xursand qilishadi. Ko'chadagilar va qo'shnilarim farzandlarim haqida iliq so'z aytishganida xursand bo'laman.
Lekin menga ular eng katta xursandchilikni Qur'oni karimni mustaqil o'zlari o'qib birinchi suralarini yoddan aytib berishganida juda xursand bo'lganman. Hatto xursandligimdan rosa yig'laganman. Alloh ularni umrini uzun qilsin. Islomga zarra bo'lsa ham foydalari tegadigan va ilmiga amal qilguvchi olimlar qatorida qilsin.
Iltimos buni o'qigan birodarlarim, meni farzandlarim haqqiga duo qilib qo'ying...

Qayd etilgan