Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1264118 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 270 B


Mohinur  17 Sentyabr 2007, 06:15:55

Munira xonimga savol: Baxt siz uchun nima? Siz baxtlimisiz?

Qayd etilgan


Mohinur  17 Sentyabr 2007, 06:26:51

Diydor xonimga savol: Hayotingizda yuz bergan eng shirin xotira qaysi edi?

Qayd etilgan


Mohinur  17 Sentyabr 2007, 06:27:57

Mastura xonimga savol: Internet sizga nima berdi?

Qayd etilgan


Mohinur  17 Sentyabr 2007, 06:30:15

Noza xonimga savol: Hayotingizda ziyouz.com qanday iz qoldirdi?

Qayd etilgan


Mohinur  17 Sentyabr 2007, 06:31:49

Milanelly xonimga savollar: Futbolga judayam qiziqishingizga yaqinlaringiz hech e'tiroz bildirishganmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Sentyabr 2007, 07:56:52

AbdulAzizga savol: Bu yilgi "Muborak Oy tuhfasi" dasturi ham juda go'zal chiqibdi. Alloh rozi bo'lsin! Shu dastur oxirida "agar bu dasturdan voz kechmoqchi bo'lsangiz, bizga xabar qiling" deyilgan. Shunday iymon-e'tiqodga chaqiradigan dasturdan ham voz kechib, menga jo'natma, deydiganlar ham bo'ladimi?

Assalomu alaykum!
Ha, shunaqalar ham bo'ladi. Men bunaqa narsalardan qo'rqaman deganlar ham bo'lgan, astag'firulloh!
Allohim, barchamizni o'zidan begona qilmasin.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Sentyabr 2007, 11:11:53

Munira xonimga savol: Baxt siz uchun nima? Siz baxtlimisiz?

Assalamu alaykum.
Insonligim, iymonim, islomim,musulmonligim, Muhammad sav ga ummatligim baxtim.
Oz bo'lsada ibodatdaligim, Qur'on tilovat qila olishim, oilam, farzandlarim, onamni borligi baxtim.
Salomatligim, birodarlarim borligi, dardimni tinglaydigan do'stlarim borligi baxtim.
Alloh taolo menga bergan ne'matlarni sanayversam hech tugamaydi...
Albatta baxtliman. Alhamdulillah.
Alloh shuncha ne'matlarni hadya qilgan inson baxtsizman deyishga haqqi yo'q...

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Sentyabr 2007, 22:12:25

Abdulazizga savol: Bir kishi sizga xiyonat qildi. Sizni ishonchingizdan, mehringizdan foydalanib sizni aldab ustingizdan kuldi. Siz unga qattiq ishinardingiz. Buni anchadan keyin sezib qoldingiz. Ko'nglingiz qattiq og'ridi. Lekin u sizdan kechirim so'ramadi.
Savol:Uni kechira olasizmi? Va bu tafayli barcha insonlarga bo'lgan ishonchingiz yo'qoladimi?

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Sentyabr 2007, 22:13:40

B-Boyga savol: Sizningcha xiyonatni kechirsa bo'ladimi? Va vijdon azobi deganda nimani tushunasiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Sentyabr 2007, 22:16:13

Ikbaljohnga savol: O'ziga ishongan insonni dahshatli tarzda aldagan kishini sizningcha qanday jazolash lozim? U kechirishga arziydimi?

Qayd etilgan