Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263680 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 270 B


AbdulAziz  18 Sentyabr 2007, 06:09:30

Abdulazizga savol: Bir kishi sizga xiyonat qildi. Sizni ishonchingizdan, mehringizdan foydalanib sizni aldab ustingizdan kuldi. Siz unga qattiq ishinardingiz. Buni anchadan keyin sezib qoldingiz. Ko'nglingiz qattiq og'ridi. Lekin u sizdan kechirim so'ramadi.
Savol:Uni kechira olasizmi? Va bu tafayli barcha insonlarga bo'lgan ishonchingiz yo'qoladimi?

Assalomu alaykum!
Kechira olardim. Chunki biz hammamiz insonmiz, xato qilamiz.
Lekin o'sha insonga bir umr ishonmay qo'yardim. Ishonchdan chiqadi u odam. Chunki xiyonat, yolg'on o'z-o'zidan boshqa gunohlarni ham orqalovchi katta ayb hisoblanadi. Sizni bir marta qattiq aldagan insonning ikkinchi marta aldashiga kafolat yo'q. O'sha insonga tavba qilishini, bundan keyin bunaqa ishlarini qilmasligini bir marta tushuntirishga harakat qilardim. Chunki Alloh Rahmdil, Mehribon zot.

“Abu Farva ismli bir odam kelib Janobi Payg‘ambarimizdan:
— Boshdan-oyoq gunohga botgan, qilmagan noma’qulchiligi qolmagan bir kimsa tavba qilsa bo‘ladimi? — deb so‘radi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, unga:
— Sen musulmon bo‘lganmisan? — dedilar.
— Ha.
— Unday bo‘lsa, bundan keyin yomonliklarni tashlagin-da, hamisha yaxshilik qil. Alloh taolo sening avval qilgan gunohlaringni yaxshiliklarga aylantiradi.
— Barcha xiyonatu soxtakorliklarimni hammi?
— Ha.
U odam takbir ayta boshladi va chiqib ketdi. Keta-ketgunicha (bizga ko‘rinmay qolgunicha) takbir aytdi».

Bir xiyonat yoki yolg'on tufayli boshqa kishilarga ishoncha yo'qolmaydi. Chunki hammaning hayotda o'z yo'li bor, hammaning o'ziga xos xulqi, harakteri bo'ladi.

Qayd etilgan


ikbaljohn  18 Sentyabr 2007, 08:33:21

Ikbaljohnga savol: O'ziga ishongan insonni dahshatli tarzda aldagan kishini sizningcha qanday jazolash lozim? U kechirishga arziydimi?
Umumiy aytadigan bo'lsak, kechirish lozim.Jazoni Alloh beradi.
Lekin man kechirishim qiyinroq bo;ladi, harakter shunaqa.Balki kechirarman, lekin bu 3-4 yildan keyin...

Qayd etilgan


shoir  18 Sentyabr 2007, 14:07:26

Shoir: AbdulAziz sizni she’r yozadilar degandilar. Nimaga forumdoshlarni ijod namunalarizdan bahramand qilmaysiz?

Ha, she'r yozib turaman, lekin bu she'rlarni o'zim uchun yozaman, lekin ba'zilarini AbdulAzizga ko'rsatganman. Nasib qilsa, balki ziyouz.com ga ham kiritarman.

Qayd etilgan


shoir  18 Sentyabr 2007, 14:10:33

AbdulAzizga savol: Ishlariz yurishib ketib, hozir qo'lingizga 20000 $ halol pul tushganda nimaga sarflar edingiz?

Qayd etilgan


shoir  18 Sentyabr 2007, 14:17:57

Nozaga savol: Cardlar, presentationlar tayyorlashda sizga kimdir sizga g'oya berib turadimi? Rasmlar, ma'lumotlar topishda qiynalmaysizmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Sentyabr 2007, 14:22:03

AbdulAzizga savol: Ishlariz yurishib ketib, hozir qo'lingizga 20000 $ halol pul tushganda nimaga sarflar edingiz?

Ajoyib savol. Agar halolidan berib hozirda 20000 $ pulim bo'lganda birinchi navbatda eng katta orzularimdan biri ota-onam bilan birgalikda haj safariga otlanardim. Onajonim har doim san mani hajga olib borasan deya yaxshi niyatlar qiladilar. Shu niyatni amalga oshirolsam, judayam baxtli hisoblardim, o'zimni.

Qayd etilgan


AbdurRohman  18 Sentyabr 2007, 20:59:54

B-Boyga savol: Sizningcha xiyonatni kechirsa bo'ladimi? Va vijdon azobi deganda nimani tushunasiz?
Eh opajon, bandasini kechirmaslikka haqqi yo'q. Inson hamma narsani kechirarkan, hamma narsani davosi vaqt ekan. xiyonatni sezganizda, umuman kechirmayman, deb aytarkansizu, lekin vaqt o'tgacha.....
Vijdon azobi esa, bilmadim tushuntirib berishim qiyin, hozir shunaqa azob mani qiynayapti, buni so'z bilan ifodalab bo'lmasa kerak.

Qayd etilgan


Shukurulloh  19 Sentyabr 2007, 07:12:00

AbdulAizizga savol: Sizni bu dunyodagi hozirgi kunda eng kotta orzuiz nima?

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Sentyabr 2007, 17:04:15

AbdulAizizga savol: Sizni bu dunyodagi hozirgi kunda eng kotta orzuiz nima?

Assalomu alaykum.
Birodar, bu savolga teparoqda javob bergandim: birinchi navbatda eng katta orzularimdan biri ota-onam bilan birgalikda haj safariga otlanardim.

Qayd etilgan


Shukurulloh  20 Sentyabr 2007, 05:17:07

Lola   nimaga   foumda kam ko'rinib qoldiz?

Qayd etilgan