Abdulaziz akaga- assalomu alaykum forumnin fahri bo'lgan akaginam.Sizdan bir narsa so'ramoqchidim.Atir sepish haqida.Atirlarda spirt bo'ladi deb eshitganman shu atirlarni sepsa nima bo'ladi bo'ladimi yoki bo'lmidimi? Javobingiz uchun
Va alaykum assalom!
Shayx hazratlarini javobi:
Спиртли атир сепган одамнинг тахорати бузилмайди ва намоз скиса бслади.Ajnabiy tillardagi «alkogol» so‘zi arab tilida «al-Kuhl» deb ataladi, Lekin ajnabiylar ham alkogolni «al - Kuhl»dan olishganligi ma’lum va mashhur. Ana shu alkogol narsalar shariat nuqtai-nazaridan najas hisoblanmaydi. Bu narsa «hamma narsaning asli pokdir» qoidasi asosida bo‘lgan. Xususan, o‘sha alkogol narsalar xolis o‘zi bo‘lsa ham, boshqa narsa aralashtirilgan bo‘lsa ham, yoki suvga aralashtirilgan bo‘lsa ham baribir.
Shu bilan birga, «xamr», ya’ni aroq va ichib mast bo‘lish uchun tayyorlab qo‘yilgan narsalar najosat hisoblanadi. Shunga binoan, shariat nuqtai-nazaridan alkogol - ya’ni spirtli narsalar tibbiy hojat uchun ishlatiladigan qilib tayyorlangan bo‘lsa, ularni terini, yaralarni va tibbiy asbob-uskunalarni tozalash uchun, mikroblarni o‘ldirish uchun ishlatish mumkin.
Shuningdek, tibbiy ma’noda va tibbiy niyatda tayyorlab qo‘yilgan spirtlarni hidi yaxshi bo‘ladigan atirlar uchun ishlatilsa bo‘ladi. Chunki, bu yerdagi ba’zi bir atirga qo‘shiladigan moddalar faqat ana o‘sha spirt bilangina erishi mumkin.
To'liqroq:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=774.msg19250#msg19250