AbdulAziz: Qabristonga ko'p borib turasizmi?
Avvallari Marg'ilondaligimda ko'p borib turardim.
Esimda bor ilk marta qabristonda buvam bilan borganmiz. Deyarli har hafta borardik. Hamma ajdodlarimizning qabrlarini manga buvam ko'rsatganlar. Birgalikda tilovat qilib, qabr atrofini tozalab, supurib, suv sepib kelardik. Yo'l yo'lakay xonadonimiz tarixini aytib berardilar. Oxirgi marta borganimizda "O'g'lim, dedilar. Man ham o'lib ketsam, shunaqa maniyam oldimga kelib, ziyorat qilib turing-a, qur'on o'qib bag'sihlab turing". O'sha paytda nega bunday deganlariga tushunmagan edim... So'ngra ularni ham tuproqqa qo'ydik. Har gal o'sha gaplarini eslab turaman...