Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1263959 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 270 B


shoir  25 Oktyabr 2007, 16:32:27

AliRizoBek: Oxirgi marta qachon o'limni esladiz?

Qayd etilgan


shoir  25 Oktyabr 2007, 16:33:11

Milanelly: Esingizda qolgan eng ga'yritabiiy tush qaysi?

Qayd etilgan


shoir  25 Oktyabr 2007, 16:35:27

Lola: Yomon tush ko'rsangiz nima qilasiz?

Qayd etilgan


shoir  25 Oktyabr 2007, 16:36:50

Shukurulloh: Kechasi qabristonga kirganmisiz?

Qayd etilgan


shoir  25 Oktyabr 2007, 16:39:36

Mastura: Qorong'ulikdan qo'rqasizmi? Jinlarning zarar yetkazishidan-chi?

Qayd etilgan


shoir  25 Oktyabr 2007, 16:42:04

Murodbek: Marosimlarda o'zlarini majburlab "yig'laydigan" ayollarga munosabatingiz?

PS. Bugungi savollar ancha qo'rqinchli :) ko'rinsa-da, lekin aynan shu narsalar inson irodasining qandayligini ko'rsatadi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  25 Oktyabr 2007, 18:19:14

AliRizoBek: Oxirgi marta qachon o'limni esladiz?

Har kuni bir sabab bo'lib eslayman.

Qayd etilgan


Shukurulloh  25 Oktyabr 2007, 18:54:16

Javob-  ha vaqatgina ichidan o'tib ketgandim ancha bo'ldi.

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 03:15:21

Mastura: Qorong'ulikdan qo'rqasizmi? Jinlarning zarar yetkazishidan-chi?
Assalomu alaykum!
Yo'q qo'rong'ulikni yaxshi ko'raman qorong'uda bir o'zim bo'lsam qandaydir hotirjamlikni his etaman... Jinlarni zararidan esa Allohddan panoh so'rayman..

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Oktyabr 2007, 08:10:26

AbdulAziz: Qabristonga ko'p borib turasizmi?

Avvallari Marg'ilondaligimda ko'p borib turardim.
Esimda bor ilk marta qabristonda buvam bilan borganmiz. Deyarli har hafta borardik. Hamma ajdodlarimizning qabrlarini manga buvam ko'rsatganlar. Birgalikda tilovat qilib, qabr atrofini tozalab, supurib, suv sepib kelardik. Yo'l yo'lakay xonadonimiz tarixini aytib berardilar. Oxirgi marta borganimizda "O'g'lim, dedilar. Man ham o'lib ketsam, shunaqa maniyam oldimga kelib, ziyorat qilib turing-a, qur'on o'qib bag'sihlab turing". O'sha paytda nega bunday deganlariga tushunmagan edim... So'ngra ularni ham tuproqqa qo'ydik. Har gal o'sha gaplarini eslab turaman...

Qayd etilgan