Munira xonim: Hayotingizda bo'lgan eng g'ayritabiiy hodisa nima edi?
Assalamu alaykum.
1996yil opamni ko'zi yoridi. Buni xabarini men hufton vaqtida eshitdim. Biz besh yil intizorlik ila kutgan chaqaloq dunyoga keldi. Men darhol hufton namozini o'qishga kirishdim. Oxirida vitrni o'qib, oxirgi qa'dada o'tirib salom berdim va tasbeh aytishni boshlaganimda, nimagadir yuragimni vahima bosdi. Hamma yoq ko'zimga zimistondek tuyuldi, hozir bir dahshatli ish bo'ladigandek qo'rqdim. Men aslida hayotda bu dunyoni tashvishlaridan ham, zimistondan ham, mahluqotlardan ham, hech narsadan qo'rqmayman. Lekin yuragimni chulg'ab olgan bu qo'rquvdan o'zim ham hayron qolgandim. Birdan hayolimga opamni yangi ko'zi yorigani keldi va birdan opam o'lib qolsachi deb o'yladim....
Ertalab bomdodda opamni o'limi haqidagi xabarni eshitdim....
keyin bilsam Opam huddi men vitr namozini o'qib tugatgan vaqtda olamdan o'tgan ekan...